2.3. Turli bosqichdagi ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash jarayonini modellashtirish
O`zbekistonda turli bosqichdagi ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilari salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash jarayonini modellashtirish shu tizimda ta’lim-tarbiya, huquq-tartibot, sanitariya-gigiena, profilaktika-epidemiologiya talablari ijrosini nazariy va amaliy loyihalashtirish ishlarini o`zida mujassamlashtiradi. Bu ishlar dastavval o`quvchilar salomatligining individual ichki tiplaridan kelib chiqadigan yondashuv bilan bog`liq bo`ladi. Ular esa quyidagi turlarga bo`linadi:
-passiv informatsion turdagi yondoshuv;
-qo`llab-quvvatlovchi faol yondoshuv;
-o`quvchi shaxsi shakllanishiga amaliy yordam beruvchi pragmatik yondoshuv.
Ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash jarayonini modellashtirish ikki aspektda kuzatiladi:
-o`quvchilar egallashi va o`zlashtirishi zarur bo`lgan bilimlarni loyihalashtirish;
-o`quvchilar mustaqil ravishda bajarishlari lozim bo`lgan hatti-harakatlarni aniq belgilash.
Ushbu jarayonni modellashtirishda murakkablik, sun’iylik, yuzakilik va boshqa sohta to`siqlarni yuzaga keltirmasdan, o`qituvchi va o`quvchilar faoliyatining amaliy samaradorligiga e’tiborni qaratish lozim bo`ladi.
Bu modellashtirish jarayoni boshqa sohadagi modellashtirish jarayonlaridan farqli ravishda kabinet-tajriba tizimidan yiroq bo`lishi va doimiy amaliy harakatlar orqali bilim-ko`nikmalar xosil qilishini ta’minlashi zarurdir.
Ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashni modellashtirish jarayonida o`qituvchilar, o`quvchilar, tibbiyot hodimlari, yuristlar, psixologlar, ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari vakillarining o`zlariga xos vazifalari bo`ladi. Bu vazifalar o`quvchilarning yoshi hamda individual xususiyatlariga qarab turlicha bo`ladi va o`zgarib boradi. Bu jarayon nisbatan dinamik xarakterda bo`lib, uni shartli ravishda quyidagicha ifodalash mumkin bo`ladi:
- maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar salomatligini muhofaza qilish;
- boshlang`ich sinflarda o`quvchilar salomatligini muhofaza qilish;
- umumta’lim maktablarida o`quvchilar salomatligini muhofaza qilish;
- o`rta maxsus kasb-hunar ta’limidagi o`quvchilar salomatligini muhofaza qilish;
- oliy ta’limdagi talabalar salomatligini muhofaza qilish.
Bu yo`nalishlarning har biri o`zining ichki xususiyatlaridan kelib chiquvchi spesifik jihatlariga egaki, undagi turlicha o`zgarishlarni salomatlikni muhofaza qilish ishlarida nazardan qochirmaslik talab etiladi. Masalan, maktab yoshigacha bo`lgan bolalarda infektsiya va nafas yo`llari kasalliklari, 7 – 8 yoshdan 17 – 18 yoshgacha bo`lganlarda yuqoridagi nafas yo`llari bilan birga oshqozon-ichak kasalliklari, 17 – 18 yoshdan 25 -27 yoshlilarda sekretsiya tizimidagi o`zgarishlar ko`proq kuzatiladi. Shu bilan birga ularning barchasida doim uchraydigan kasalliklar ham mavjudki, ular travmatologiya, stomatologiya kabi yo`nalishlarda ko`proq uchraydi.
Hozirgi vaqtda nafaqat Markaziy Osiyoda, balki dunyoda yoshlar salomatligini himoya qilish masalasi barchani tashvishga solmoqda. Masalan, Rossiyadagi o`rta maktab o`quvchilarining 10 foizining organizmi me’yorida, 70 foizining organizm rivojida kamchil o`zgarishlar va qolgan o`quvchilar organizmi rivojlanishi salbiy darajada ekanligi aniqlangan bo`lsa, g`arb davlatlari (Yevropa, shimoliy Amerika) o`quvchilari orasida kamharakatlik natijasida yoshlariga mos bo`lmagan darajada ortiqcha semirib ketishning keng tarqalganligi kuzatilgan. Afrika Sahrosi davlatlari va ayrim O`rta Sharq davlatlarida (Afg`oniston, Iroq, Yaman) o`quvchilarning nafaqat tibbiy himoyasi, balki oddiygina hayotiy ehtiyojlari ham ayanchli holda ekanligini qayd etish mumkin bo`ladi. SHu bilan birga katta yoshli o`quvchi va talabalar orasida salomatlikka zarar etkazadigan odatlar hamda ular natijasida kelib chiqadigan orttirma kasalliklar keng tarqalayotganligi ham tashvishli holatdir. Alkogolizm, narkomaniya, toksikomaniya, OITS va boshqa jinsiy kasalliklar shular jumlasidandir. Ular bilan bir qatorda turli hil kompyuter o`yinlari, keng ko`lamdagi internet ma’lumotlariga berilish o`quvchilarning psixologiyasini sindirib, ularni ruhiy mayib va ma’naviy qashshoq bo`lishlariga olib keladi.
Turli bosqichdagi ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash jarayonini modellashtirishda yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda quyidagi ishlarni bajarish talab qilinadi:
-ta’lim oluvchilar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash jarayonini modellashtirishda ular yoshlari va individual xususiyatlari farqlaridan kelib chiqib differentsial yondoshuvga amal qilish;
-turli bosqichdagi ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash jarayonini modellashtirishda unga dahldor bo`lgan barcha soha vakillari faoliyatini yagona maqsad yo`lida samarali birlashtirish;
- ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash jarayonini tashkil etishda “diagnostika, profilaktika va davolash” ishlari bilan birgalikda ma’naviy-ruhiy, huquqiy, texnik himoya tadbirlarini ham samarali yo`lga qo`yish;
- turli bosqichdagi ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash jarayonini modellashtirishda halq milliy tajribalari va ilg`or zamonaviy texnologiyalarni uyg`un holda joriy etish;
- yoshlar turli hildagi nosog`lom axborot oqimlari ta’siriga tushib qolmasliklari uchun ularni qaerda bo`lishidan qat’iy nazar qarovsiz qoldirmaslik va ularning intilishlari, qiziqishlari, tabiiy holatlaridan kelib chiqadigan o`zgarishlarni nazoratsiz qo`ymaslik.
Dostları ilə paylaş: |