Ta’lim biznesida raqamli innovatsion texnologiyalar



Yüklə 203,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix03.10.2023
ölçüsü203,87 Kb.
#151795
  1   2   3   4
ta-lim-biznesida-raqamli-innovatsion-texnologiyalar



Ta’lim biznesida raqamli innovatsion texnologiyalar 
 
Shoxruh Farxodjon o’g’li Nishonqulov 
Dilyorjon Zoirjon o’g’li Solidjonov 
Qo’qon universiteti 
 
Anotatsiya:
Ushbu tezisda ta’lim sohasidagi raqamli innovatsion texnologiyalar 
va ular qanchalik tez ommalashgani, ularni ta’limga foydasi va ularning kelajagi haqida 
yoritib berilgan. MOOC elektron ta’lim tizimi va STEAM ta’limi tushunchasi haqida 
ma’lumotlar ko’rsatilgan. 
Kalit so’zlar:
ta’lim, raqamli ta’lim, MOOC, ochiq masofaviy ta’lim, masofaviy 
ta’lim, elektron kitoblar, electron darslik, raqamli interaktiv o‘quv qo‘llanmalar. 
 
Digital innovative technologies in educational business 
 
Shohruh Farkhodjon ogli Nishonkulov 
Dilyorjon Zoirjon ogli Solidjonov 
Kokand University
 
Abstract
: This thesis describes digital innovative technologies in education and 
how quickly they have become popular, their benefits for education and their future. 
Information on the MOOC e-learning system and the concept of STEAM education is 
provided. 
Keywords
: education, digital education, MOOC, open distance learning, distance 
learning, e-books, e-textbooks, digital interactive textbooks. 
 
Kirish.
Zamonaviy ta’lim tizimi hozirgi davrning barcha o‘ta jiddiy talablariga 
javob bera olmayotganligini juda ko‘pchilik olimlar va mutahassislar tomonidan tan 
olinayapti. Ushbu holatni tubdan o‘zgartirishning asosiy yo‘llaridan biri - ta’lim 
tizimiga zamonaviy texnologik rivojlanishning eng yangi dasturiy-texnik vositalarini 
keng miqyosda jalb qilishdir. Bunday vositalardan biri - insonlarning ishlab 
chiqarishdan va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan holda to‘laqonli ta’lim 
olishiga imkon beradigan raqamli platformalardagi ochiq masofaviy ta’lim tizimidir 
(MOOC - massive open distance education sistem - ommaviy ochiq onlayn ta’lim 
tizimlari). Bundan bir necha yillar oldin, ya’ni, 2012 yilning kuzlarida Stenford 
universitetining ikki professori Sebastyan Trun va Piter Norvig internetda barcha 
istovchilar uchun sun’iy intellect bo‘yicha ma’ruzalar tinglashni taklif qilishdi. Bu 
ma’ruzalar o‘z tarkibiga barcha kerakli materiallarni, testlarni va yakuniy imtihonlarni 
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
233


qamrab olgan edi. Mashg‘ulotlar esa faqat online ko‘rinishida tashkil etilgan edi. 
Ma’ruzachilar eng ko‘pi bilan 2-3 ming talaba ushbu mashg‘ulotlarga qatnashishini 
rejalashtirgan bo‘lsalarda, semester boshida unga dunyoning 200 ta mamlakatidan 160 
ming kishi yozilib bo‘lgan edi. Bunga o‘xshash masofaviy ta’lim tizimlari borgan sari 
murakkablashib va sifati oshib borayotganini ta’kidlamasdan iloji yo‘q. Kun sayin 
yanada ko‘proq tajribali o‘qituvchilar va professorlar o‘z ma’ruzalarini boshqalar 
bemalol foydalanishi uchun YouTube va iTunes tizimlariga yozib qo‘yayaptilar. 
Ularning ba’zilari, masalan, siyosiy falsafa bo‘yicha Garvard professori Maykl Sendel 
o‘zining ma’naviyat haqidagi «Justicye» deb nomlangan kursini haddan tashqari 
ommalashib ketgani tufayli internetdagi eng mashhur shahslardan biri bo‘lib qoldi. Har 
yili dunyo miqyosidagi eng yaxshi bilimlarni to‘plash va ularni internet orqali barcha 
foydalanishi uchun tarmoqqa joylashtirish bo‘yicha yangidan-yangi ishlar qilinib, 
filantroplar va venchur tadbirkorlar buning uchun o‘nlab million dollar mablag‘lar 
ajratayaptilar. Ularning birgalikdagi say’i-harakatlari dunyoning istalgan joyida 
yashovchi insonlarning zamonaviy va sifatli ta’lim olishlariga sabab bo‘lishi 
kuzatilayapti. Professorlar Sebast’yan Trun va Piter Norvig larning ta’kidlashlaricha, 
2050 yilga kelib, jahon miqyosida bor-yo‘g‘i o‘ntagina katta zamonaviy universitetlar 
qolib, ularda bir vaqtning o‘zida millionlab talabalar o‘qitilishiga erishiladi. Tabiiyki, 
bunday biznes unga jalb etilganlarning barchasi uchun ham foydali, ham raqamli 
iqtisodiyot uchun kadrlar yetishtirishga katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Yüklə 203,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin