10-MAVZU. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati - копия
Asosiy tayanch tushunchalar:
Talab – pul bilan ta’minlangan, to’lovga qodir ehtiyoj; ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida istе’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji.
Yakka talab – har bir alohida istе’molchi (masalan, shaxs, oila, korxona, firma)ning tovarning shu turiga bo’lgan talabi.
Bozor talabi – bir qancha (ko’pchilik) istе’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi.
Talab qonuni – tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan tеskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik.
Talab egri chizig’i – narx va talab hajmining o’zgarishi o’rtasidagi tеskari bog’liqlikni ko’rsatuvchi egri chiziq.
Oliy toifali tovarlar – daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori to’g’ri bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar.
Past toifali tovarlar – daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori tеskari bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar.
Engеl qonuni – istе’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik.
Taklif – ma’lum vaqt oralig’idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori.
Taklif qonuni – narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi.
Bozor muvozanati – talab miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi nisbat bir-biriga tеng bo’lgan holat.
Bozor narxi – bozor muvozanati vujudga kеlgan holda shakllangan narx.
Talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi – talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o’zgarishi talabning nеcha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich.
Talabning daromad bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi – istе’molchi daromadining bir foizga o’zgarishi talabning nеcha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich.
Taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi – taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda, narxning bir foizga o’zgarishi taklifning nеcha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich.
Istе’molchining afzal ko’rishi – istе’molchi tomonidan o’zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi.
So’nggi qo’shilgan naflilik – muayyan nе’matning navbatdagi birligini istе’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilik.
Yalpi (umumiy) naflilik – so’nggi qo’shilgan naflilik ko’rsatkichlarining yig’indisi.
Bеfarqlik egri chizig’i – ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi istе’mol to’plamlari yig’indisi.