Talabasining


MULOQOTDA TINGLASH MAHORATI



Yüklə 85,84 Kb.
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü85,84 Kb.
#205278
1   2   3   4   5   6   7
MUSTAQIL ISHI..

MULOQOTDA TINGLASH MAHORATI
Muloqotga kirishishga ruhan tayyorlanishning ahamiyatini ham odam anglashini taqozo etadi. Shunday qilib, ana shu eng tabiiy va bir qarashda oddiy inson faoliyati shu qadar murakkab va serqirraki, uning mexanizmlarini o‘rganish, guruhlarda to‘g‘ri munosabatlarni tashkil etish va odamlarni samarali muloqotga o‘rgatish muammosi bugungi ijtimoiy psixologiyaning eng muhim masalalaridandir. Yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar. Turli kasb faoliyat sohasida ishlayotgan kishilar guruhining ko‘payishi, ular o‘rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig‘iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular sotsionomik guruh kasblar deb atalib, ularda “odam – odam” dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Muloqot davomida suhbatlashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi va o‘sha holat ketma-ket almashinishi mumkin. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini to‘ldirishiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik insonlarda noto‘g‘ri tasavvur mavjud bo‘lib, muomala yoki muloqot jarayoniga kirishganda faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalanib, ta’sirchan gapirishni muhim deb hisoblashadi. Xolbuki, suhbat davomida suhbatdoshni yaxshi tinglash, har bir kishidan o‘zi haqida chuqur taassurot qoldrishga undaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi «Yaxshi suhbatdosh — yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir» deganda, aynan tinglash qobiliyatli nsonlarda yaxshi rivojlanganligini nazarda tutgan edi.
Jamiyatda mehnat faoliyatini yuritayotgan kishilarning aksariyati vaqtini tinglash bilan o‘tkazadilar. Tadqiqotlar olib borilganda, odamlar vaqtining 45% ini tinglash jarayoniga sarflar ekan, ba’zi bir soha vakillari doimiy muloqotda bo‘ladiganlar 35-40% oylik maoshlarini odamlarni tinglaganliklari uchun olishadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko‘proq foyda keltiradi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, nemis faylasufi A. Shopengauer “Odamlarni o‘zingiz to‘g‘ringizda yaxshi fikrga ega bo‘lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang” degan fikrni aytib o‘tgan. Darhaqiqat, kishining hayotida ba’zida yaxshi suhbatdoshni topish biroz qiyin kechadi. Negaki, agar suhbatdosh sizni tinglamasa, boshqa narsa bilan ovora bo‘laversa, undan ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz, balki u bilan aloqani ham uzasiz. O‘qituvchi gapirayotgan paytda yoki o‘quvchi mavzuga javob berayotgan paytda tinglamaslik o‘zaro pedagogik muloqotning buzilishidan dalolatdir. Ko‘pgina holatlarda kishilar yaxshi gapiruvchi bo‘la oladilar biroq, yaxshi tinglovchi bo‘la olmaydilar. Psixologik kuzatuv natijalariga e’tibor qaratilsa, yaxshi tinglovchi bo‘la olmaslikka asosiy halaqit beruvchi narsa bu 16 har bir kishining o‘z fikr-o‘ylari va xohishlarining ko‘pligi, ularning og‘ushiga berilib ketishdir. Shuning uchun ba’zi holatlarda suhbatdoshni tinglayotgandek tuyuladi, lekin aslida hayollar boshqa o‘yda bo‘lishi mumkin. Tinglashning ham xuddi gapirishga o‘xshash texnikasi, usullari mavjud. Psixologlar fikriga ko‘ra kundalik hayotda tinglashning bir necha usullarini qo‘llash mumkin.
Shunday usullardan bir nechtasi quyidagicha:
1. So‘zma-so‘z qaytarish.
2. Boshqacha talqin etish.
1.So‘zma-so‘z qaytarish - suhbatdosh so‘zlarining bir qismini qaytarish orqali suhbatga diqqat-e’tiborini to‘g‘ri yo‘naltirilganligini namoyon etadi. Ushbu vaziyatda suhbatdoshni ruhan qo‘llab-quvvatlayotganligidan dalolat beradi.
2.Boshqacha talqin etish - suhbatdoshning so‘zlarini tinglab, undagi asosiy g‘oyani muxtasar, har bir kishi o‘zining talqini bo‘yicha ifoda etishidir.
Har ikki usul ham suhbat uchun muhim, chunki u suhbatning sifatini belgilaydi. Suhbat davomida yaxshi tinglayotganligini bildirishda, “Yo‘g‘-e?”, “Nahotki?”, “Yasha!” so‘zlari bilan ham suhbatdoshni gapirishga, yanayam o‘z fikrlarini oydinlashtirishga chaqiradi.
Demak, aslida bizdagi gapirayotgan shaxs yetakchi, u suhbatning mutloq hokimi, degan tasavvur unchalik to‘g‘ri emas. Yaxshi tinglashda ham shunday kuch borki, u suhbatdoshni Sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug‘diradi. Chunki muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa — bu axborotning o‘zi. Tinglayotgan odam ma’nili, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma’lumot oladi. Gapirgan esa aksincha, o‘zidagi borini berib, gapirmaydigan suhbatdoshdan «teskari aloqani» olib ulgurmay, hech narsasiz qolishi ham mumkin. Shuning uchun muloqotga o‘rgatishning muhim yo‘nalishlaridan biri — odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‘rinli foydalanishga o‘rgatishdir.
a) Faol holat. Tinglash davomida suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so‘ziga qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi; Professional tinglash texnikasi Faol holat Samimiy qiziqish bildirish O‘ychan jimlik 17
b) Suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o‘ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o‘zining har bir so‘ziga uni ham ko‘ndirishning samarali yo‘lidir.
v) O‘ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‘zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo‘li. Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o‘z-o‘ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali bo‘lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g‘oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Agar insonlar bir-birini tinglamasalar o‘zlarini beixtiyor yomon his eta boshlaydilar. Suhbatdoshni tinglash bu sust jarayon emas, balki faol faoliyatdir. Suhbatlashayotganda garchi notanish bo‘lgan mavzuda gapirayotgan bo‘lsa ham, to u bir nuqtaga-da to‘xtamaguncha so‘zini bo‘lmaslikka urinish lozim. Modomiki, mavzu mutlaqo qiziqtirmagan taqdirda ham, hamsuhbatga nisbatan keskin inkor ma’nosida gapirmaslik lozim bo‘ladi. Har bir kishi o‘ziga nisbatan hurmat bildirilishini xohlaydi, aynan o‘sha hurmat suhbatdoshni yuqori darajada tinglaganlikdan so‘ng paydo bo‘ladi.
Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon — gapirish va tinglashning faol o‘zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash qiyin bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o‘rgatishga juda katta e’tibor beriladi. Bu boradagi fanning o‘z uslubi bo‘lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT — muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi, IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
Amaliy muloqot treningi — IPTning bir ko‘rinishi bo‘lib, u yoki bu professional faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo‘ladigan kommunikativ malaka, ko‘nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo‘l-yo‘riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida so‘zlashga o‘rgatish, majlislar o‘tkazish, janjalli, konfliktli holatlarda o‘zini to‘g‘ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bundagi asosiy narsa — trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, o‘zini o‘zga o‘rniga qo‘ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o‘zinikini uyg‘unlashtira olish g‘oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli o‘yinlarning eng optimal variantlari sinab, mashq qilinadi



Yüklə 85,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin