Talabalar ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligining gumanitar asoslari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix13.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#112807
1   2   3   4   5   6   7
talabalar-ilmiy-tadqiqot-faoliyati-samaradorligining-gumanitar-asoslari

TADQIQOT NATIJALARI 
Oliy ta’limda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga o‘rgatish jarayonini tahlil qilish bilan 
talabalarning ushbu faoliyatga to‘liq tayyor emasligi aniqlandi. 
Oliy ta’lim jarayonida jismoniy madaniyat, psixologiya (sport), sport faoliyati (faoliyat 
turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlaridan qatnashgan 128 nafar talabalarining ilmiy faoliyat 
to‘g‘risidagi munosabatlarini o‘rganish uchun modifikatsiyalangan Makarova metodikasi asosida 
tuzilgan mini-so‘rovnoma o‘tkazildi (1-jadvalga qarang).
Jadval 1. 
Talabalarning ilmiy faoliyat to‘g‘risidagi tasavvurlarini o‘rganish (n=128) 
№ 
Savollar 
1-“yo‘q” 
2-“ha”dan 
ko‘ra 
ko‘proq 
“yo‘q” 
3- bilmayman 
4-“yo‘q”dan 
ko‘ra 
ko‘proq “ha” 
5-“ha” 

A – shkala 
78 
12 
14 
15 


B – shkala 
42 
27 
20 
21 
18 

S – shkala 
25 
12 

42 
41 
Jami javoblar 394 ta 
155 
51 
42 
78 
68 
Anketani to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatma: Tasdiq (ta’kid) shaklida savollarni diqqat bilan 
o‘qib, sizning rozilik yoki norozilik sabablaringiz asosida baholang. Javob variantlari: 1 – 
“yo‘q”, 2 – “ha” dan ko‘ra ko‘proq “yo‘q”, 3 – bilmayman, 4 – “yo‘q” dan ko‘ra ko‘proq “ha”, 5 
– “ha”. 
1. A – shkala. Kasbiy faoliyat bilan sohaning ilmiy faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik 
to‘g‘risida tasavvurga egasizmi? 1 2 3 4 5. 
2. B – shkala. Sizningcha, asosiy mutaxassisilik mashg‘ulotlarida fan qonuniyatlari va 
pedagogik hodisalar mohiyatini ilmiy tushunishga intilasizmi? 1 2 3 4 5. 
3.S – shkala. Siz uchun fakultetda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishning ma’qul 
imkoniyalari, ustozlar xayrixoxligi bilan moslashuvchan shart-sharoitlar bo‘lganida faoliyatga 
kirishasizmi ? 1 2 3 4 5. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
129 
Jismoniy madaniyat, psixologiya (sport), sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim 
yo‘nalishlaridan 128 nafar talabalarning uch turkumdan iborat savollarga 394 ta javob variantlari 
(155-“yo‘q”, 51-“ha”dan ko‘ra ko‘proq “yo‘q”, 42- “bilmayman”, 78--“yo‘q”dan ko‘ra ko‘proq 
“ha”, 68-“ha”) asosida aksariyat talabalarning ilmiy faoliyat to‘g‘risidagi tasavurlarining 
shakllanmaganligi, ammo talabalar tomonidan qiziqish va intiluvchanlik munosabatlarining 
mavjudligi tegishli faoliyat mazmunini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin