O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: o‘quvchilar tushunmagan savollarni aniq misollar yordamida tushuntiraman.
O‘tilgan mavzuni so‘rab baholash:
Savol: bir noma’lumli chiziqli tengsizlik qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Javob: bir noma’lumli chiziqli tengsizliklar ko‘rinishda bo‘ladi. Bunda va berilgan sonlar, esa noma’lum son deyiladi. Savol: tengsizlikning tashkil etuvchi ifodalar qanday nomlanadi?
Javob: tengsizlik ishorasining chap va o‘ng tomonlarida turgan ifodalar – tengsizlikning chap va o‘ng qismlari deyiladi. Bu qismlardagi har bir qo‘shiluvchilar tengsizlikning hadlari deb ataladi.
Savol: tengsizlikning istalgan hadini bir qismidan ikkinchi qismiga olib o‘tish mumkinmi?
Javob: tengsizlikning istalgan hadini uning bir qismidan ikkinchi qismiga, shu hadning ishorasini qarama-qarshisiga o‘zgartirgan holda o‘tkazish mumkin, bunda tengsizlikning ishorasi o‘zgarmaydi. Savol: tengsizlik noldan boshqa biror musbat songa ko‘paytirilsa yoki bo‘linsa uning ishorasi qanday bo‘ladi?
Javob: tengsizlikning ikkala qismini noldan boshqa ayni bir xil musbat songa ko‘paytirilsa yoki bo‘linsa, tengsizlikning ishorasi o‘zgarmaydi. Savol: tengsizlik noldan boshqa biror manfiy songa ko‘paytirilsa yoki bo‘linsa uning ishorasi qanday bo‘ladi?
Javob: tengsizlikning ikkala qismini noldan boshqa ayni bir xil manfiy songa ko‘paytirilsa yoki bo‘linsa, tengsizlikning ishorasi qarama-qarshisiga o‘zgaradi. Savol: bir noma’lumli tengsizliklarning yechimi deb nimaga aytiladi?
Javob: bir noma’lumli tengsizlikning yechimi deb, noma’lum sonning shu tengsizlikni to‘g‘ri sonli tengsizlikka aylantiradigan qiymatiga aytiladi. Savol: tengsizlikni yechish deganda nimani tushunasiz?
Javob: tengsizlikni yechish – uning hamma yechimlarini topish yoki ularning yo‘qligini aniqlash demakdir. Savol: tengsizlikda noma’lum son qanday harf bilan belgilanadi?
Javob: tengsizlikda noma’lum son – istalgan harf bilan belgilanishi mumkin. Savol: tengsizlikni qanoatlantiruvchi sonlar to‘plami qanday shaklda tasvirlanadi?
Javob: tengsizlikni qanoatlantiruvchi sonlar to‘plami son o‘qida nur bilan tasvirlanadi. Savol: qat’iy tengsizlikning yechimlari son o‘qida qanday tasvirlanadi?
Javob: qat’iy tengsizlikning yechimlarini son o‘qida tasvirlashda nuqta oq doiracha bilan belgilanadi. Doirachadagi nuqta uning yechimi emasligini bildiradi. Savol: noqat’iy tengsizlikning yechimlari son o‘qida qanday tasvirlanadi?
Javob: noqat’iy tengsizlikning yechimlarini son o‘qida tasvirlashda nuqta qora doiracha bilan belgilanadi. Doirachadagi nuqta ham uning yechimlaridan biri bo‘ladi.