Таълим жараёнида саломатликни муҳофаза қилувчи муҳитни яратишнинг педагогик хусусиятлари



Yüklə 459 Kb.
səhifə9/23
tarix10.11.2022
ölçüsü459 Kb.
#68367
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari

Tizimlilik prinsipi. O`rta umumta’lim maktablarida o`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qilishning pedagogik, biologik, psixologik va yuridik jihatdan aniq tizim asosida tashkil etilishi.
Preventivlik1 prinsipi. Bu oldini oluvchi, asosan profilaktika ishlarini o`z ichiga oladi.
O`zaro bog`liqlik prinsipi. O`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qilishning ta’lim-tarbiya va psixofiziologik jihatdan o`zaro bog`liq holda olib borilishi.
Bosqichlilik prinsipi. Bolalarda sog`liqni saqlash ko`nikmalarini shakllantirishni ularning yoshiga muvofiq bosqichma-bosqich tashkil etish.
Ijtimoiylik prinsipi. Ushbu ishlarning shaxsni shakllantiruvchi tomonlariga e’tibor berish.
Salomatlikni muhofaza qiluvchi va mustahkamlovchi muhitni shakllantirish prinsipi. O`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qilishda maktabda samarali mo`’tudil muhitni shakllantirish.
O`quvchilar individual xususiyatlaridan kelib chiqib ular salomatligini muhofaza qilishda uning prinsiplari aks etgan vazifalar ijrosi quyidagilardan iborat bo`ladi:
-umumta’lim maktablarida o`quvchilar sog`lig`ini muhofaza qilishning sinalgan tajribalar va texnologiyalar zaminida ilmiy-uslubiy asoslanishi;
-o`quvchilar individual xususiyatlaridan kelib chiqib ularga xos jihatlarning tabiiy yoki orttirilganligiga e’tibor berish;
- yoshlikdan boshlab bolani o`z sog`ligi, gigienasi, tartib-intizomini to`g`ri anglashiga va uni faol rivojlantirib borishiga izchil yo`naltirish;
- o`quvchilar sog`lig`ini muhofaza qilish jarayonida ular ongi-shu’uri, ruhiyati va dunyoga munosabatida mustaqil fikrlovchi shaxs ko`nikmalarini shakllantirib borish;
- maktablarida o`quvchilar salomatligini muhofaza qilishni loyihalashtirganda uning hayotiy amaliyligi jihatlari ustivor bo`lishiga erishish;
- bu jarayonda o`quvchilarning ijobiy intilishlari, qiziqishlari va harakatlari cheklanishiga yo`l qo`ymaslik;
- sog`lom turmush tarzi talablari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini yoshlarni barkamol bo`lib etishishlarini ta’minlashga yo`naltirish;
- o`quvchilar sog`lig`ini muhofaza qilish jarayonining uzluksiz, izchil, ochiq, ihcham, qiziqarli bo`lishiga erishish.
Ushbu prinsiplarni yahlit bir tizim qilib birlashtiruvchi asos bu ilg`or texnologiyalar, qiziqarli motivlarni uyg`otuvchi usullar, yuksak muomala madaniyatini shakllantiruvchi omillarni qo`llash orqali o`quvchilar bilan hamkorlikda ular salaomatligini muhofaza qilish va ularning barkamol bo`lib etishishlarini ta’minlash hisoblanadi.



Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin