SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
132
- kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida talabalarning keng ishtirokini
ta’minlash, yoshlarga turli shakldagi ilmiy ijodini rivojlantirishning samarali mexanizmlarini
yaratish;
- kafedralar va fakultetlarda talabalarning ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish va
ro‘yobga chiqarib imkonini beruvchi o‘quv- ilmiy laboratoriyalar, markazlar,
turli ilmiy-ijodiy
to‘garaklarni faoliyatini yaxshilash, zamonaviy o’lchov uskunalari bilan jihozlash;
- talablarning o‘quv mashg‘ulotlari va ilmiy-tadqiqot ishlari integratsiyasini ta’minlash,
mustaqil ish,
kurs loyihasi, malakaviy bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiyalari doirasida turli
xildagi faol o‘quv-tadqiqot jarayonlarini tashkil etish.
Talabalarni ilmiy-pedagogik xamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
orqali kasbiy-
ijodiy tayyorgarlik darajasini ko‘tarish, ularni ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish tizimini
takomillashtirish, mavjud ilmiy maktablar va ilmiy markazlarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim
jarayoniga daxldorlik borasida mazmunan rivojlantirish, o‘quv
jarayonida nazariy, empirik
ilmiy-tadqiqot modellaridan keng foydalanish mexanizmlarini shakllantirish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: