.Ishni bajarishda yong‘inni uchirishni umumiy holatlari va xavfsizlik
Kuchlanish yo‘qligini tekshirish
Kuchlanish yo‘qligini kuchlanishi ko‘rsatuvchi asbob yordamida tekshiriladi. Uni
ishlatish oldidan ishga yaroqligini tekshirishga mo‘ljallangan maxsus asbob
yordamida yoki yaqin orada avvaldan kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi
qismga yaqinlashtirib tekshirib olinadi.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida kuchlanish ko‘rsatuvchi
asbobdan dielektrik qo‘lqopkiyib foydalanish kerak.
35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida kuchlanish yo‘qligini
izolyasion shtanga bilan uni tok o‘tkazuvchi qismga bir necha marta tekkizib
tekshirish mumkin. Kuchlanish yo‘qligi uchqun chiqish va chirsillash alomatini
yo‘qligidan hisoblanadi. Bir zanjirli 330 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr
uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‘qligi koronatsiya alomati ovozi chiqib
tojlanishni yo‘qligidir.
Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida kuchlanish yo‘qligini
1000 V kuchlanishdan yuqorisida IV gruppaga ega bo‘lgan, va 1000 V
kuchlanishgacha bo‘lgan uskunalarida III gruppaga ega bo‘lgan bitta navbatchi
yoki tezkor-ta’mirlash xodimi tomonidan tekshirishga ruxsat etiladi.
Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‘qligini ikki ishchi bajarishi shart: 1000
V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmoqlarida IV va III gruppali; 1000 V
kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlarida III gruppali bo‘lishlari zarur.
Kuchlanish yo‘qligini sxemaga solishtirib joyida tekshirish quyidagi hollarda
ruxsat etiladi: ochiqtaqsimlovchi elektr uskunalarida, tashqarida o‘rnatiladigan
komplekt taqsimlovchi elektr uskunalar va komplekt transformator punktlarida,
shuningdek elektr uzatish tarmoqlarida tuman, yomg‘ir, qor yog‘ayotgan taqdirda
maxsus kuchlanishni ko‘rsatuvchi asbob yo‘q, bo‘lgan hollarda;
330 kV va undan yuqori kuchlanishli ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari va ikki
zanjirli 330 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida;
Havo va kabel elektr tarmoqlarining kirimlarida kuchlanish yo‘qligini sxemaga
qarab joyida tekshirilgan taqdirda, buni tarmoqning boshqaruvi kimning ixtiyorida
bo‘lsa, o‘sha navbatchi tasdiqlaydi.
Havo elektr tarmog‘ida kuchlanish yo‘qligini sxemaga qarab joyida tekshirish
dispetcherlik nomiga mos kelgan tarmoqni yo‘nalishi va tashqi belgisini hamda
uning ustunlariga yozilgan belgilariga qarab aniqlashdan iborat.
6-20 kV kuchlanishli yog‘och yoki temir-beton ustunli elektr uzatish tarmoqlarida,
shuningdek teleskoiik minorada turib o‘zidan sig‘im toki oqishi asosida ishlangan
kuchlanish ko‘rsatuvchi asbob bilan kuchlanish yo‘qliginitekshirganda, ushbu
asbobni etarlicha sezuvchanligi ta’minlanishi keraq Buning uchun ushbu asbobni
ishchi qismini yerga ulash kerak.
Simlari har xil balandlikda osilgan elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish
yo‘qligini kuchlanish ko‘rsatuvchi asbob yoki izolyasion shtanga bilan tekshirish
va yerga ulagichlarni o‘rnatish eng pastdagi simdan yuqorisiga qarab bajarilishi
shart. Simlari gorizontal holda osilgan elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish
yo‘qligini tekshirish eng yaqin joylashgan simdan boshlab bajarilishi kerak.
Neytrali yerga ulangan 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida ikki
qutbli kuchlanish ko‘rsatuvchi asbob ishlatilganda o‘zaro kuchlanish yo‘qligini
ham fazalar orasida, ham fazalar orasi bilan uskunalarning yerga ulangan korpusi
yoki yerga ulangan nollari umumlashtirilgan sim orasida tekshirish kerak.
Oldindan tekshirilgan voltmetr ham ishlatishga ruxsat etiladi. Kontrol lampa
qo‘llash man qilinadi.
Kommutatsion apparatlarning o‘chganligini xabar qiluvchi uskunalar, blokirovka
uskunalari, doimiy ulanib ishlab turgan voltmetrlar va boshqalar faqat kuchlanish
yo‘qligini bildiruvchi qo‘shimcha vosita hisoblanib, ularning ma’lumotlari
bo‘yicha kuchlanishni yo‘qligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin emas.