O‘tilgan mavzuni mustahkamlasi: o‘quvchilar tushunmagan savollar va ularga tushunarsiz bo‘lgan jumlalar aniq va hayotiy misollar yordamida tushunturilib beriladi.
Yangi mavzuning bayoni:
Bir noma’lumli chiziqli tengsizliklar ko‘rinishda bo‘ladi. Bunda va berilgan sonlar, esa noma’lum son deyiladi.
Tengsizlik ishorasining chap va o‘ng tomonlarida turgan ifodalar – tengsizlikning chap va o‘ng qismlari deyiladi. Bu qismlardagi har bir qo‘shiluvchilar tengsizlikning hadlari deb ataladi.
Tengsizlikni yechishda quyidagi xossalardan foydalaniladi:
1-xossa: tengsizlikning istalgan hadini uning bir qismidan ikkinchi qismiga, shu hadning ishorasini qarama-qarshisiga o‘zgartirgan holda o‘tkazish mumkin, bunda tengsizlikning ishorasi o‘zgarmaydi. 2-xossa:tengsizlikning ikkala qismini noldan boshqa ayni bir xil musbat songa ko‘paytirilsa yoki bo‘linsa, tengsizlikning ishorasi o‘zgarmaydi. 3-xossa: tengsizlikning ikkala qismini noldan boshqa ayni bir xil manfiy songa ko‘paytirilsa yoki bo‘linsa, tengsizlikning ishorasi qarama-qarshisiga o‘zgaradi. Bir noma’lumli tengsizlikning yechimi deb, noma’lum sonning shu tengsizlikni to‘g‘ri sonli tengsizlikka aylantiradigan qiymatiga aytiladi.
Tengsizlikni yechish – uning hamma yechimlarini topish yoki ularning yo‘qligini aniqlash demakdir.
Tengsizlikda noma’lum son – istalgan harf bilan belgilanishi mumkin.
Tengsizlikni qanoatlantiruvchi sonlar to‘plami son o‘qida nur bilan tasvirlanadi.
Qat’iy tengsizlikning yechimlarini son o‘qida tasvirlashda nuqta oq doiracha bilan belgilanadi. Doirachadagi nuqta uning yechimi emasligini bildiradi.
Noqat’iy tengsizlikning yechimlarini son o‘qida tasvirlashda nuqta qora doiracha bilan belgilanadi. Doirachadagi nuqta ham uning yechimlaridan biri bo‘ladi.