tushuntirishga urinishlari mumkin (buni ta’lim tizimidagi o‘ziga hos stagnatsiya
jarayoni deb atash ham mumkin - eskilik yangilikka osonlikcha joy bo‘shatib
bermaydida!).
Chunki ular birinchidan, bunday raqamli electron kitoblarning
afzalliklarini tushunishga ma’nan tayyor bo‘lmasalar, ikkinchidan, bunday raqamli
dunyo kitoblarini yaratishga va undan foydalanishga qodir emaslar. Uchinchidan esa
ilgarigi zamon tushunchalari va hozirgi zamon tushunchalari orasidagi katta farq 20-
asr odamlari bilan 21-asr odamlari orasida o‘ziga hos katta bo‘shliq hosil qilgan.
Shuning uchun ham hozirgi davrda yoshlar va kattalarning
bilim olish va malaka
oshirish jarayonlari turli ko‘rinishlarda amalga oshib, turli xildagi samara berayapti.
Xuddi shuning uchun ham raqamli electron kitoblar yaratish jarayoni mavjud kitob va
qo‘llanmalarni asta-sekinlik bilan raqamli formatga o‘tkazish bilangina chegaralanib
qolayapti - bu ishlarning samarasi esa juda ham past bo‘lishini oldindan aytib berish
katta qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo bu holat vaqtinchalik bo‘lib, tez orada
o‘zgarishiga umid qilish mumkin, chunki respublika o‘quv muassasalarida interfaol
ta’lim usullarining tezkorlik bilan tadbiq qilinishi raqamli innovatsion ta’lim usullarini
amalga oshiradigan electron adabiyotlar va saytlar yaratishni taqozo qiladi va buni
kimdir albatta amalga oshiradi.
Shuni ham aytish kerakki, faqatgina maktab
darsliklarini raqamli innovatsion usullar vositasida tayyorlash va ularni sotishdan
tushadigan mablag‘ juda katta miqdorni tashkil qiladi. Agar bunga litsey, kollej,
institutlar, universitetlar va akademiyalarda foydalaniladigan
raqamli electron
darsliklarni qo‘shsak, juda katta pul miqdoriga ega bo‘lamiz. Bunday katta va doimiy
manba’li mablag‘ ishlab olish imkoniyati ko‘pchilik tadbirkorlar va venchur biznes
namoyondalarini jalb qila olishini aniq fakt deyishimiz mumkin. Agarda bu yumush
yuqorida tavsif etilgan o‘quv muassasalari xodimlari tomonidan o‘sha ta’lim
dargohlarida ishlaydigan dasturchilar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi
tashkillantirilsa, bunday tadbirkorlik faoliyati ta’lim muassasalariga ko‘plab pul
mablag‘lari kelishiga sabab bo‘lar edi va ular o‘z ichki imkoniyatlari hisobiga tezda
rivojlanib ketgan bo‘lar edilar. Ushbu tadbirkorlik faoliyati ta’lim dargohlarida doimiy
ravishda ishlaydigan professor-o‘qituvchilarning moliyaviy ahvolini sezilarli ravishda
yaxshilashga ham olib kelar edi, albatta. Keyingi paytlarda
bunday imkoniyat bilan
jahon miqyosidagi eng katta kompaniyalardan Apple va Amazonlar ham jiddiy
ravishda qiziqib, o‘z kuch va imkoniyatlarini bunga yo‘naltirmoqdalar. Misol sifatida
o‘quv adabiyotlarini ijaraga berish bilan shug‘ullanadigan Cheggkompaniyasini
keltirishimiz mumkin. Ularning hisoblashlaricha, Amerika Qo‘shma
Shtatlari
kollejlaridagi o‘rtacha statistik talaba bir yilda kitob va o‘quv qo‘llanmalar sotib olish
uchun 1000 dollargacha mablag‘ sarf qilar ekan.Chegg kompaniyasi talabalarga
kitoblarni yarim narxiga bir semestrga foydalanishga berib va keyin qaytib olib,
busarf- xarajatni ikki martaga kamaytirish imkoniyatini yaratganlar. Bu ish ko‘pchilik
talabalar uchun ma’qul kelgani tufayli, kompaniya biznesi juda yaxshi rivojlangan va
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
236
2012 yilning o‘zida kompaniya salkam 150 million dollar ishlab olgan. Ammo
kompaniya o‘z ishini yanada rivojlantirish uchun hamda qog‘oz kitoblar davri
Allaqachon o‘tib ketganini tushungan holda raqamli interaktiv
electron darsliklar
yaratishni ham yo‘lga qo‘ygan. 2012/2013 o‘quv yilidan boshlab, Chegg
kompaniyasi raqamli interaktiv electron darslik va qo‘llanmalarni hamsotishni va
ijaraga berishni amalga oshirishni boshlagan. Yana
bir misol sifatida Apple
kompaniyasining sobiq xodimi Met’yu Maklinson tomonidan 2009 yilda asos solingan
Inkling Systems deb nomlangan kompaniyani ham keltirish mumkin. Bu kompaniya
nashriyotchilar uchun planshet komp’yuterlarda va internetda foydalanishga
mo‘ljallangan raqamli interaktiv o‘quv qo‘llanmalar
yaratishga yordam beradigan
mahsus dastur- platforma ishlab chiqqan. Inkling Systemso‘z ilmiy-tijoriy ishlarini
yanada rivojlantirish uchun turli venchur fondlardan, shu jumladan, Sequoia Capital
dan 17 million dollar mablag‘ jalb qila olgan.
Xulosa.
Aytish mumkinki, raqamli texnologiyalar va innovatsialar har bir javhada
ta’limdan tortib ishlab chiqarishgaham juda katta tezlik bilan kirib keldi va hali hanuz
shiddat bilan rivojlanmoqda. Yaqin kelajakda raqamli texnologiyalar barcha javhalarni
qamrab oladi. Ta’lim sohasiga kelsak raqamli tehnologiyalar bilan judaham katta
natijalarga erishilmoqda va keyinchalik ham ushbu soha rivojlanmay qolmaydi.
Dostları ilə paylaş: