Таълим жараёнида саломатликни муҳофаза қилувчи муҳитни яратишнинг педагогик хусусиятлари



Yüklə 459 Kb.
səhifə7/23
tarix10.11.2022
ölçüsü459 Kb.
#68367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari

Tizimlilik tamoyili. O`quvchi salomatligi bir necha omillardan kelib chiquvchi yahlit psixofiziologik va biologik holat bo`lganligi sababli aniq tizimli yondoshuvni taqozo etadi.
Ogoh etish tamoyili. Bu asosan o`quvchilar salomatligi diagnostikasi va profilaktikasi bilan bog`liq bo`ladi.
Sohalararo bog`liqlik tamoyili. O`quvchi salomatligi bir necha sohadagi ko`p o`lchovli ishlarning uyg`un tashkil etilishi bilan bog`lik bo`ladi. Shuning uchun ham salomatlik muhitini yaratish ko`pqirrali ishlarni o`zida mujassamlashtiradi va ular aniq ijrosini taqozo etadi.
Bosqichlilik tamoyili. O`quvchilar salomatliligini muhofaza qilish oddiy motivlarni shakllantirishdan himoya vositalarini bevosita qo`llash kabi murakkab jarayonga qarab boruvchi xususiyatga ega bo`lganligi sababli bosqichma-bosqich yondoshuvlarni taqozo etadi;
Ijtimoiy-madaniy yondoshuv tamoyili. O`quvchilar salomatligini himoya qilish ishlariga ijtimoiy muhit va madaniy saviya darajasidan kelib chiqib yondoshishni talab qiladi.
O`quvchilar salomatligini himoya qilish ishlari monitoringi kuyidagi yo`nalishdagi ishlarning ijrosini taqozo etadi:
- o`quvchilar dastlabki tibbiy ko`riklari natijalarini tegishli talablar asosida aniq tizimlashtirish;
- maktabda bolalar salomatligi muhofazasini tashkil etish ishlarining doimiy amaliy tahlilini o`tkazib borish;
- o`quvchilar sog`ligi diagnostikasini tegishli talablar asosida o`tkazish;
- o`quvchilar salomatligini himoya qilishning doimiy profilaktikasini yo`lga qo`yish;
- o`quvchilar salomatligini tiklash ishlarini samarali tashkil etishni nazorat qilib borish;
- dars jarayonini o`quvchilar imkoniyatiga mos ravishda engil va qiziqarli tashkil etish;
- salomatlik muhofazasi ishlarining individual va sinflar bo`yicha to`g`ri tashkil etilishini kuzatib borish;
- darsda va darsdan tashkari vaqtlarda o`quvchilar sog`ligi profilaktikasi ishlarining to`g`ri tashkil etilishini nazorat qilib borish v.h.k.z.
O`rta umumta’lim maktablarida o`quvchilar salomatligini muhofaza qilish va uni rivojlantirish asosiy vazifalaridan kelib chiqib, uning samarali ijrosi ta’minoti bilan bog`liq o`ziga xos model sxemasini quyidagicha tasvirlash mumkin bo`ladi:







maqsadi

vazifalari

tamoyillari








Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin