Talabalar turar joyidan xona (joy) va jihozlar berish boʻyicha shartnoma №



Yüklə 27,48 Kb.
səhifə2/5
tarix26.09.2023
ölçüsü27,48 Kb.
#149036
1   2   3   4   5
SHARTNOMA Samad aka

2.3 Talaba shartnoma shakllangandan so‘ng har oyning 10(o‘ninchi)-sanasiga qadar oylik to‘lovini amalga oshirmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinadi.
2.4. Keyingi oylar uchun to‘lovlar muddati shartnomada ko‘rsatiladi.


  1. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

    1. “Ta’lim muassasasi”ning majburiyatlari:


  • talabaga TTJdan joy ajratishni rektor (direktor) nomiga yozilgan arizaga muvofiq amalga oshirish va shartnoma

rasmiylashtirish;

  • talabaga TTJning xona va jihozlarini mazkur shartnomaning 4-bandida koʻrsatilgan muddatda berish;

  • TTJda sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;

  • TTJni tegishli choyshab, yostiq jildlari va boshqa zarur anjomlar bilan taʼminlash;

  • TTJda oʻtkaziladigan tadbirlar, madaniy-ommaviy ishlar hamda sport musobaqalarini oʻtkazishni taʼminlash;

  • zaruriyat boʻlganda TTJni kapital va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;

  • TTJda yashash sharoitlarini tegishli meʼyorlar asosida jihozlar bilan taʼminlash;

- TTJda yuzaga kelgan maishiy xizmat tizimidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish va qayta takrorlanmasligining oldini olishdan iborat.
    1. Talabalar majburiyatlari:


  • ichki tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilish;

  • maʼmuriyat bilan tuzilgan shartnoma qoidalariga rioya qilish;

  • gaz va elektr asboblaridan unumli foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish;

  • yashab turgan xona va umumiy foydalanish joylarini har doim saranjom tutish;

  • xonadoshlar hamda talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan samimiy va ahil munosabatda boʻlish;

  • TTJdagi va xonadagi mavjud hamma jihozlarni (krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.) namunali darajada ozoda tutish;

  • TTJ va xonadagi mebellarni, deraza va unga qoʻyilgan oynalarni sindirmaslik, eshik qulflarini talabalar turar joyi bino mas’ulining ruxsatisiz almashtirmaslik;

  • umumiy foydalanish joylariga oʻrnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini ehtiyot qilish, yuvinish xonasi, oshxona, sport xonasi, kompyuter xonasi, kutubxona hamda maʼnaviyat va maʼrifat xonalari jihozlaridan toʻgʻri foydalanish;

  • qoʻlbola elektr isitgich asboblari hamda elektrochoynaklardan foydalanmaslik;

  • umumiy foydalanish joylarini foydalanib boʻlingandan keyin (hojatxona, yuvinish xonalari, ovqat pishirish xonasi va boshqalar) tozalash, maishiy chiqindilarni maxsus belgilangan joylarga tashlash;

  • internet tarmogʻidan foydalanish odobiga rioya qilish;

  • talabalar turar joyi va universitet hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida muntazam ishtirok etish;

  • “Talabalar turar joyi Kengashi” aʼzolari (Kengash raisi va qavat sardorlari)ning universitet va Talabalar turar joyiga bogʻliq boʻlgan topshiriqlarini soʻzsiz bajarish;

  • Talabalar turar joyida oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etish;

  • Talabalar turar joyiga kech soat 22:00 dan kechikmaslik;

  • TTJdan uzoq muddatga ketishdan oldin (yozgi va qishki taʼtilga, dam olishga, amaliyotga) xonadagi jihozlar va xona kalitini talabalar turar joyi bino mas’uliga topshirish;

  • shartnoma muddati tugallagandan soʻng yoki universitetdan chetlashtirish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan taqdirda xona va undagi jihozlarni uch kun muddat ichida TTJ bino mas’uliga topshirish.

    1. Yüklə 27,48 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin