Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish


Mavzu boʻyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix07.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#126329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
алижанов захидов мустакил иш курсатма

Mavzu boʻyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. 
Talabaga muayyan mavzu boʻyicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bulgan 
masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos boʻladigan savollar tuzish topshiriladi. 
Bunda oʻqituvchi tomonidan talabaga testga qoʻyiladigan talablar va uni 
tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad koʻzda tutilayotganligi, muammoli savollar 
tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi, 
topshiriqlarni tuzish usullari boʻyicha yoʻl-yoʻriq beriladi. Konsultatsiya paytlarida 


12 
bajarilgan ishlarning qoʻyilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat 
qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki toʻldirish taklif etilishi mumkin). 
Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada ekspertlar ishtiroqida himoya 
qilinadi. 
 
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron bir 
mavzu boʻyicha (mavzuni talabaning oʻzi tanlashi ham mumkin) ilmiy (referativ) 
xarakterda maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda 
talaba oʻquv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va 
monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar 
toʻplaydi, taxlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va 
bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qoʻshimchalar, izohlar kiritadi, oʻz 
nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba oʻqituvchi bilan 
hamkorlikda ishlaydi. 
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash. 
Bir mavzu yoki boʻlim boʻyicha nostandart, alohida yondashish talab qilinadigan, 
nazariy ahamiyatga ega boʻlgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab 
qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, namunalar yaratish vazifasi 
topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal 
variantlarini izlashga va topishga qaratilgan boʻlishi kerak. 
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy xarakterdagi 
topshiriqlar berish, oʻqituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va 
chop ettirish mumkin. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin