Таълим жараёнида саломатликни муҳофаза қилувчи муҳитни яратишнинг педагогик хусусиятлари


-chizma. O`quvchilar salomatligini muhofaza qilish modeli



Yüklə 459 Kb.
səhifə8/23
tarix10.11.2022
ölçüsü459 Kb.
#68367
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari

1-chizma. O`quvchilar salomatligini muhofaza qilish modeli
2.2. Modelning metodologik asosini belgilovchi prinsiplar

Maktablarda o`quvchilar salomatligini muhofaza qilish uzoq davom etadigan va o`zgarib turadigan murakkab jarayon bo`lganligi sababli qandaydir bir aniq tizimdagi faoliyatlarni talab qiladi. Shu jihatdan olganda uning o`ziga xos harakat reja-dasturlari bo`ladiki, ular, albatta, yahlit bir nazariy va amaliy prinsiplarga ega bo`ladi. Bu sohadagi ishlar modelining metodologik asosini belgilovchi prinsiplar uning talablari va ijro vazifalaridan kelib chiqadi hamda ularda aks etadi.


O`rta umumta’lim maktablarida o`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qilishning pedagogik, biologik, psixologik va yuridik asoslarda tashkil etilishi talablarining amalga oshishi quyidagilar ijrosini taqozo etadi:
-o`quvchilar salomatligini muhofaza qilishda ishtirok etadigan barcha tomonlar (maktab ma’muriyati, ota-onalar, tibbiyot vakillari, madaniyat va sport tashkilotlari hodimlari va huquqni muhofaza qilish organlari vakillari) harakatlarining o`yg`un holda yagona maqsadga yo`naltirilishi;
- o`quvchilar sog`lig`ini muhofaza qilishda zarur bo`lgan barcha pedagogik, moddiy-texnik, sanitariya gigiena, sharoitlarini inobatga olgan holda o`quvchilar individual xususiyatlari, ular sog`lig`idagi o`zgarishlarga qarab profilaktika ishlarini joriy etish;
- o`quvchilar sog`lig`ini muhofaza qilishni ular sog`ligiga zarar etkazmaydigan darajada tashkil etish, unda nohush holatlarga (charchash, kamharakatlilik, yalqov-ishyoqmaslik, zerikish natijasida narkomaniya, alkogolizm, internet – kompyuter o`yinlariga berilish) yo`l qo`ymaslik;
- maktabda o`quvchilar sog`lig`ini muhofaza qilishni tegishli zamonaviy ommaviy axborot vositalari bilan talab darajasida ta’minlash;
- umumta’lim maktablarida o`quvchilar sog`lig`ini muhofaza qilishni puhta ishlangan elektron dasturlar (o`quvchilardagi havotirni, emotsional asabiylashishni, motivlar shakllanishini, kayfiyat o`zgarishini, faollikni, tushkunlikni, ichki nazorat darajasini, bilimga intilish darajasini aniqlash diagnostika dasturlari) va patologik alomatlarni (tavakkalchilik, joniga qasd qilish, zararli odatlarga ruju qo`yish, o`zini beodob tutishni) aniqlovchi diagnostik dasturlar bilan ta’minlash;
- umumta’lim maktablarida o`quvchilar sog`lig`ini muhofaza qilishda texnik va yong`in havfsizligini ta’minlash.
Ushbu talablarni bajarishda albatta maktabning joylashgan o`rni (megapolis, viloyat markazi, tuman markazi, qishloq joylari) ham e’tiborga olinishi lozim bo`ladi. Shu bilan birga umumta’lim maktablarida o`quvchilar sog`lig`ini muhofaza qilishda individual yondoshish o`ziga xos prinsiplarga egaki, ular yuqoridagi talablardan kelib chiqadi. Ular quyidagi prinsiplarda o`z aksini topadi:

Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin