Xavfsizlik shiorlarini osish, ish joyini to‘sish
Yoqilishi bilan ish joyiga kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan ajratgich, uzgich
va quvvat o‘chirgichlarining yuritmalariga, uzoqdan boshqaruvchi knopkalar va
kalitlarni, 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan kommutatsion apparatlarga
(avtomatlar, rubilniklar, o‘chirgichlarga) «Ulamang! Odamlar ishlamoqda!»
degan shiorlar osib qo‘yilishi zarur.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan avtomat, rubilnigi va o‘chirgichi bo‘lmagan
ulamalarda shiorlar saqlagichlar olib qo‘yilgan joylarga osiladi.
Izolyasion tezkor shtangalar bilan boshqariladigan ajratgichlarda shiorlar
to‘siqlarga, bir qutbli ajratgichlarda esa shiorlar har bir ajratgichning yuritmasiga
osiladi. Komplekt taqsimlovchi elektr uskunalarda shiorlar 10.9., 10.10.-bandlarga
mos ravishda osiladi.
Ajratgichlarning pnevmatik yuritmalariga havo ochadigan zadvijkalariga
«Ochmang! Odamlarishlamoqda!»degan shior osiladi.
Kabel va havo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarish uchun o‘chirilgan
ajratgichlarning yuritmalariga ishlayotgan brigadalarni sonidan qat’iy nazar bitta
«Ulamang! Odamlar ishlamoqda!» degan shior osiladi. Bu shior ish joyini
tayyorlashga farmoyish beruvchi va tarmoqda ishlayotgan brigadalarni hisobga
olib turuvchi xodimning ko‘rsatmasi bo‘yicha osiladi va echib olinadi.
Kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘yish uchun vaqtinchalik
to‘siqlar yog‘ochdan yoki boshqa izolyasion materiallardan yasalgan shchit,
shirma, ekran va boshqalar ishlatilishi mumkin.
Kuchlanishni olmasdan turib qo‘yiladigan vaqtinchalik to‘siqlardan tok
o‘tkazuvchi qismgacha bo‘lgan masofa 3.1.-jadvalida ko‘rsatilgan masofadan kam
bo‘lmasligi kerak.
6-10 kV kuchlanishli elektr uskunalarida kerak bo‘lib qolgan hollarda bu masofa
0,35 metrgacha kamaytirilishi mumkin.
Vaqtinchalik to‘siqlarga «To‘xta! Kuchlanish!»degan yozuv yozib qo‘yilgan
yoki kerakli xavfsizlik shiorlari mahkamlangan bo‘lishi zarur.
6-15 kV kuchlanishli elektr uskunalarida tok o‘tkazuvchi qismlarni shchitlar
bilan to‘sishni iloji bo‘lmagan hollarda o‘chirilgan va kuchlanish ostida qolgan
qismlar orasiga (masalan, o‘chirilgan ajratgichning kontaktlari orasiga) izolyasion
qoplagich qo‘yishga ruxsat beriladi. Bu izolyasion qoplagich kuchlanish ostidagi
tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turishi mumkin.
Izolyasion qoplagichni qo‘yish va olishni elektr xavfsizligi bo‘yicha IV va III
gruppaga (ulardan biri navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi) ega bo‘lgan ikki
kishi dielektrik qo‘lqop va izolyasion shtanga yoki maxsus ombir yordamida
bajarilishi zarur.
Ish joyi bilan chegaradosh hujra, shkaf va panellarning to‘siqlariga «To‘xta!
Kuchlanish!» degan shior osib qo‘yish zarur.
Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarida fundamentlarga va alohida
konstruksiyalarga o‘rnatilgan jihozlarda erda turib va jihozlarning o‘zida ish
bajarilganda, ish joyi o‘simlik yoki sintetiktolalardan qilingan mustahkam ip yoki
shnurlar bilan orasida o‘tish uchun ochiq joy qoldirilib to‘silgan bo‘lishi, to‘silgan
maydonichiga qaratib to‘siqlarga «To‘xta! Kuchlanish!» degan shiorlar osilishi
zarur.
Arqonlarni bog‘lash uchun mo‘ljallangan maydondan tashqaridagi, ularning
o‘ralgan maydondan tashqarida qolish sharti bilan, qurilmalardan foydalanishga
ruxsat etiladi.
Elektr uzatish tarmoq ajratkichidan tashqari ochiq taqsimlovchi elektr
uskunalarining barcha uskunalaridan kuchlanish olinganda, ajratgich o‘rnatilgan
qurilmalar arqon bilan to‘silib tashqari tarafdan «To‘xta! Kuchlanish!» degan
shior osilishi zarur.
Farmoyish bilan ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarining ikkilamchi zanjirlarida
bajariladigan ishlarda to‘siqlar qo‘yish talab qilinmaydi.
Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarini qurilmalarida ish joyiga o‘tish mumkin
bo‘lgan ish joyiga chegaradosh kuchlanish ostida bo‘lgan uchastkalardagi
konstruksiyalarga ko‘zga yaqqol ko‘rinadigan «To‘xta! Kuchlanish!» degan shior
osib qo‘yilishi zarur. Bu shiorlarni ishlashga ijozat beruvchi rahbarligida elektr
xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan ta’mirlash xodimi qo‘yishi mumkin.
Yuqoriga chiqishga ruxsat etilgan konstruksiyalar yonidagi boshqa barcha
konstruksiyalarning pastiga «Chiqma! O‘ldiradi!»degan shior osiladi.
Ish hajmi to‘liq tamom bo‘lmaguncha ish joyi tayyorlash paytida qo‘yilgan
to‘siqlar va shiorlarni olib tashlash yoki boshqa yerga ko‘chirish man qilinadi.