2.3-jadval
O‘lchashlar
|
№
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
V
|
V
|
А
|
А
|
А
|
А
|
А
|
А
|
А
|
А
|
А
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.4-jadval
hisoblashlar
|
№
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Оm
|
Оm
|
Оm
|
А
|
А
|
А
|
А
|
А
|
А
|
А
|
А
|
А
|
А
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tekshiruv savollari
1. Tarmoqlangan va tarmoqlanmagan elektr zanjirlari haqida tushuncha bering?
2. Zanjir qismida kuchlanish deganda nimani tushunasiz?
3. EYUK bo‘lgan holda zanjirning bir qismi uchun Om qonuni qanday ifodalanadi
4. EYUK manbalarini ketma-ket qo‘shish qoidalarini aytib bering ?
5. EYUK manbalarini qarama-qarshi ulash tushunchalarini aytib bering ?
6. Potentsial diagramma deganda nimani tushunasiz?
7. Ustma-ustlash usulini tushuntiring?
8. Ustma-ustlash usulida elektr zanjirlarini hisoblash tartibi qanday ?
Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad
1. Rezonans hodisasi bilan amalda tanishish.
2. Kondensator sig‘imi o‘zgarganda induktiv g‘altakda va kondensatorda kuchlanishning o‘zgarishini tekshirish.
3. Kuchlanishlar rezonansida zanjirning parametrlarini aniqlash.
4. Kuchlanishlar rezonansida induktiv g‘altak va kondensatordagi kuchlanishning tarmoq kuchlanishidan necha marta katta bo‘lishini aniqlash.
Tajriba ishiga tushuntirish
Ketma-ket ulangan induktiv g‘altak va kondensatordan iborat elektr zanjirining reaktiv qarshiliklari teng bo‘lgandagi ish rejimiga kuchlanishlar rezonansi deyiladi, ya'ni
xL=xC yoki
bu yerda -o‘zgaruvchan tok burchak chastotasi, sek–1 u ga teng.
f-o‘zgaruvchan tok chastotasi, gs
L-g‘altakning induktivligi, gn
C-kondensatorning sig‘imi, f
Rezonansda vaqtida:
a) zanjirning to‘la qarshiligi uning aktiv qarshiligiga teng bo‘ladi
b)zanjirning quvvat koeffitsiyenti birga teng bo‘ladi
v) zanjirdagi tok eng katta qiymatga ega bo‘ladi.
g) reaktiv kuchlanishlar o‘zaro teng UL=UC bo‘lib umumiy reaktiv kuchlanish UX nolga teng UX =UL-UC = 0
d) zanjirdagi berilgan kuchlanish faqat aktiv kuchlanishning tushuviga sarf bo‘ladi
Demak, kuchlanishlar rezonansida aktiv, induktiv va sig‘im qarshiliklardan iborat bo‘lgan elektr zanjiri faqat aktiv qarshilikli zanjirga o‘xshaydi.
Kuchlanishlar rezonansida reaktiv kuchlanish nolga teng bo‘lganda ham, induktiv va sig‘im kuchlanishlarining har biri alohida nolga teng bo‘masligi, ya'ni zanjirga berilgan kuchlanishga nisbatan birmuncha katta qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Bu holni quyidagi ifodadan kursa bo‘ladi.
R ning kichik va XL ning katta qiymatlarida, kuchlanish UL va unga teng bo‘lgan kuchlanish UC zanjirga berilgan kuchlanishdan bir necha o‘n marta katta bo‘lishi mumkin. Kuchlanishlar rezonansida tarmoqdan iste'mol qilinadigan reaktiv quvvat nolga teng bo‘ladi.
Q = QL - QC = 0
Chunki, induktiv g‘altak va kondensatorning reaktiv quvvatlari o‘zaro teng, to‘la quvvat esa aktiv quvvatga teng:
Demak, kuchlanishlar rezonansida induktiv g‘altak va kondensator orasida reaktiv energiya almashinuvi sodir bo‘ladi, ammo tarmoq va induktiv g‘altak yoki tarmoq va kondensator orasida esa energiya almashinuvi yuz bermaydi.
Kuchlanishlar rezonansi u paydo bo‘lgan qurilma uchun xavfli, chunki kuchlanish bir necha o‘n marta ortib ketishi mumkin. Agar ma'lum sig‘imga ega bo‘lgan kabel liniyasiga biron apparatning induktiv g‘altagi (masalan, transformator chulg‘ami) ulansa, shunday hodisa sodir bo‘lishi mumkin.
Ammo texnikaning ko‘p sohalarida kuchlanish rezonansidan keng foydalaniladi. (masalan, radiotexnikada filtrlar sifatida).
Ishni bajarish tartibi
1. 5.1-rasmdagi sxema yig‘iladi.
2. Kondensatorning sig‘imini ketma-ket 2mkf dan, rezonansga yaqin qiymatlarda 1mkf dan o‘zgartira borib, asboblarning ko‘rsatishi 5.1-jadvalga yozib olinadi.
3. UC , UG‘ va I larning kondensator sig‘imiga bog‘liqlik grafiklari quriladi.
4. Grafik bo‘yicha rezonans momenti aniqlanadi.
3.1-rasm
5. Kuchlanishlar rezonansida zanjirning parametrlarini hisoblab, uning natijalari 5.2-jadvalga yoziladi.
6. Rezonans momenti uchun vektor diagramma quriladi.
3.1–jadval
N
|
O‘lchashlar
|
C
|
I
|
U
|
UL
|
UC
|
mkf
|
а
|
v
|
v
|
v
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
...
|
|
|
|
|
|
n
|
|
|
|
|
|
3.2–jadval
Grafdiklardan
|
Hisoblashlar
|
C
|
UL
|
UC
|
L
|
R
|
|
|
mkf
|
V
|
V
|
gn
|
om
|
|
|
|
|
|
|
|
Hisobot tuzish tartibi
a) Rezonans sharti uchun vektor diagramma quriladi (3.2-rasm).
Ixtiyoriy 0 nuqtadan I tokining vektorini quyamiz. Yana shu nuqtadan bu vektorga parallel qilib (ustma-ust qilib) induktiv g‘altakdagi aktiv kuchlanish UaL = Iрез R ning tushuviga teng bo‘lgan, tarmoq kuchlanishi U ning vektori o‘tkaziladi. So‘ngra 900 ga qoluvchan burchak ostida kondensatordagi kuchlanish tushuvi vektori UC qo‘yiladi. Induktiv g‘altakdagi kuchlanish UL g‘altakdagi aktiv UaL va induktiv UxL kuchlanishlar tushuvining geometrik yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak. So‘ngra UaL vektorining oxiridan yuqoriga perpendikulyar chiqarib, ana shu perpendikulyarga 0 nuqtadan turib UL vektoriga teng radius bilan yoy chiziladi. UaL va UL vektorlarining oxirlarini birlashtiruvchi kesma kuchlanishning induktiv tushuvi UxL ga teng bo‘ladi. Bu vektorni 0 nuqtaga ko‘chirib, pastga yo‘naltirilganda u UC vektoriga teng bo‘lib chiqishi kerak.
b) Grafiklar quriladi.
UL=f1(C), UC=f2(C) va I=f3(C) bog‘lanishlarning egri chizig‘ini bir grafikda chizish kerak. Tok I maksimal qiymatiga erishgan nuqta kuchlanish rezonansiga to‘g‘ri keladi. Tok I maksimal qiymatga erishgan nuqtadan ordinata o‘qiga parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazilsa, bu to‘g‘ri chiziq kuchlanish rezonansida UL, UC va C larning qiymatini aniqlovchi nuqtalarda tegishli egri chiziqlarni kesib o‘tadi. Grafikdan olingan qiymatlar 3.2–jadvalga yoziladi.
Tekshiruv savollari
1. Qanday elektr zanjirlarida kuchlanish rezonansi sodir bo‘lishi mumkin?
2. Kuchlanish rezonansi hosil bo‘lishining shartlari qanday?
3. Elektr zanjiridagi kuchlanish rezonansida qanday hodisalar kuzatiladi?
4. Kuchlanishlar rezonansi nima bilan xavfli?
5. Kuchlanishlar rezonansida tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi qanday quriladi?
6. Qanday miqdorlarni o‘zgartirish bilan kuchlanish rezonansiga erishish mumkin?
Ishdan kuzda tutilgan maqsad
1. Toklar rezonansi hodisasi bilan amaliy tanishish.
2. Kondensatorning sig‘imi o‘zgarganda, butun zanjirda va zanjirning qismlarida tokning o‘zgarishini tekshirish.
3. Toklar rezonansi boshlanish momentini aniqlash.
4. Toklar rezonansi momentida zanjirning o‘tkazuvchanligini aniqlash.
Tajriba ishiga tushuntirish
Parallel ulangan induktiv g‘altak va kondensatordan iborat elektr zanjirini reaktiv o‘tkazuvchanliklari teng bo‘lgandagi ish rejimiga toklar rezonansi deyiladi, ya'ni bL = bC
G‘altakning reaktiv o‘tkazuvchanligi
Kondensatorning reaktiv o‘tkazuvchanligi (agar kondensa-torning kichik aktiv qarshiligi hisobga olinmasa)
Dostları ilə paylaş: |