Investitsiya muhitini baholovchi xalqaro tashkilotlar (indeks) haqida nimalarni bilasiz.
Hech qaysi mamlakat rivojlangan davlatlarning amaliyoti va nazariyasini o’rganmasdan, jahon hamjamiyatidan ayri holda rivojlanmaydi. Shunday ekan, har bir davlat ishlab chiqarishni namunali tashkil etish, iqtisodiyotda yuqori ko’rsatkichlarga erishish, aholining ijtimoiy turmush darajasini oshirish uchun xorijiy hamkorlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada u yoki bu mamlakatdagi investitsion muhit muhim ahamiyat kasb etadi. Qayerdaki qulay investitsion muhit mavjud bo’lsa, o’sha tomonga iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch – investitsiyalar oqimi tezlashadi.
Mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanish darajasi investitsiyaning faolligi sur’atlariga, bu esa, iqtisodiyot bir tekis o’sib borishi va taraqqiy etishini belgilovchi investitsion muhitga bog’liq. Investitsion muhit “...iqtisodiyotimizga xorijiy sarmoyani yanada kengroq jalb etish uchun, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida, jahon bozorida raqobat qila oladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishda xorijiy investorlar yanada faol ishtirok etishi uchun yaratilgan huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni takomillashtirish”ni taqozo etadi.
Investitsion muhit muayyanligini bu borada faoliyatning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi bu omillarning o’zaro bog’liq majmui u yoki bu mamlakat iqtisodiyotidagi hal qiluvchi investitsion muhit hisoblanadi. Demak, investitsion muhit haddan tashqari ko’p o’lchovli, murakkab va serma’no tushunchadir.
Ikki tomonlama investitsion shartnoma deganda nimani tushunasiz?
Bugungi iqtisodiy globallashuv jarayonida investitsion faoliyat har bir davlat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega element hisoblanadi. Boisi mazkur faoliyat mamlakatda sanoat ishlab chiqarish darajasini kengaytirishga va rivojlantirishga, iqtisodiyotning barqaror hamda progressiv o’sishiga xizmat qiladi. Shu bois investitsion faoliyatni qo’llab-quvvatlovchi har bir davlat o’zining bu boradagi aniq maqsadlarini ifodalovchi yo’l xaritasini ishlab chiqadi. Xususan, mamlakatimizda ham investitsiyalarni turli sohalarga jalb etish, ularning oqimini kengaytirish, investitsion faoliyatni rag’batlantirish bo’yicha turli reja va dasturlar ishlab chiqildi.
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar deganda nimani tushunasiz?
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu “iqtisodiyot drayveri”, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Investitsiya bilan turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi [8]. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishdagi asosiy muammolar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: investitsiya infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi; tijorat banklari, investitsiya fondlari, sug‘urta va lizing kompaniyalarining investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali yo‘lga qo‘yilmaganligi; sifatli va talab darajasidagi malakali ishchi kuchining yetishmasligi va shulardan iborat. 2017-2020 yillarda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini ko’rib chiqadigan bo’lsak, uni quyidagi 1-rasm orqali ifodalab chiqamiz.
Xorijiy investitsiyalar qanday tasniflanadi?