Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish


Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix07.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#126329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
алижанов захидов мустакил иш курсатма

Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda: 
tizimli yondoshish; 
barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish; 
bajarilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish; 
tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarni takomillashtirib borish zarur. 


13 
Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi 
talablar bajarilishi lozim: 
maqsad (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni oʻzlashtirish, ijodiy 
faollikni oshirish, amaliy koʻnikma va malakalarni shakllantirish va h.q.), aniq 
asoslanishi; 
vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi; 
topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlardan talabalarning yetarli 
darajada xabardor boʻlishi; 
maslahat va boshqa yordam turlarining toʻgʻri belgilanishi (yoʻllanma va 
koʻrsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli 
topshiriqlarni bajarish usullari boʻyicha tushuncha berish, ayrim muammoli 
momentlarni birgalikda hal qilish va h.q.); 
hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash; 
nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, 
laboratoriya mashgʻulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun maxsus 
ajratilgan vaqt; ma’ruza yo referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat 
ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, koʻrgazmali jixozlar va ijodiy 
ishlar; savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, 
yozma shaklda bayon qilish va h.q.). 
 
Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: 
auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari. Oʻtilgan mavzuni qayta ishlash, 
kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi; 
auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan TMIlari. Oʻquv dasturidagi 
ayrim mavzularni mustaqil holda oʻzlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, 
amaliy va labaratoriya ishlariga tayyorgarlik koʻrib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot 
xarakteridagi ishlar va h.q. 
Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini oʻzlashtirib 
borish darajasi, amaliy mashgʻulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslari) 
tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarning bajarilish sifatini tekshirish maqsadida
odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlarni 


14 
bajarib qoʻyish va h.q. usullarda asosan amaliyot darslarida nazorat (joriy nazorat) 
qilinadi. 
Joriy nazoratda talabaning dars paytida oʻtilgan materiallarni oʻzlashtirish va 
uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va oʻzlashtirish 
darajasi e’tiborga olinadi.
Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi oʻquv dasturida auditoriyadan tashqarida 
oʻzlashtirilishi belgilangan mavzu boʻyicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil 
ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish va oʻzlashtirish, ijodiy 
yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish koʻrinishida amalga 
oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va oʻzlashtirish sifatining nazorati 
darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgilangan konsultatsiya soatlarida amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin