Talabalar ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligining gumanitar asoslari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix13.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#112807
1   2   3   4   5   6   7
talabalar-ilmiy-tadqiqot-faoliyati-samaradorligining-gumanitar-asoslari

Maqolaning maqsadi: bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, sport trenerlarining 
ta’lim muassasalari va sport maktablarida pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil qilish va amalga 
oshirishning kasbiy ahamiyat mazmuni va talabalar ilmiy faoliyat samaradorligini asoslovchi 
zamonaviy gumanitar tushunchalar mazmunini ochib berishdan iborat. 
Shu nuqtai nazardan, jismoniy tarbiya va sport ta’limi yo‘nalishlarida professor 
o‘qituvchilar va talabalar hamkorligi, ilmiy tadqiqot ishlarini faollashtirishning ilg‘or 
yondashuvlari va pedagogik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun 
nazariy ma’lumotlar yig‘ish va ularning natijalarini ijtimoiy pedagogik talablar asosida 
tahlil qilish masalasi qo‘yilgan edi.
Albatta, oliy ta’lim jarayonida ilmiy tadqiqot ishlari sifatini oshirishga qaratilgan 
nazariy va amaliy tadqiqotlar ko‘lamini bitta tadqiqot doirasida to‘liq yoritish qiyin. 
Shunday bo‘lsa-da, biz tadqiqot maqsadidan kelib chiqib sohaning ilm-fan va ta’lim 
xususiyatlari, talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etishning ijtimoiy gumanitar 
tushunchalarini tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarib amaliy tavsiyalar berishga
harakat qilindi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
“Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)”, “Psixologiya (sport)”, “Jismoniy madaniyat” 
ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablarida bakalavrlarning kasbiy (ilmiy tadqiqot faoliyati 
bo‘yicha) vazifalari qatorida ilmiy tadqiqot faoliyati bo‘yicha quyidagilar belgilangan: 
- jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb muammolarni aniqlash; 
- jismoniy tarbiya va sportga oid ilmiy tekshirishlarning eksperimental dasturlarini 
o‘rganish; 
- respublika va xorijda chop etiladigan jismoniy tarbiya va sportga oid ilmiy texnik 
axborotlarni qidirib topish va o‘rganish; 
- ilmiy laboratoriya va makazlarda ilmiy rahbarlar nazoratida ilmiy tadqiqotlar jarayonida 
ishtirok etish; 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
127 
- aprobatsiyadan o‘tgan tadqiqot usullari, ishonchligi yuqori nazorat testlar, eksperimental 
dasturlarni qo‘llagan holda jismoniy tarbiya va sport tayyorgarlik jarayonining turli tadqiqot 
ob’ektlarida faoliyat samaradorligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish; 
- matematik statistika usullari, axborot texnologiyalari vositasida ilimiy tekshiruv 
natijalarini qayta ishlash usullaridan foydalanish, umumlashtirish va xulosalarni shakllantirish; 
- mavzu (topshiriq) bo‘yicha pedagogik kuzatuv ma’lumotlarni qig‘ish, ishlov berish, 
tahlil qilish va olingan ma’lumotlarni tizimlashtirishda ishtirok etish; 
- ilmiy tadqiqot natijalarini va ishlanmalarini amaliyotda tatbiq qilish jarayonida 
qatnashish; 
- internet tarmog‘ida sohaga tegishli eng yangi ilmiy, texnologik yutuqlar haqida 
ma’lumotlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda qiqidirish va topish; 
- ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish jamoasi tarkibida (kasbiy faoliyat profiliga mos) 
kasbiy faoliyat vazifalarini yechish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak. 
Shu o‘rinda, professor o‘qituvchi va talabalar ilmiy faoliyat hamkorligi, yangi ta’lim 
yo‘nalish va mutaxassislik o‘quv rejalari fanlarini o‘qitish jarayonini mazmunan (laboratoriya 
mashg‘ulotlari salmog‘ini oshirish) boyitish, jamiyatimizda jismoniy tarbiya va sportning xizmat 
ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida fakultet xuzurida “Jismoniy tarbiya diagnostikasi 
va korreksiyasi” ilmiy markazni tashkil etilishi muhim amaliy ahamiyati bilan bir qatorda 
talabalar ilmiy ishlarini faollashtirishning poydevori bo‘lib xizmat qiladi. 
1. Jismoniy madaniyat va sport sohasida kasbiy tayyorgarlik sifatini rivojlantirishga doir 
diagnostik texnologiyalar hamda korreksion faoliyatning ilmiy-pedagogik ishlanmalarni 
qo‘llash sohalarida fundamental hamda eksperimental ilmiy tadqiqot ishlariga talabalarni jalb 
qilish.
2. Diagnostik va korreksion texnologiyalarni qo‘llash doirasida talabalar bilan hamkorlikdagi 
ilmiy-ta’limiy loyihalar, ilmiy tadqiqotlar hamda eksperimental ishlanmalarni tayyorlash. 
3. Turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun sohaning diagnostik 
va korreksion ta’lim jarayoniga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini yaratish va resurslarini ishlab 
chiqish.
Fakultetda talaba yoshlar, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyat natijadorligi, yangi 
fanlarni rejalashtirish, zamonaviy o‘lchov vositalariga asoslangan amaliy-ko‘rgazmali o‘qitish 
tajribalarini qo‘llash orqali erishiladi hamda rejalashtirilayotgan ta’lim yo‘nalishlari va 
mutaxassisliklarining malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘qitiladigan integral fan kataloglari, 
ta’lim dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, shu jumladan audio, video va elektron 
darsliklar, onlayn darslar, ilmiy seminar hamda boshqa turdagi ilmiy-metodik resurslarni keng 
ko‘lamda ishlab chiqishni taqozo etadi.
Ilmiy faoliyatning asosiy shakllari talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari - tajribali 
mutaxassis rahbarligida yakka tartibda yoki ilmiy guruhlar tarkibida bajariladigan tadqiqot 
ishlari, shuningdek, kafedralar tashabbusi bilan o‘tkaziladigan kafedra ilmiy konferensiyalari
hududiy va Respublika Xalqaro konferensiyalarning muammo doirasida oliy kasbiy tayyogarlik 
tizimining erishilgan yutuqlari, mavjud muammo va yechimlarini ommalashtirish borasida 
muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Buxoro davlat universitetining jismoniy 
madaniyat fakulteti tomonidan har o‘quv yilida tashkil etiladigan ilmiy amaliy konferensiyalar 
qatorida 2022 yilning 29-apreldagi “Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport 
mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar” mavzusi ostida 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
128 
o‘tkazilgan koferensiyada aksariyat professor o‘qituvchi va talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyati 
hamkorligining nazariy va amaliy ahamiyat mezonlari fakultetda ilmiy faoliyat samaradorligini 
oshirishdagi muhim qadam bo‘lib hisoblanadi . 
Talabalarning ta’lim jarayonida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga kirishishi alohida ahamiyatga 
ega, chunki u kasbiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi, mustaqil ta’limni faollashtirish, 
o‘rganilayotgan fanga qiziqish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan ko‘nikmalarni 
shakllantiradi. 
Oliy ta’limdan maqsad talabalarga turli fanlardan tizimli bilimlarni taqdim etish bilan bir 
qatorda bo‘lajak kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan ilmiy bilimlarni mustaqil qo‘lga kiritish, 
tahlil qilish hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishning dastlabki ko‘nikmalariga o‘rgatish talab etiladi.
Ta’lim va ilmiy tadqiqot faoliyatini oliy ta’lim sharoitda boshlagan talaba o‘zi haqida 
allaqachon shakllangan tasavvurga ega va endi bu g‘oyani o‘zgartirish (aniqlashtirish) orqali 
nafaqat kundalik faoliyat muammolarini muvaffaqiyatli hal qilish, balki o‘zini rivojlantirish 
muhim shart sanaladi [5,8]. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin