Tajriba xonalarida darslar 1



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/17
tarix24.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#161104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Tajriba ishi 16 36стр.

U-voltmetrning ko‘rsatishi, v .
Lampalarni parallel ulash sxemasi bo‘yicha quyidagi asosiy nisbatlar tekshiriladi:
a) zanjirdagi umumiy tok, parallel ulangan iste'molchilardagi toklarning yig‘indisiga teng (Kirxgofning 1-qonuni).
Ium = I1 +I2 +I3 .
Berilganlar 1.1 va 1.2-jadvallardan olinadi;
b) parallel ulangan iste'molchilarning hisobiy zanjir qarshiligi (Rh) qo‘yidagi formula bilan hisoblanadi:

bu yerda

R1, R2, R3 larning son qiymatlari 1.1-jadvaldan olinadi.
Jadvaldan olinganlar buyicha (1.2-jadval) hisobiy qarshilik (Rh) umumiy qarshilik (Rum) bilan solishtiriladi.

  1. Ketma-ket ulangan lampalar spiralining qarshiligini aniqlash.

Ketma-ket ulanganda, har bir lampa spiralining qarshiligi Om qonuni bo‘yicha aniqlanadi:

bu yerda I-zanjirdagi tok, a.
U1, U2 , U3- har bir lampadagi kuchlanishning tushuvi, v.
Kuchlanishlarning bu tushuvi har bir lampaga navbati bilan ulanadigan voltmetr yordamida o‘lchanadi.
Umumiy qarshilik Om qonuni bo‘yicha aniqlanadi:

bu yerda U–tarmoq kuchlanishi, v.
Lampalarni ketma-ket ulash sxemasi bo‘yicha (1.2-rasm) quyidagi asosiy nisbatlar tekshiriladi;
a) lampalar ketma-ket ulangan zanjirning hisobiy qarshiligi (Rh) alohida lampalar qarshiliklarining yig‘indisiga teng:
Rh = R 1 +R 2 +R 3 .
Bu qiymatlar jadvaldan olinib, Rum bilan solishtiriladi;

1.2-rasm
b) zanjirga berilgan kuchlanish, ayrim lampalardagi kuchlanishlar tushuvining yig‘indisiga teng (Kirxgofning 2-qonuni)
U = U 1 +U 2 +U 3
c) zanjirning barcha qismlarida tokning miqdorlari teng.
4. Aralash ulanganda (1.3-rasm) lampa spiralining qarshiligi va butun zanjirning umumiy qarshiligi Om qonuni bo‘yicha aniqlanadi

L2 va L3 lampalar parallel ulangani uchun U2 =U3 deyish mumkin. U1, U2,U3 va U-kuchlanishlar voltmetr yordamida o‘lchanadi.
Hisobiy qarshilik quyidagi ifodadan aniqlanadi:

Bu miqdor tajribadan olingan Rum bilan solishtirib ko‘riladi.

  1. Turli tajribalardan olingan R1, R2, R3 qarshiliklarning bir xil emasligiga e'tibor berilsin. Bunga turli ulash sxemalarida cho‘g‘lanish spiralidan o‘tayotgan toklar kattaligining teng emasligi sabab bo‘ladi.

O‘tkazgichdan o‘tgan tok kattaligi jihatidan shu tok kuchiga proportsional bo‘lgan issiqlik ajratib chiqaradi (Joul-Lens qonuni). Bu issiqlik o‘tkazgichning temperaturasini, binobarin uning qarshiligini ham oshiradi.
Qaysi cho‘g‘lanish lampasi spiralidan katta tok o‘tsa, usha spiralning qarshiligi kichik bo‘ladi.



1.3-rasm

Ishni bajarish tartibi



  1. 1.1-rasmdagi sxema yig‘iladi .

  2. L1, L2, L3 lampalarni navbati bilan bittadan ulab, ampermetr va voltmetrning ko‘rsatishlari 1.1-jadvalga yozib olinadi.

  3. Uchta lampani parallel ulab, ampermetr va voltmetr ko‘rsatishlari 1.2-jadvalga yozib olinadi.




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin