Talabasining


MULOQOT MAZMUNI VA YO‘NALISHIGA KO‘RA



Yüklə 85,84 Kb.
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü85,84 Kb.
#205278
1   2   3   4   5   6   7
MUSTAQIL ISHI..

MULOQOT MAZMUNI VA YO‘NALISHIGA KO‘RA:
Ijtimoiy yo‘naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan). Guruhdagi predmetga yo‘naltirilgan (mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki biror topshiriq bajarish jarayonidagi muloqot). Shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o‘z muammolarini yechish maqsadida o‘rnatgan munosabatlari).
Pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o‘rtasida amalga oshiriladigan murakkab o‘zaro ta’sir jarayoni).
Har bir muloqot turining o‘z qonun-qoidalari, ta’sir usullari va yo‘lyo‘riqlari borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa, odamlar bilan doimo muloqotda bo‘ladiganlarning burchidir. Muloqot yana o‘ziga xos tuzilishga ega. Ular quyidagicha:
1. Muloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayoni. Shaxslararo axborotlar, bilimlar, g‘oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ― bu til.
2. Muloqotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvoriga ta’siri. Kishilarning birgalikdagi faoliyatida bir– birlariga amaliy jihatdan ta’sir etishlaridir. Hamkorlikda ishlash, bir – birlariga yordam berish, bir – birlaridan o‘rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarni namoyon qilish mumkin.
3. Muloqotning perseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixologik jarayon. Kishilarning turli sharoitlarda o‘zlarini tutishlari, xulq – atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Bunga sabab, jamiyatda qabul qilingan turli normalar, qonun-qoidalardir. Chunki o‘zaro muloqot va o‘zaro ta’sir jarayonlarida shunday xatti – harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilishdir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatini o‘zlashtirish va o‘z individual ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular insonning ichiga kiradi. Shaxsning tafakkuri, olamni va o‘zining obrazini tahlil qilish hamda baholash qobiliyati muloqot jarayonida shakllanadi. Mazkur muammoga atroflicha baho bergan polshalik psixolog YE.Melibruda quyidagilarni ta’kidlaydi: "Muloqot shaxslararo munosabatlarda biz uchun havodek ahamiyatga egadir". Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri — o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr-g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir.
Muloqot faqat insonlar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. Muloqotning inson hayotidagi ahamiyati beqiyosdir. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida shaxsga aylanib boradi. Muloqot orqali inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Yangi tug‘ilgan inson boshqalar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lsa, u hech qachon shaxsga aylana olmaydi, ya’ni u o‘z psixik taraqqiyoti bo‘yicha orqada qolib ketadi. Zero, inson psixik taraqqiyoti muloqotdan boshlanadi. Muloqotsiz insoniyat jamiyati bo‘lishi mumkin emas. Aynan muloqot hamkorlikda faoliyat yurituvchi individlar jamoasini shakllantiradi, hamkorlikdagi faoliyat rejasini tuzish va uni ruyobga chiqarish uchun individlar o‘rtasida muloqot amalga oshirilishi shart. Muloqot vositasida hamkorlikdagi faoliyat tashkil etiladi va amalga oshiriladi, munosabat o‘rnatiladi, rivojlantiriladi. 1938 yil Richard Bard o‘z xohishi bilan Antarktida muzliklarida 6 oy tanho qoladi. Bir tomondan u tajriba natijalariga qiziqsa, ikkinchi tomondan kundalik hayotning g‘alag‘ovuridan biroz dam olishni istagan edi. Keyinchalik u mazkur davrni quyidagi so‘zlar bilan eslaydi "Bu yerdagi hayotim davomida bora-bora har bir harakatim, har bir ishim tobora mazmunsiz, mantiqsiz, maqsadsiz bo‘lib borayotganday edi. Xavf-xatarlardan qo‘rqmaydigan odam bo‘lsam-da, negadir bu yerda tomning bosib qolishidan xavfsiray boshladim. Ovqatlanishimda muntazamlik yo‘qoldi, yuvinmay qo‘ydim". Insondagi bunday ruhiy holatning yuzaga kelishi muloqot ehtiyojining qondirilmaganligidandir.



Yüklə 85,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin