Broker–bu… fond, tovar, valyuta birjalarida oldisotdi bitimlari tuzishda vositachilik (dallollik) qiladigan ayrim shaxs yoki firma. B.lar, odatda, mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga oʻz nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Vositachilik bitimlari, asosan, B.lik idoralari, firmalar yoki ularning filiallari orqali rasmiylashtiriladi. Vositachilik qilgani uchun tomonlarning kelishuviga koʻra, birja qoʻmitasi joriy etgan taksa (qatʼiy baho)ga muvofiq, oldisotdining muayyan foiz miqdorida haq — brokeraj oladi (odatda, B. haqi amalga oshirilgan shartnoma yoki bitim qiymatining 0,25—3% ni tashkil qiladi). Yirik B.lik idoralari haridorga qarz berishda banklar bilan hamkorlik qiladi, ayrim hollarda oʻzlari kreditor boʻladilar, bitimlar bajarilishiga kafillikni ham oʻz zimmalariga oladilar. Katta B. gofbrok ye r deb ataladi.
Institutsional investorlar – bular… iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoklarga, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzok, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, I. kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. I. kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saklab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan I. turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. I. sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. I. loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. boʻlishi mumkin.
Uning quyidagi turlari mavjud: davlat I.si — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el I.si — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tad-birkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy I. — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fukarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. I. qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) I.ga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) I. — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan I., ; real I. — moddiy i. ch. (sanoat, q.x., qurilish va b.) soxa-siga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzok, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida I.ni moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing , bevosita chet el I.lari, ipoteka, byud-jetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Risk–bu…
Risk (grekcha ridsicon, ridsa so’zidan olingan bo’lib, yo’kotish, skala degan ma`noni anglatadi) -bu bashorat kilinayotgan loyihani amalga oshirishda xakikiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo’lib kolish extimolidir.
iqtisodiy kategoriya sifatida risk – bu bo’lishi mumkin bo’lgan yoki bo’lmaydigan xodisa. Agar bu xodisa bo’lsa ijobiy (foyda, daromad yoki boshqa tushum) va salbiy (xarajatlar, zarar, yo’kotish) natija bo’lishi yoki xech kanday natija bo’lmasligi mumkin. Birinchidan, loyiha faoliyatining bosqichlari va fazalari bo’yicha tasniflash: Investitsiyalash oldi fazasidagi, Investitsiyalash fazasidagi, Ishlab chiqarish fazasidagi risklar.
Ikkinchidan, loyiha faoliyati ishtirokchilari uchun risk taxdidlariga ta`sir etishning imkoniyatlarini mezonlari bo’yicha tasniflash. Bu nuktai-nazar bo’yicha riskni: ichki va Tashqi risklarga ajratish mumkin. Tashqi risklarga siyosiy risklar va fors-major risklari kiradi. Fors-major riskiga tabiiy ofatlar: yangin, suv toshkini, kurgokchilik kabilar kiradi. Tashqi risklar loyiha faoliyatining barcha faza va bosqichlarida mavjud.
Uchinchidan, riskdan ximoyalash imkoniyatlari nuktai-nazaridan tasniflash:
Sugurtalanadigan risklar;
Sugurtalanmaydigan risklar.
Sugurtalanadigan risklar uz navbatida: a) kafolat; sh) sugurta; v) zaxira fondi hisobiga koplanadigan risklarga bo’linadi.