universitet rektoriga talabalar safidan chiqarish boʻyicha taklif kiritiladi;
talabalar oʻz turar joylarida foydalanib kelayotgan mol-mulkka bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni (8-bandda koʻrsatib oʻtilgandan tashqari) toʻlashi shart;
“Ta’lim muassasasi”dan chetlashtirilgan talabalar uch kun muddat ichida TTJdan chiqarib yuboriladi va toʻlangan summa qayta hisob qilinmaydi.
Mazkur shartnomaning shartlarini bajarishda ikkala tomon qonunchilikda belgilangan tartibda masʼuldirlar;
Foydalanishga oluvchi Talaba shartnomaning 3.2 bandida keltirilgan shartnomaviy majburiyatlarni bajarmasa va berilgan xona hamda jihozlarga zarar yetkazganda yoki yoʻqotgan holda u bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinadi, barcha yetkazilgan zararni qonunchilikda belgilangan miqdorda “Ta’lim muassasasi” hisob raqamiga undiriladi;
5.3.5.3.Ushbu shartnomaning barcha masalalari tomonlar oʻrtasida kelishilgan holda hal qilinadi;
5.4. Yuzaga kelgan kelishmovchiliklar va ixtiloflar qonunchilikda belgilangan tartibda iqtisodiy hamda fuqarolik sudlari orqali hal qilinadi.
Shartnoma bandlari talaba tomonidan buzilganda fakultet dekanati tavsiyasiga koʻra Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor farmoyishiga asosan TTJdan chiqarilib yuboriladi.