UL = UF Tekis yuklama va simmetrik kuchlanish sistemasida liniya toki faza tokidan marta katta, ya'ni
IL= IF Tekis yuklamada faza va liniya toklari o‘zaro 120 ga siljigan bo‘ladi, ammo liniya toklari faza jihatidan faza toklaridan 30 ga orqada qoladi.
Notekis yuklamada faza va liniya toklari orasidagi nisbat o‘zgaradi, ya'ni
IL IF Ammo bu holda liniya toklarining bir-biriga nisbatan fazaviy siljishi 120ga teng emas. Elektr energiyasi iste'molchilarining bir yoki ikki fazasi ajratilganda, tegishli fazalarning toki nolga teng bo‘ladi.
Liniya simlaridan biri uzilganda uchburchak sxema tarmoqlangan bir fazali zanjirga aylanadi. Bunday zanjirda uzilgan sim bilan bog‘liq bo‘lgan elektr energiyasi iste'molchilarining ikkita fazasi ketma-ket ulanib, uchinchi faza bilan parallel qolgan simlar orasidagi liniya kuchlanishiga ulanadi.
Kirxgofning birinchi qonuniga asosan faza va liniya toklari orasidagi nisbat quyidagi vektor ifodalar bilan belgilanadi:
Bu tajriba ishida elektr energiyasi iste'molchilari sifatida har bir fazaga cho‘g‘lanish lampasi va qarshilik reostatlari, ya'ni aktiv yuklama ulanadi.
Ishni bajarish tartibi
1. 8.1-rasmdagi sxema yig‘iladi.
2. Kalit ulangandan so‘ng, ampermetrni har bir fazaga navbati bilan ulab, reostat yordamida uchala fazada tekis yuklama hosil qilamiz. Har bir fazadagi liniya va faza toklari, kuchlanish va quvvat o‘lchanadi.
3. Elektr energiyasi iste'molchilarining bir fazasini ajratib (fazadagi biriktiruvchi simni olib), kuchlanish ta'sirida qolgan ikki fazadagi elektr energiyasi iste'molchilarining usha kattaliklari ulchanadi.
4. Elektr energiyasi iste'molchilarining ikki fazasini ajratib (ikki fazadagi biriktiruvchi simni olib), kuchlanish ta'sirida qolgan bir fazadagi usha kattaliklar o‘lchanadi.
5. Liniya simlaridan birini uzib (liniya simidagi biriktiruvchi simni olib) kuchlanish ta’sirida qolgan ikki liniya simidagi zanjirning usha kattaliklari o‘lchanadi.
6.1-rasm
6. Reostat qarshiligini o‘zgartirish yo‘li bilan notekis yuklama hosil qilinib, yana usha kattaliklar o‘lchanadi.
7. Barcha o‘lchash natijalari 6.1-jadvalga yoziladi.
8. Barcha tur yuklama uchun olingan natijalar bo‘yicha I va U larning vektor diagrammalari chiziladi va 6.1-jadvalda ko‘rsatilgan kattaliklar hisoblanadi.
9. Tajriba ishi bo‘yicha xulosa chiqariladi.
a) iste'molchilar uchburchak sxemada ulanganda tekis va notekis yuklamada faza hamda liniya toklari orasidagi nisbat qanday?
b) agar bironta liniya simlaridagi saqlagich kuysa yoki liniya simi uzilsa, elektr energiyasi istemolchilaridagi faza kuchlanishi qanday o‘zgaradi?
10. Vektor diagrammalar chiziladi.
a) tekis yuklama (6.2-rasm). Kirxgofning ikkinchi qonuniga ko‘ra uchburchak konturidagi kuchlanishlarning geometrik yig‘indisi nolga teng, chunki uchburchak konturida EYUK manbai yo‘q
Demak, tajribadan olingan natijalar buyicha chizilgan faza kuchlanishlarining vektori doimo yopiq, teng tomonli uchburchak tashkil etadi.
Bu uchburchakda UA = UAB UB = UBC UC = UCA So‘ngra tegishli faza kuchlanishlari vektori boshidan, faza toklari vektorini qo‘yish kerak
IAB = IBC = ICA Yuklama aktiv bo‘lgani uchun tok vektorlari, faza kuchlanishlarining vektor yunalishi bilan ustma–ust tushadi.
Buni tushuntirish uchun, Kirxgofning birinchi qonuniga asosan tuzilgan toklarning geometrik nisbatiga ko‘ra liniya toklarining vektor diagrammasi quriladi. Uni vektor diagramma qurish qulay bo‘lishi uchun quyidagicha yozish mumkin.