“Ilk qadam” dasturidagi maktabgacha yoshdagi bo’lgan bolaning rivojlanish xaritasi.
Reja:
05-01 ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi
05-04 Bolaning rivojlanish ko‘rsatkichlari xaritasi
2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarining ish hujjatlarini yuritish to‘g‘risida”gi 155-sonli buyruqlari asosida tarbiyachilar tomonidan yuritiladigan optimallashtirilgan ish hujjatlari belgilab berildi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni bilim darajasini ko‘tarish uchun avvalo pedagoglar kasb salohiyatini oshirish, ta'lim jarayoni mazmuni va sifatini takomillashtirish, ota-onalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini jonlantirish zarur. Maktabgacha yoshdanoq bolalarda tegishli hajmda bilim, ko‘nikma, malakalari hosil qilinadi.
05-01 ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi 05-02 Bolalarni qayd etish daftari
har kungi kelgan bolalarning umumiy soni chiqarib qo‘yiladi.
Oy yakunida
har bir bolaning kelgan kunlarining umumiy soni chiqariladi. Barcha bolalarning kelgan kunlari umumlashtirilib, bolalar kunining bajarilishi aniqlanadi.
Bunda bola kuni bajarilmagan kunlar va bajarilmaslik sabablari tahlil etiladi.
(O‘quv)- ta'lim -tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish
O‘quv-tarbiyaviy jarayon «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni o‘quv yili bo‘yicha tashkil qiladi.
O‘quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi.
1 iyundan 31 avgustgacha MTTda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi.
O‘quv(ta'lim)-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv(ta'lim)-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi.
O‘quv(ta'lim)-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv(ta'lim)-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi.
O‘quv(ta'lim)-tarbiyaviy faoliyat ta'lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejasiga muvofiq olib boriladi. O‘quv(ta'lim)-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi.
Yillik mavzuviy reja.
Yillik mavzuviy rejada har bir yosh guruhi uchun oy mavzulari va hafta mavzulari aks ettiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti hudud yoki boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘zining yillik mavzuviy rejasini tuzishga haqli. Mazkur mavzuviy reja maktabgacha ta'lim tashkilotining Pedagogika kengashida tasdiqlanadi.
Haftalik reja.
Haftalik reja yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni(jarayonlarni) o‘z ichiga oladi.
Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash, mashg‘ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga yo‘naltirilgan.
05-04 Bolaning rivojlanish ko‘rsatkichlari xaritasi
Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun kuzatuv uchta davrni o‘z ichiga oladi: birlamchi(o‘quv yilining boshida), oraliq va yakuniy.
Birlamchi kuzatuv o‘quv yilining boshi (sentyabr oyi) da amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrdagi yutuqlari belgilanadi.