Таълим жараёнида саломатликни муҳофаза қилувчи муҳитни яратишнинг педагогик хусусиятлари


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi



Yüklə 459 Kb.
səhifə2/23
tarix10.11.2022
ölçüsü459 Kb.
#68367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Bitiruvchi uchun yuqori darajadagi salomatlikni ta’minlab berish, shu bilan birga uni zarur bilim, ko’nikma va malaka zaxirasi bilan qurollantirish yo’llarini ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
- ta’lim muassasalarida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhit yaratishning huquqiy-me’yoriy asoslarini belgilab berish.
- ta’lim jarayonida sog’liqni muhofaza qiluvchi muhit yaratish dolzarb pedagogik muammo ekanligini asoslab berish
- umumiy o’rta maktab ta’limi jarayonida o’quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirish modelini ishlab chiqish
- modelning metodologik asosini belgilovchi prinsplarni yoritib berish


Bitiruv malakaviy ishining obyekti: Umumiy o’rta maktab ta’limi tizimida salomatlikni muhofaza qilishni tashkil qilish jarayoni
Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qilish muhitini yaratishning samarali metod, shakl va vositalari tizimi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-amaliy ahamiyati ta’lim muassasalarida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhit yaratishning huquqiy-me’yoriy asoslari belgilab berilganligi; ta’lim jarayonida sog’liqni muhofaza qiluvchi muhit yaratish dolzarb pedagogik muammo ekanligi asoslab berilganligi; umumiy o’rta maktab ta’limi jarayonida o’quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirish modeli ishlab chiqilganligi; modelning metodologik asosini belgilovchi prinsplar yoritib berilganligi bilan belgilanadi.
I BOB. TA’LIM JARAYONIDA SALOMATLIKNI MUHOFAZA QILUVCHI MUHITNI YARATISHNING NAZARIY ASOSLARI


1.1. Ta’lim jarayonida sog`likni muhofaza qiluvchi muhitni yaratish dolzarb pedagogik muammo sifatida

O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining (1992 yil 8 dekabrida qabul qilingan, 6 bo`lim, 128 moddadan iborat) 40-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy hizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb yozilgan. Bunga asosan 1993 yil Prezident Farmonlari bilan O`zbekistonning birinchi ordeni - «Sog`lom avlod uchun» ordeni ta’sis etilgan edi. Ungacha esa 1991 yilda «Sog`lom avlod uchun» davlat jamg`armasi tashkil etilgan edi.


Bu yo`nalishda yana 1996 yil 29 avgustda «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to`g`risida», 1997 yil 27 avgustda «Fuqarolar sog`ligini saqlash to`g`risida», 1998 yil 30 aprelda «Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to`g`risila», 1992 yil 14 yanvarda va 1999 yil 15 aprel «Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida» gi Qonunlar qabul qilingan. So`nggi qonun 2000 yilda yangi tahrirdan chikarildi. Shu bilan birga respublikamizda yoshlar sportining alohida sohalarini rivojlantirish bo`yicha maxsus qonunlar, farmonlar va qarorlar ham qabul qilingan. Jumladan, 1991 yil «OITS bilan kasallanishning oldini olish to`g`risida», 1992 yil «Davlat sanitariya nazorati to`g`risida» qonunlar, 1995 yil «Sog`lom avlod uchun jamgarmasini rivojlantirish to`g`risida», 1996 yil «Yosh avlodni sog`lomlashtirish muammolarini kompleks hal etish to`g`risida», «O`zbekiston Respublikasi tibbiy va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida», 1999 yil «O`zbekiston Respublikasi sog`likni saqlash tizimida boshkarishni takomillashtirish to`g`risida» Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham qabul qilinib amaliyotga tatbik etildi.
1993 yil sentyabrida Xalqaro olimpiya qo`mitasining 101-sessiyasida O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi unga a’zo bo`ldi. 1996 yil yanvarida yurtboshimiz Olimpiya Oltin ordeni bilan taqdirlangan bo`lsalar, shu yilning 14 avgustida Respublika Olimpiya muzeyini ochib berdilar. «2001 - 2002 yildan boshlab har yili o`rta ta’lim tizimida «Umid nihollari», o`rta maxsus ta’lim tizimida «Barkamol avlod» va har ikki yilda oliy ta’lim tizimida «Universiada» musobaqalari tashkil etilganki, ular yoshlar jismoniy tarbiyasini uzluksiz amalga oshirish imkonini beradi. 2002 yil Vazirlar mahkamasining «Bolalar sportini rivojlantirish to`g`risida» gi Qarori qabul qilindi.
Mustaqilligimizning dastlabki 15 yili davomida respublikamizda 300 ta stadion, 5040 ta sport zal, 33 ming sport maydonchasi, 155 ta suzish havzasi, 2000 otish tirlari, 13 000 voleybol, 7000 basketbol, 5000 futbol maydonchalari va 180 ta zamonaviy tennis kortlari qurilib foydalanishga topshirildi. Shu bilan birga «Yoshlik», «Jar», «Alpomish» sport arenalari, «Paxtakor» katta stadioni ta’mirlanib, zamonaviy standartlarga javob beradigan “Bunyodkor” va «Buxoro» yirik standionlari yangidan qurib bitkazildi.
Bulardan tashqari yana 2000 yil – “Sog`lom avlod”, 2005 yil – “Sihat-salomatlik”, 2008 yil – “Yoshlar”, 2010 yil – “Barkamol avlod”, 2014 yil – “Sog`lom bola” yili deb e’lon qilindi. 1998 yil 10 noyabrda esa Prezident Farmoni bilan «2006 yilgacha Sog`likni saqlash tizimini isloh qilish Davlat Dasturi» qabul qilindi. O`zbekistonda tibbiyot tizimini isloh qilishda:
- sohaga ajratilgan mablag`ni aholi jon boshiga qarab ajratish;
- profilaktika yo`nalishini tiklash va rivojlantirish;
- tibbiy ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
- tibbiyot moddiy-texnika bazasini kuchaytirish;
- dori-darmonlar va tibbiy jihozlar bilan kasalхonalar, dispanserlar va dorixonalarni to`liq ta’minlash;
- shaxsiy tibbiyot va davolash sohasini rivojlantirish.
Bularning natijasida tibbiyotga ajratiladigan mablag`lar milliy daromadimizning 8 foizidan ortig`ini tashkil etmoqda va u jahon amaliyotida yuqori ko`rsatkich hisoblanadi.
Yoshlar sog`ligini saqlash sohasida xorij bilan olib borilayotgan aloqalar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, 1993 yil Namanganda Shvetsiya, Vengriya, Yaponiya ishtirokida Kardiologiya markazi, 1995 yil Boltiqbo`yi respublikalari, Rossiya, Yaponiya ishtirokida katta «Oromgoh » kompleksi ishga tushirildi. Hozirda tibbiyot sohasida Xitoy, AQSH, Koreya respublikasi, Isroil, Germaniya va Hindiston kabi tibbiyot kuchli rivojlangan davlatlar bilan ham keng ko`lamli aloqalar o`rnatilgan.
O`zbekiston respublikasida yoshlar sog`ligini saqlash, uni muhofaza qilish hamda shu sohani rivojlantirish yo`nalishidagi qonunlar, farmonlar, qarorlar, boshqa huquqiy meyoriy hujjatlar va shularga asoslanib amalga oshirilgan ishlardan kelib chiqqan holda quyidagilarni qayd etish mumkin bo`ladi:
- yoshlar sog`ligini saqlash va uni muhofaza qilish davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biridir;
- yoshlar sog`ligini saqlash va muhofaza qilish jahon ilg`or standartlari hamda ko`p ming yillik milliy tajribalarni hisobga olgan holda tashkil etilgan;
- yoshlar sog`ligini saqlash va muhofaza qilish hozirda respublikamizda diagnostika, profilaktika, patologiya yo`nalishlarida muvofiq tarzda yo`lga qo`yilgan;
- yoshlar sog`ligini saqlash va muhofaza qilish maktabgacha ta’lim tizimidan oliy ta’limgacha bo`lgan tizimda yahlit kompleks jarayon sifatida amalga oshirilmokda;
- yoshlar sog`ligini saqlash va muhofaza qilish ishlari tibbiyot, ta’lim, madaniyat va sport sohalarining bevosita o`zaro bog`liqligi asosida tashkil etilgan v.h.k.z.

Agar ta’lim logikasi “Nima uchun o`qitamiz?” degan savolga, ta’lim mazmuni “Nimani o`rgatamiz?” degan savolga javob bersa, pedagogik texnologiyalar “Qanday o`qitamiz?” degan savolga javob beradi. Salomatlikni muhofaza qilish nuqtai nazaridan esa: ta’limni shunday tashkil etish kerakki, bunda o`qituvchi va o`quvchlarning salomatligiga ziyon etmasin, deymiz. Shunga ko`ra salomatlikni muhofaza qiluvchi texnologiyalarni istalgan ta’limiy texnologiyalarning sifat ko`rsatkichi, ya’ni “salomatlik uchun havfsiz ekanligini tasdiqlovchi sertifikat” deb ham, pedagogik faoliyatning salomatlikni muhofaza qilish vazifalari bilan to`ldirilgan prinsip, usul, metod va vositalar yig`indisi deb ham qarash mumkin.

Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qilish vazifalarining qo`yilishini ikki aspektini belgilash mumkin: vazifa-minimum, vazifa-optimum. Vazifa minimum meditsina va pedagogikaning fundamental prinsipi – “Zarar etkazma!” degan prinsipiga javob beradi hamda o`quvchilarning salomatligiga zarar etkazmaydigan ta’lim, tarbiya va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutadi. Bu vazifa o`quvchi mehnatini muhofaza qilish vazifasi bilan bir hil bo`lib hisoblanadi. Odatda, mehnat muhofazasi ishlab chiqaruvchining salomatligini asrash, uning shikastlanishi, sog`ligiga zarar etkazilishining oldini olishga qaratiladi. O`quvchining “ishlab chiqarishdagi ish joyi ” – bu parta, sinf, maktab; faoliyati – o`qish bo`lib, bunda ta’lim muassasasi rahbari va har bir o`qituvchining vazifasi – o`quvchini maktabda bo`lgan vaqtida jismoniy va ruhiy jihatdan unga shikast etkazishi mumkin bo`lgan omillardan asrashdir. Ana shunday faktorlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:


  1. Yüklə 459 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin