Talablari. Reja


Yerga ulagichni o‘rnatish bo’yicha umumiy talablar



Yüklə 27,99 Kb.
səhifə4/5
tarix06.05.2023
ölçüsü27,99 Kb.
#108618
1   2   3   4   5
.Ishni bajarishda yong‘inni uchirishni umumiy holatlari va xavfsizlik

Yerga ulagichni o‘rnatish bo’yicha umumiy talablar
Ko‘riladigan masala: YUKEUL (VL), podstansiya va elektr stansiyalarining elektr
qurilmalarida yerga ulagichni o‘rnatish masalasi ko‘riladi.
Tok o‘tkazuvchi qismga yerga ulagichni o‘rnatish kuchlanish yo‘qligini
tekshirilgan zahotiyoq bajarilishi kerak.
Kuchma yerga ulagich avval yerga ulanadigan qurilmaga, keyin kuchlanish
yo‘qligi tekshirilgan zahoti tok o‘tkazuvchi qismga o‘rnatilishi kerak.
Ko‘chma yerga ulagichni olishda uni teskari tarzda: oldin tok o‘tkazuvchi
qismidan olib tashlab, keyin yerga ulangan uskunalardan olib tashlanadi.
Ko‘chma yerga ulagichni dielektrik qo‘lqopda 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr
uskunalarida izolyasion shtanga qo‘llab qo‘yish va olish shart. Ko‘chma yerga
ulagichni tok o‘tkazuvchi qismga shu shtanga bilan yoki dielektrik qo‘lqop kiyib
qo‘lda mahkamlash kerak.
Ushbu Qoidaning 9.2-bandida ko‘rsatib o‘tilgandan tashqari hollarda yerga
ulagich uchun mo‘ljallanmagan simlarda foydalanish man qilinadi.
Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr
uskunalarida yerga ulagichni o‘rnatish
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish olib borish uchun ajratilgan
uchastkaga kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin bo‘lgan barcha
taraflaridagi tok o‘tkazuvchi qismlarni hamma fazalari (qutblari) yerga ulanishi
shart. Butunlay o‘chirilib, bitta yerga ulagich o‘rnatish etarli bo‘lgan umumiy
shinadagi ish bundan mustasno.
O‘chirilgan tarmoq ayirgichlarida ish olib borganda, ulardagi yerga ulagich
pichoqlarining borligidan qatiy nazar, ayirgichlardan ketgan elektr uzatish
simlariga, ish jarayonida ayirgichlarni o‘chirib-yoqqanda buzmaydigan qilib,
qo‘shimcha yerga ulagich o‘rnatilishi shart.
Elektr uskunalarning yerga ulangan tok o‘tkazuvchi qismi kuchlanish ostida
qolgan tok o‘tkazuvchi qismidan ko‘zga ko‘rinadigan qilib uzilgan joy bilan
ajratilishi shart.
O‘rnatilgan yerga ulagichlar bevosita ish bajarilayotgan tok o‘tkazuvchi
qismlardan o‘chirilgan o‘chirgichlar, ajratgichlar, uzgichlar yoki quvvat
ayirgichlari, olib qo‘yilgan saqlagichlar, olib tashlangan shina va simlar orqali
ajratilgan bo‘lishi mumkin.


Yüklə 27,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin