Tajriba xonalarida darslar 1



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə7/17
tarix24.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#161104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Tajriba ishi 16 36стр.

bC =  С
bu yerda XL=L -g‘altakning induktiv qarshiligi, om
Z-g‘altakning to‘la qarshiligi, om
R-g‘altakning aktiv qarshiligi, om
L-g‘altakning induktivligi, gn
C-kondensatorning sig‘imi, f
=2 f-o‘zgaruvchan tokning burchak chastotasi, sek-1
f- tarmoqdagi o‘zgaruvchan tokning chastotasi.
Toklar rezonansi vaqtida quyidagi hodisalar kuzatiladi:
a) zanjirning to‘la o‘tkazuvchanligi Y, uning aktiv o‘tkazuvchanligi g ga teng bo‘ladi.
b) zanjirning quvvat koeffitsiyenti cos birga teng bo‘ladi:

v) zanjirning tarmoqlanmagan qismida tok I=U Yrez=Ug eng kichik qiymatga ega bo‘ladi. Tokning induktiv va sig‘im tashkil etuvchilari o‘zaro teng bo‘ladi. Bu quyidagi ifodadan ko‘rinadi
bL=bC U bL =U bC ya'ni IL = IC
g) shuningdek reaktiv quvvatlar QL va QC lar o‘zaro teng.
IL=IC U IL = U IC ya'ni QL =QC
Demak, zanjirning umumiy qismida reaktiv quvvat bo‘lmaydi, to‘la quvvat esa aktiv quvvatga teng bo‘ladi :

Reaktiv quvvat va reaktiv tok faqat L C konturda bo‘ladi. Chunki zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tok kuchi, toklar rezonansida eng kichik qiymatga ega. O‘zgarmas aktiv quvvatda, induktiv g‘altak va kondensatorning iste'mol qilayotgan aktiv quvvati amalda nolga teng. Bu hodisadan, amalda elektr energiyasini elektr stantsiyalaridan iste'molchilarga uzatishda, uzatgich simlardagi energiya isrofgarchiliklarini kamaytirishda foydalaniladi. Bundan tashqari, toklar rezonansi hodisasidan elektrotexnikada elektr filtrlari tayyorlashda, radiotexnikada tebranish konturlari olishda va boshqa sohalarda foydalaniladi.
Ishni bajarish tartibi



  1. 4.1-rasmdagi sxema yig‘iladi .


4.1-rasm

2. Kondensator C ning sig‘imini o‘zgartirib, toklar rezonansi boshlanish momenti aniqlanadi. Kondensatorning sig‘imini ketma-ket 2 mkf dan, rezonansga yaqin chegaralarda 1mkf dan o‘zgartira borib, asboblarning ko‘rsatishi 4.1-jadvalga yoziladi .
4.1–jadval





O‘lchashlar

Vektor diagramm

С

U

I

IG

Ikon

cos

mkf

V

а

а

a




1.



















2.



















...



















n



















3. Kondensatorning sig‘imi o‘zgarganda I, IF va IC toklarning o‘zgarish grafigi quriladi. Grafikdan kondensatorlarning sig‘imini va rezonans momentidagi toklarni aniqlab, olingan natijalar 4.2-jadvalga yoziladi .



  1. Vektor diagrammalari quriladi.

a) toklar rezonansi momenti uchun,
b) 4.1-jadvalga asosan IC tokining turli qiymatlari uchun umumiy vektor diagramma.

  1. Toklar rezonansi momentidagi o‘tkazuvchanlikni aniqlab, ularning qiymati 4.2-jadvalga yoziladi.

4.2–jadval

grafdiklardan

hisoblashlar

C

I

IC

IG

bL

bC

mkf

А

а

а

1/om

1/om



















Hisobot tuzish tartibi



  1. Grafiklar quriladi.

I=f1(C): IL =f2 (C): IC =f3(C) bog‘lanishlar bir grafikda quriladi. Tok I ning minimal qiymati toklar rezonansi momentiga mos keladi. Bu tok aktiv tok bo‘ladi, ya'ni Imin=Ia . Rezonans momentidagi toklarning qiymati 4.2-jadvalga yoziladi.
2. Tok va kuchlanishlarning vektor diagrammalari quriladi.
a)toklar rezonansi momenti uchun.
Ixtiyoriy 0 nuqtadan (4.2-rasm) kuchlanish U ning vektori gorizantal quyiladi. Ana shu nuqtadan kuchlanish vektorining yo‘nalishi bo‘yicha tok vektori I qo‘yiladi, chunki rezonansda ular orasidagi fazoviy siljish burchagi nolga teng. Kirxgofning 1-qonuniga asosan:
I = IG‘ + I C
Shuning uchun vektor diagrammaning bundan keyingi qurilishi quyidagi tartibda olib boriladi, 0 nuqtadan induktiv g‘altak toki IF ning vektoriga teng radius bilan yoy chizib, I toki vektorining oxiridan esa, IC tokining vektoriga teng radius bilan yoy chiziladi. Yoylarning kesishgan nuqtasini I toki vektorining boshi va oxiri bilan birlashtirish kerak. Tok IC ning vektorini 0 nuqtaga ko‘chirib, g‘altak toki IF ni esa, amalda umumiy tok I ga teng bo‘lgan aktiv tok Ia ga va induktiv tokIL ga ajratiladi. Ana shu vektor diagrammadan g‘altakning quvvat koeffitsiyenti cos ni aniqlash mumkin.
b) Qolgan kuchlanishlar uchun.
Ixtiyoriy 0 nuqtadan (4.3-rasm) kuchlanish U ning vektori gorizantal quyiladi. So‘ngra avvalgi diagrammadan (4.2-rasm) ma'lum bo‘lgan G burchagi ostida burchak toki IG‘ ning vektori quyiladi. G‘altak toki vektorining oxiridan 4.1-jadvaldan olingan IC tokining vektori o‘tkaziladi. Bu toklarning geometrik yig‘indisi, zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tokning qiymatini beradi.
v) Quvvat koeffitsiyenti cos aniqlanadi.
Zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi kuchlanish vektori bilan tok vektori orasidagi burchakni o‘lchab, tarmoqning quvvat koeffitsiyenti cos ni aniqlash mumkin. Quvvat koeffitsiyenti cos ni zanjirning tarmoqlan magan qismidagi tokning aktiv tashkil etuvchisini, to‘la tok I ga bo‘lish yuli bilan ham aniqlash mumkin.
g) O‘tkazuvchanliklar aniqlanadi. G‘altakning induktiv o‘tkazuvchanligi bL=YG‘sinG‘ bu yerda YG=1/zG‘ g‘altakning to‘la o‘tkazuvchanligi, zG‘-g‘altakning to‘la qarshiligi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin