18
fizika fanini oʻqitishda loyixalash metodidan foydalanish usullari;
fizika praktikum ishlarini oʻqitishda tizimli taxlil.
Kurs ishini tashkil etish.Talaba tomonidan kurs ishining bajarilishi ham
mustaqil ish qatoriga kiradi va u muhim bosqich hisoblanadi, chunki ularda
mustaqil ijodiy ishlashni shakllanishiga ilmiy tadqiqot elementlarini anglashga
hamda ilmiy adabiyotlarni oʻqish va taxlil qilishga yordam beradi. Talaba kurs ishi
tizimini bajarish jarayonida undan ham murakkab boʻlgan vazifani - bitiruv
malakaviy ishini bajarish uchun, nazariyalarni anglash, ularni umumlashtirish va
amaliyotda qoʻllab mustaqil ilmiy - tadqiqot faoliyatini boshlashga tayyorgarlik
koʻradi. Kurs ishini tayyorlash talabada axborotlarni analitik fikrlashni rivojlan-
tirishga va oqibat natijasida tayyor mutaxassis boʻlib yetishishiga olib kelishi
kerak. Kurs ishi fanning turli sohalari boʻyicha amaliyotda olgan bilimlarini
mustahkamlashni, yanada chukurlashtirishni va umumlashtirishni talab etadi.
Tanlangan kurs ishi mavzusi ilmiylikni, zamonaviylikni talab qiladi. Chunki har
bir topshiriqda yangilik elementlari boʻlishi lozim. Kurs ishini foydali omillaridan
biri talabaning qiziqishi va qobiliyatiga qarab mavzu tanlash imkoniyatini berish
hisoblanadi va oʻquv yili boshida fan oʻqitucisi tomonidan mavzular tavsiya
etiladi.
Dostları ilə paylaş: