Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari
15 daqiqa etarli
Ko’pgina ota-onalar bolalari uchun vaqt ajrata olmayotganliklaridan, buvisi esa bolani eskicha qolipda tarbiyalayotganliklaridan xavotirlanadilar. Faqat bola kiyingan va ovqatlangan bo’lsa bas. Rivojlantiruvchi mashg’ulotlar haqida gap bo’lishi mumkin emas. Nima qilish kerak? Psixologlarning aniqlashlaricha, bola kim bilan ko’proq hissiy bog’langan bo’lsa, o’shanga ko’proq taqlid qiladi. Agar bolaga ota-onasi bilan qiziqarli bo’lsa va shu bilan birga buvisini ham yaxshi ko’rsa va hurmat qilsa, ota-onasi bilan kamroq vaqt muloqotda bo’lsa ham, bu uning foydasiga xizmat qiladi. Aytaylik, uyquga yotishdan oldin bolaga 15 daqiqa vaqt ajratib ertak o’qib berish ba’zan kuni bilan u bilan birga bo’lganidan ko’ra yaxshiroq samar berishi mumkin. Bu o’rinda bola bilan qancha vaqt birga bo’lgani emas, balki qanday vaqt o’tkazgani muhim!
Prezidentimiz tashabbusi bilan “2015 yil – Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi bilan darhaqiqat, bola tarbiyasida bobo-buvilarning o’rni muammosiga qaytib, uni yanada kengroq o’rganish imkoniyati ortdi. Biz “Sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashda bobo va buvilarning o’rni” deb nomlangan ota-onalar o’quvi loyihasini ishlab chiqdik va bolalar bog’chalari hamda maktablarda aynan shu mavzuda davra suhbatlari tashkil etdik. Buxoro shahridagi 87, 10, 56- maktabgacha ta’lim muassasalarida va Buxoro shahar 23-maktabda shunday ota-onalar o’quvchini o’tkazldik. Ota-onalar va bobo-buvilar bu mavzuni juda ham katta qiziqish bilan qabul qildilar va qizg’in bahs-munozaralarda ishtrok etdilar. Ota-onalar va bobo-buvilar bilan o’tkazilgan so’rovnomalarda 32 ta bobo-buvi va 38 nafar ota-onalar ishtirok etishdi. Anketa so’rovnomalariga berilgan javoblar bilan qiziqdik. Javoblarni quyidagi jadval orqali ifodalashga harakat qildik.
XULOSA Ta’lim jarayonida sog`likni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari mavzusiga murojaat qilinar ekan hozirgi davrda dunyoda bu muammo anik ishlar bilan tuldirilmagani holda umumiy gaplar va shiorlar bilan cheklanib kolayotganligini qayd etish mumkin bo`ladi.. Ko’p davlatlardagi sharoitlar, ta’lim tashkilotlari holati o`quvchilarning jismoniy, ma’naviy – axloqiy hamda ijtimoiy faol bo`lib etishishlariga imkon bermaydi. Shu sababli muammoning moddiy – texnik ta’minoti, tizim mazmunining amaliyligi va nazariy – uslubiy masalalari echimi ko`pgina joylarda birlamchi vazifalar sifatida ajralib turadi.
O`zbekistonda ushbu masalani asosan tibbiyot, psixologiya, huquq, sport madaniyati va pedagogika sohalarini rivojlantirish yullari orkali hal etishga harakat kilinmokda. Lekin bunda meditsinaning aksariyat hollarda profilaktikaga va diagnostikaga nisbatan patologiyaga ko`prok e’tibor berayotganligi kuzatiladi. Meditsinaning tarbiyaviy samarasi esa yoshlar orasida narkomaniya, alkogolizm, psixoz, travmatologiya va jinsiy kasalliklar profilaktikasini keng yulga kuyish va ular oqibatlarini bartaraf etish bilan usib borishi mumkin. Bu esa o`z navbatida yoshlar sog`ligi bilan boglik muammolarni bir kadar hal etib, ular hayotiy faoliyatining mazmundor bulishini ta’minlaydi.
Sog`lom turmush tarzi ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan ishlar esa pedagogik faoliyatning quyidagi vazifalari ijrosida amaliy namoyon bo`ladi:
- tozalik, tartib-intizom va o`ziga ishonch tuyg`ularini shakllantirish;
- o`quvchilarda salomatlik motivatsiyasi, o`z sog`ligining qadriga etish, salomatlikka oid bilimlarga qiziqish, sog`likka foydali ma’lumotlarni to`plab o`z hayotida unga rioya etishni o`rgatish;
- o`quvchilarda tabiiy mavjud bo`lgan sog`lik imkoniyatlarini anglab, uni ko`paytirib borishlariga ularni yo`naltirish.
O`rta umumta’lim maktablarida o`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qilishning vazifalari ijrosi o`z navbatida ularga o`ziga xos prinsiplar orqali yondoshishni taqozo etadi va ular quyidagilarda ifodalanadi:
Tizimlilik prinsipi.
Preventivlik prinsipi.
O`zaro bog`liqlik prinsipi..
Bosqichlilik prinsipi..
Ijtimoiylik prinsipi.
Salomatlikni shakllantiruvchi muhitni shakllantirish prinsipi.
Yurtimizda turli bosqichdagi ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash jarayonini modellashtirish ta’lim – tarbiya, huquq – tartibot, sanitariya – gigiena, profilaktika – epidemiologiya talablarining ijrosini nazariy va amaliy loyihalashtirish ishlarini o`zida mujassamlashtiradi. Bu ishlar dastavval o`quvchilar salomatligining individual ichki tiplaridan kelib chiqadigan yondoshuvlar bilan bog`liq bo`ladi. Passiv informatsion turdagi yondoshuv, qo`llab – quvvatlovchi faol yondoshuv, o`quvchi shaxsi shakllanishiga amaliy yordam beruvchi pragmatik yondoshuv shular jumlasidandir.
Ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash jarayonini modellashtirish ikki aspektda kuzatiladi:
-o`quvchilar olishi va o`zlashtirilishi zarur bo`lgan bilimlarni loyihalashtirish;
-o`quvchilar mustaqil ravishda bajarishlari lozim bo`lgan harakatlarni aniq belgilash.
Ushbu jarayonni modellashtirishda murakkablik, sun’iylik, yuzakilik va boshqa sohta to`siqlarni yuzaga keltirmasdan, o`qituvchi va o`quvchilar faoliyatining amaliy samaradorligiga e’tiborni qaratish lozim bo`ladi.
Ushbu asoslar, vazifalar, yondoshuvlar va prinsiplarni yagona bir tizim qilib birlashtiruvchi o`zak bu ilg`or texnologiyalar, qiziqarli motivlarni uyg`otuvchi usullar, yuksak muomila madaniyatini shakllantiruvchi omillarni qo`llash orqali o`quvchilar bilan hamkorlikda ular sog`lig`ini himoya qilish va ularning barkamol bo`lib yetishishlarini ta’minlash hisoblanadi.