SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
131
va "inson kapitali" omiliga e’tibor qaratish bilan gumanitar texnologiyalar samarasini tushunish
mumkin.
O‘tkazilgan tadqiqotlar mohiyatida quyidagi g‘oyalar ilgari surilgan: gumanitar
texnologiyalar, aslida, ta’lim resurslardan foydalanish jarayonida faoliyat samaradorligini
oshirish, shaxs haqidagi gumanitar bilimlar(qiziqishlar ehtiyojlari, motivlar)ni o‘zlashtirish
texnolgiyalari bilan bog‘liq [1,2].
Hozirga qadar gumanitar texnologiyalarni qo‘llash masalalari ko‘rib chiqilgan nashrlar
tahlilida mualliflar tomonida har xil fikrlarni kuzatish mumkin. Bizning fikrimizcha gumanitar
texnologiyalarning harakat mexanizmini tushunish uchun eng muhim resurslarini bilishimiz
kerak:
- insonning hayotiy qiziqishlarini ro‘yobga chiqarishni va hayot sifatini yaxshilashni
ta’minlaydigan resurs talab texnologiyalarni o‘zlashtirish.
- resurs talab texnologiyalar deganda quyidagilar tushuniladi: axloq, qadriyatlar, fanlar-
aro bilimlar, g‘oyalar, ko‘p millatli, ko‘p madaniyatli, dinlararo, transprofessional va shaxslararo
o‘zaro ta’sir, bag‘rikenglik, mas’uliyat va ularni kasbiy faoliyat, dasturlar, loyihalar va
texnologik yechimlar toifasiga o‘tkazish;
- rivojlantirish loyihalari va dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga qodir kreativ
g‘oya va professional etika bilan qurollangan mutaxassislarning mavjudligi.
XULOSA
O’rganilgan bir qator ilg’or yondashuvlar asoslanib aytish joizkim - gumanitar
texnologiyalarning o‘ziga xosliklarini quyidagi xususiyatlari bilan aks etish mumkin:
- gumanitar texnologiyalar eksklyuzivlik xususiyatiga ega, ya’ni ma’lum bir loyiha uchun
ishlab chiqilgan;
– pedagogik sohada gumanitar texnologiyani ishlab chiqish jarayoni juda ko‘p axborot
resurslariga ehtiyoj sezadi;
– aloqada bo‘lgan shaxsning boshqalar bilan muloqotda bo‘lishi uchun pedagogik hodisa
va jarayonlarni qurishning gumanitar texnologiyalaridan foydalanish;
– agar inson gumanitar (insonparvarlik) texnologiyalar vositasida qanday faoliyat bilan
shug‘ullanishidan qat’iy nazar, teng darajada samarali bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: