Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish


jihatlar e’tiborga olinishi lozim



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix07.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#126329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
алижанов захидов мустакил иш курсатма

jihatlar e’tiborga olinishi lozim: 
oʻqish bosqichi;
muayyan fanning oʻziga xos xususiyati va oʻzlashtirishdagi qiyinchilik 
darajasi; 
talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch 
bilimi); 
fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; 
talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi. 
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik 
darajasi semestrdan-semestrga koʻnikmalar hosil boʻlishiga muvofiq ravishda 
oʻzgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi 
mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va 
ijodiy yondashishga oʻrgatib borish kerak boʻladi. 
TMIni tashkil etishda talabaning akademik oʻzlashtirish darajasi va 
qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin: 


10 
fanning ayrim mavzularini oʻquv adabiyotlari yordamida mustaqil 
oʻzlashtirish, oʻquv manbalari bilan ishlash; 
amaliy, seminar va labaratoriya mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻrib kelish; 
ma’lum mavzu boʻyicha referat tayyorlash; 
kurs ishi (loyihalari)ni bajarish; 
bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar 
toʻplash; 
hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash; 
amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali 
savollar va topshiriqlar tayyorlash;
ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash; 
amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash; 
uy vazifalarini bajarish va boshqalar. 
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun 
boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi 
topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta 
oʻylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlib, talabaning 
auditoriya mashgʻulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, 
kengaytirish va toʻldirishga xizmat qilishi kerak. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin