Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya elementlari: (FK-1) -o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
-chiziqli tengsizlikka olib kelinadigan shakldagi tengsizliklarni va ularning sistemalarini aniq hamda shakldagi tengsizliklar va ularning sistemalarini hisoblash vositalari yordamida yecha oladi;
- shakldagi tenglama va tengsizliklarni yecha oladi va son o‘qida tasvirlay oladi.
Kognitiv kompetensiya elementlari: (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi) (FK-2) -o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
-o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
Darsning usuli:savol-javob, misol va masalalar yechish.
Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashish, tozalikni tekshirish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga ruhiy jihatda tayyorliklarini aniqlash.
O‘tilgan mavzuni so‘rab baholash:
Savol: tengsizliklar necha turga bo‘linishi mumkin?
Javob: tengsizliklar qat’iy va noqat’iy tengsizliklarga bo‘linadi. Savol: qat’iy tengsizliklar deb nimaga aytiladi?
Javob: (katta) va (kichik) ishoralari qatnashgan tengsizliklar qat’iy tengsizliklar deb ataladi. Savol: noqat’iy tengsizliklar deb nimaga aytiladi?
Javob: (kichik emas) va (katta emas) ishoralari qatnashgan tengsizliklar noqat’iy tengsizliklar deb ataladi. Savol: noqat’iy tengsizliklar qanday xossalarga ega?
Javob: qat’iy tengsizliklarning barcha xossalari noqat’iy tengsizliklar uchun ham o‘rinli bo‘ladi. (kichik emas) va (katta emas) ishoralari qarama-qarshi ishoralar deyiladi.