Таълим жараёнида саломатликни муҳофаза қилувчи муҳитни яратишнинг педагогик хусусиятлари


Bolalarda ijobiy axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda keksalarning o’rni



Yüklə 459 Kb.
səhifə14/23
tarix10.11.2022
ölçüsü459 Kb.
#68367
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari

Bolalarda ijobiy axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda keksalarning o’rni.

“Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir chol bilan kampir bo’lgan ekan. Ularning aqlli va dono qizlari bo’lgan ekan...” Ko’pgina ertaklar ana shunday boshlanadi. Bobo va buvilar qadim zamonlardan buyon nevaralari tarbiyasi bilan shug’ullanib kelganlar. Chunki ota ertadan kechgacha ishlaydi, ona esa uy-ruzgor ishlari bilan band bo’ladi. Bugungi kunda ham uncha katta o’zgarish sodir bo’lgani yo’q. Hozirgi kunda ham yosh ota-onalar, ayniqsa talaba bo’lib o’qib turgan yosh ota-onalar kattalarning, ya’ni bobo va buvilarning ko’magiga so’ng darajada muhtoj bo’ladilar. Chunki aksariyat talaba qizlar turmushga chiqayotganda yoki talaba yigitlar uylanayotganda ularning ota-onalari: “Yosh bolali bo’lib qolsalar, biz qarab turmaymiz. Bolalarini o’zimiz katta qilib beramiz”,- deb majburiyatni bo’yinlariga oladilar. Kattalarning ana shunday ko’magi bilan yosh ota-onalar o’qiydilar, ishlaydilar, o’z kasbdoshlari bilan raqobatlashadilar. Bog’cha yoki maktablardagi ota-onalar majlislarini bobo-buvilar majlisi desa ham bo’ladi. Chunki majlisga kelganlarning uchdan ikki qismi albatta, bobo yoki buvilar bo’lishadi.
Xo’sh, bola buvisi qaramogida bo’lgani yaxshimi yoki yomonmi? Bunday tarbiya bola kelajagiga, uning shaxsi, qobiliyatlari shakllanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Balki bolasini o’zi mustakil tarbiyalashi uchun o’z ishidan voz kechayotgan onalar to’g’ri qilishayotgandir?
Shu yerda va hozir yashayotganlar
Tez-tez uchrab turganidek, bu muammoning ikki tomoni bor. Eng avvalo ekspertlar buvilarning bola tarbiyasiga ijobiy ta’sirini aniqlaganlar.
Agar e’tibor berib kuzatgan bo’lsangiz, bolasini bolalar bog’chasidan olib kelayotgan yosh ona yoki ota nimalardandir to’lqinlanib gaprayotgan bolasini unchalik eshitmaydi. Chunki uning xayoli kundalik yumushlari, ertangi rejalari yoki ishxonasida sodir bo’layotgan qandaydir voqea-hodisalar bilan band. Bobo-buvilar esa xuddi bolalar singari ayni paytdagi zamon va makonda yashashadi. Ular bir vaqt doirasida yashaydilar. Buvi nevarasi unga yaqinda nimani aytib berganini, bog’chada qanday mashg’ulotlar o’tilganini, guruhda bolalar bilan qanday munosabatda bo’lganini yaxshi eslab qoladi. Bu o’rinda ona shunchaki bolasiga qiziqsa, buvisi nevarasi uchun chin dildan qayg’uradi.
Buvi tarbiyasini olgan bolaning yana bir afzalligi shundaki, u boy hayotiy tajribadan tarbiya oladi. Ota-onalar esa bolaning kelajagi haqida qayg’urib, ularning hayotini to’liq nazorat qila olamiz deb o’ylashadi va adashishadi. O’z bolalarini istiqboli porloq bo’lishini istab, ularda o’zlarining tuzatilgan variantlarini tarbiyalashga harakat qiladilar. Ya’ni ulg’aygan bolalarida o’zlarining barcha fazilatlarini ko’radilar va birorta ham kamchiliklarini ko’rmaydilar. Bolalarimizda, ayniqsa to’ng’ich farzandlarimizda biz o’zimizning idealimizdagi bolaligimizni yaratib beramiz. O’zimizning armon bo’lgan orzularimizni ushaltirishga harakat qilamiz, o’z shaxsiy ambitsiyalarimizni amalga oshiramiz va bunda bolaning individualligi, qo’limizda ushlab turgan plastilin emasligini unutib qo’yamiz. Bola o’ziga xos xatolari, yutuqlari, orzulari va hayratlari bilan bolaligini o’tashga haqqi bor.
Bu borada buvi-bobolar ancha donoroq bo’ladilar. Odatda ularning tarbiyasi bola individualligidan kelib chiqadi. Turli bolalar uchun o’sha-o’sha bir xil metodlarni qo’llash turlicha natija beradi. Ularning boy tajribasi o’zi va hayotda ko’rgan-kechirganlarini birlashtiradi. Qaysi oilada ota-onalari qatiqqo’l va talachan bo’lsalar, bobo-buvilar biroz sabr-toqatli va moslashuvchan bo’ladilar.
Buvining nevarasiga mehru muhabbati cheksiz, albatta. Buvi nevarasini u o’zini yaxshi tutgani uchun, yaxshi bola bo’lgani, mehmonlar oldida she’rlar o’qib bergani, harflarni o’rgangani uchungina emas, balki shunchaki uning borligi uchun yaxshi ko’radi. Buvi yoki boboning o’z vaqtini chegaralamasdan nevarasining qiziqishiyu tashvishlarini bo’lishishi bola uchun shunday bir sehrli vitaminga aylanadiki, natijada bolada yangi-yangi ijodiy qirralar ochila boshlaydi. Tadqiqotlar shuni isbotladiki, bobo-buvilar tarbiyasini olgan bola xulq-atvorida ota-ona tarbiyasida bo’lgan o’z tengdoshlariga nisbatan ijodkorlik, fikrlashning betakror va o’ziga xosligi ko’proq kuzatiladi.

Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin