Talabalarda kreativlik sifatlarini


Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities



Yüklə 191,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü191,29 Kb.
#181971
1   2   3
Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities 
Hosted New York, USA 
https

econferencezone.org 
 
April 28
th
 2022 
75 
ijodiy yondashishi unda xissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o`z oldiga 
muammoli masalalarni qo`yish orqali mavjud bilimlari va xayotiy tajribalariga zid bo`lgan dalillar bilan 
to`qnash keladi. Buning natijasida o`z ustida ishlash, mustaqil o`qib o`rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. 
Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik 
potensialini yanada rivojlantiradi. Talaba shaxsning kreativligi uning tafakkuri, muloqoti, xis-tuyg`ulari, 
muayyan faoliyat turlarida namoyon bo`ladi. Aytib o`tilganidek, barcha shaxslarda bo`lgani kabi bo`lg`usi 
pedagoglarda xam kreativlik sifatlari o`z-o`zidan rivojlanmaydi. Shunga ko`ra kreativlik sifatlarini 
muvaffaqiyatli rivojlantirishning bir qator yo`llari mavjud: 
1-yo'l: kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish. Bu yo‘lni tutishda pedagog ta’lim oluvchilarga
Power Point dasturi yoki multimediya yordamida taqdimotni yaratish topshirig‘ini berishi mumkin. 
Taqdimotni tayyorlash jarayonida ta’lim oluvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalari faol rivojlanadi. Ta’lim 
oluvchilar o‘zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to‘la namoyon qilishlari mumkin. Agar
ta’lim oluvchilarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo‘rquv hissi mavjud bo‘lsa, fikrni noto‘g‘ri
ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini 
samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo‘lmaydi. Ta’lim oluvchilarda kreativlikni odatga 
aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko‘nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin. Bu jarayonda ular 
tomonidan 
mavzu 
mazmunining 
puxta 
anglanishi 
va 
kreativ 
fikrlash 
ko‘nikmalarini 
baholashdaqo‘llaniladigan metod va vositalar muhim ahamiyat kasb etadi. 
2-yo‘l: amaliy kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish. Pedagoglar ta’lim oluvchilarda kreativ fikrlash
ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko‘rsatmali metod va usullardan foydalanadi. Bu o‘rinda 
savollardan foydalanish faqat qisqa muddatda yordam berishi mumkin, biroq, ta’lim oluvchilarda interfaollik 
va kirishimlilikni rivojlantirmaydi. Patti Drapeau o‘z asarida bir qator ta’lim oluvchilarda interfaollik va 
kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali bo‘lgan yo‘l va metodlarni keltirib o‘tadi. 
Xususan: -Veb-saytlar bilan ishlash;
-vizuallashtirish; 
-barcha nuqtai nazarlarni inobatga olish; -muhim g‘oyalarni turli vaziyatlarda va o‘rinli qo‘llash (g‘oyani
boshqa sharoitga ko‘chirish –transformatsiya); -ramziylashtirish kabi yo‘llar; -“Aqliy hujum”; -“Keys-stadi” 
kabi metodlar. 
Talabalarda kreativlikni rivojlantirish ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi,
o‘zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o‘qitish jarayonini tashkil 
etishni talab qiladi. Bunda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi: 
talabalarda kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta’lim
jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta’minlash;
talabalarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, talabalar tomonidan bayon qilingan turli-tuman 
fikrlar va g‘oyalarni bag‘rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash, 
har bir talabada uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish, ularning ijodiy 
faolliklarini muntazam rag‘batlantirish;
o‘quv jarayonini talaba shaxsining xususiyatlari, ehtiyojlari va intellektual salohiyatidan kelib chiqqan 
holda individuallashtirish; talabalarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko‘nikmalarini 
shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standart
yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undash; kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi 
bo‘lgan kognitiv bilimlarni amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol 
mashg‘ulot shakllari va metodlarini tanlash va tatbiq etish. 
Talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi omillar:
-kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, kreativ faollikni shakllantirish, o‘quv jarayonini izlanuvchilik
hamda muammoli tadqiqotchilik yo‘nalishlarini kuchaytirish; 
-talabalarning muammolarni ijodiy yechish va yaratuvchilik faoliyatlarini rivojlantirish vaziyatlarini 
tashkil etish;
-talabalarning kreativ faoliyat tajribasiga kasbiy zaruriyat va istiqboldagi kasbiy faoliyat mazmunining 
tarkibiy qismi sifatida yondashishlariga erishish; 



Yüklə 191,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin