12
bajarilgan ishlarning qoʻyilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat
qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki toʻldirish taklif etilishi mumkin).
Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada ekspertlar ishtiroqida himoya
qilinadi.
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron bir
mavzu boʻyicha (mavzuni talabaning oʻzi tanlashi ham mumkin) ilmiy (referativ)
xarakterda maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda
talaba oʻquv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va
monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar
toʻplaydi, taxlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va
bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qoʻshimchalar, izohlar kiritadi, oʻz
nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba oʻqituvchi bilan
hamkorlikda ishlaydi.
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash.
Bir mavzu yoki boʻlim boʻyicha nostandart, alohida yondashish talab qilinadigan,
nazariy ahamiyatga ega boʻlgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab
qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, namunalar yaratish vazifasi
topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal
variantlarini izlashga va topishga qaratilgan boʻlishi kerak.
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy xarakterdagi
topshiriqlar berish, oʻqituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va
chop ettirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: