TTJ ichki tartib-qoidalarini buzgan talabalarga nisbatan quyidagi choralar koʻriladi:
ogohlantiriladi;
hayfsan eʼlon qilinadi va talabaning ota-onasi bilan suhbat oʻtkaziladi;
TTJdan chiqariladi;
universitet rektoriga talabalar safidan chiqarish boʻyicha taklif kiritiladi;
talabalar oʻz turar joylarida foydalanib kelayotgan mol-mulkka bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni (8-bandda koʻrsatib oʻtilgandan tashqari) toʻlashi shart;
“Ta’lim muassasasi”dan chetlashtirilgan talabalar uch kun muddat ichida TTJdan chiqarib yuboriladi va toʻlangan summa qayta hisob qilinmaydi.
XONA VA JIHOZLARDAN FOYDALANISH MUDDATI
Xona va jihozlar ushbu shartnomani tomonlar imzolaganidan soʻng 1 hafta ichida talabaga berilishi lozim;
Xona va jihozlar foydalanishga 14.09.2023 yildan 30.06.2024 yilgacha beriladi.
TOMONLARNING MASʼULIYATI VA JAVOBGARLIGI
Mazkur shartnomaning shartlarini bajarishda ikkala tomon qonunchilikda belgilangan tartibda masʼuldirlar;
Foydalanishga oluvchi Talaba shartnomaning 3.2 bandida keltirilgan shartnomaviy majburiyatlarni bajarmasa va berilgan xona hamda jihozlarga zarar yetkazganda yoki yoʻqotgan holda u bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinadi, barcha yetkazilgan zararni qonunchilikda belgilangan miqdorda “Ta’lim muassasasi” hisob raqamiga undiriladi;
5.3.5.3.Ushbu shartnomaning barcha masalalari tomonlar oʻrtasida kelishilgan holda hal qilinadi;
5.4. Yuzaga kelgan kelishmovchiliklar va ixtiloflar qonunchilikda belgilangan tartibda iqtisodiy hamda fuqarolik sudlari orqali hal qilinadi.
SHARTNOMANING BEKOR QILINISHI
Shartnoma muddatidan oldin bekor qilmoqchi boʻlgan talaba fakultet dekaniga yozma murojaat etadi;
Shartnoma bandlari talaba tomonidan buzilganda fakultet dekanati tavsiyasiga koʻra Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor farmoyishiga asosan TTJdan chiqarilib yuboriladi.