Tajriba xonalarida darslar 1Barmoqlarning kuchli titrashi
QUYIDAGILARNI ESDA SAQLANG Kuchlanishga ega bo‘lgan elektr zanjirlarining yalong‘ochlangan, yani alohidalovchisi (izolyatsiyasi) bo‘lmagan tok o‘tkazuvchi qismlariga yoki kuchlanishga ega bo‘lgan simlarga tegish qat'iyan man etiladi. 2. Talabalarning asosiy taqsimlagichni mustaqil ravishda o‘lash, uzish va qayta ulash kabi har qanday ishlarni bajarishlariga mutlaqo ruxsat etilmaydi. 3. Sxema yig‘ilib, obdon tekshirilgandan keyingina o‘qituvchi ishtirokida tok manbaiga o‘lanishi zarur. 4. Kuchlanishga ega bo‘lgan sxemalarda har qanday ulash, uzish va elektr toki yo‘nalishini o‘zgartirish kabi ishlarni bajarish qat'iyan man etiladi. 5. O‘qituvchining ruxsatisiz saqlagichlarni o‘rnatish yoki ularni almashtirishga yo‘l quyilmaydi. 6. Har qanday holda ham elektr jihoz, asbob va simlar shikastlanganligini sezgan zahotiyoq tezlik bilan ulagich yoki avtomatni uchirish va bu haqda o‘qituvchiga darhol xabar berish darkor. 7. Elektr sxemalarini shunday yig‘ish kerakki, undagi ulash simlari bir-biri bilan kesishmasin, juda tortilib, simlar buralib, halqa bo‘lib ham qolmasin. Ish joylari o‘rtasidagi o‘tish joylarini simlar bir-biri bilan kesib o‘tishi man etiladi. 8. O‘lash asboblari va yordamchi qo‘rilmalar shunday joylashtirilishi kerakki, ularni ko‘zatish, qo‘zg‘aluvchi qismlari yordamida boshqarib turish oson bo‘lsin. Ko‘zatish va boshqarish ishlarida o‘lchash asboblari, yordamchi qo‘rilmalar yoki o‘lchash simlari bir-biriga to‘sqinlik qilmasin. 9. Texnika xavfsizligi qoidasini bilish tajriba xonasida ishlayotgan hamma talaba va yordamchi xodimlar uchun majburiydir. Texnika xavfsizligi bilan tanishgan har bir talaba amaliy ishlari bo‘yicha qayd daftari (jurnal)ga yoki maxsus texnika xavfsizligi qayd daftariga qo‘l qo‘yishlari kerak. Texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishmagan talabalar tajriba xonasiga qo‘yilmaydi. 10. Yuqorida keltirilgan texnika xavfsizligi qoidalarini bo‘zish talabani mashg‘ulotdan chetlatish va unga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llashga asos bo‘ladi. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad 1. Elektr energiyasi iste'molchilarining sxemasini yig‘ish va tarmoqqa ulashni o‘rganish (ketma-ket, parallel va aralash ulash ). 2. Turli ulash sxemalarida, zanjirning ayrim qismlari va butun zanjir uchun tok kuchi va kuchlanishni o‘lchashni o‘rganish. 3. O‘zgarmas tok zanjiri uchun Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlarini amalda tekshirish. Tajriba ishiga tushuntirish Uch lampadan iborat sxemada lampalar qarshiligini ampermetr va voltmetr usuli bilan aniqlash (1.1-rasm). Bunda lampalarni navbati bilan ulab, ampermetr va voltmetrlarning ko‘rsatishlari yozib olinadi, shu qiymatlarini Om qonuni formulasiga qo‘yib har bir lampa spiralining qarshiligi aniqlanadi. 2. Uchta parallel ulangan chug‘lanish lampasi spiralining umumiy qarshiligini aniqlash (1-rasm). 1.1-rasm Om qonuni bo‘yicha iste’molchilarning umumiy qarshiligi bu yerda I -ampermetrning ko‘rsatishi, a , Yüklə 0,54 Mb. Dostları ilə paylaş: |