Таълим жараёнида саломатликни муҳофаза қилувчи муҳитни яратишнинг педагогик хусусиятлари



Yüklə 459 Kb.
səhifə4/23
tarix10.11.2022
ölçüsü459 Kb.
#68367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari

1.2. Umumiy o’rta maktab ta’limi jarayonida o`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirishning kontseptual asoslari

Hozirgi – taraqqiyot dinamizmi juda kuchli bo`lgan davrda yoshlarni jismoniy, ruhiy, axloqiy va ijtimoiy himoya qilish jamiyatdagi ijtimoiy institutlar (oila, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, huquq-tartibot organlari) oldida o`z yechimini kutayotgan birlamchi dolzarb muammo bo`lib qolmoqda. Bu yaqinda yuzaga kelgan muammo emas, uning ildizlari o`tgan ikki asrlar davomida, ya’ni hozirgi tipdagi ta’lim tarqala boshlash davridan beri shakllanib kelgan. Ushbu muammo ko`plab olimlar diqqat-e’tiborini o`ziga jalb etib kelgan va uning turli xil yo`nalishlarida turli-tuman, bir-biridan qiziqarli ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan.


Yoshlarga individual yondashuv orqali ular salomatligini muhofaza qilish nazariyasini shakllantirishning kontseptual asoslari ilmiy-metodik yo`nalishida o`quvchi faoliyati (K.A. Abulhanova, B.G. Ananev, M.Y. Basov, A.A. Bodalev, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, L.S. Rubinshteyn, D.B. Elkonin, V.A. Yadov), zamonaviy pedagogik nazariyalar (Sh.A. Amonashvili, L.V. Zankov, V.A. Kan-Kalik, V.A. Slastyonin), fundamental ilmiy yondoshuv (O.S. Anisimov, A.A. Bodalyov, A.A. Derkach, V.G. Zazikin, I.A. Zimnya), o`quvchi neyrofiziologik jihatlari (L.S. Vigotskiy, F.N. Gonobolin, E.A. Klimov, N.V. Kuzmina, L.G. Laptev, N.D. Levitov, A.K. Markova, K.K. Platonov) va sog`liqni muhofaza qilishni texnik dasturlashtirish asoslari (U.Djeyms, S.P.Kryagjde, E.Mak-Klark, R.Meyli, Dj.Rayns, R.Dj.Sternberg), psixologik asoslari (L.S.Vigotskiy, V.M.Bexterev), tibbiy profilaktik talablari (N.M.Amosov, V.P.Kaznacheyev, Y.P.Lisitsin, M.M.Buyanov, I.I.Brexman, B.N.Chumakov), ta’lim–tarbiya asoslari (L.G.Tatarnikova, V.V.Kolbanov, V.K.Zaytsev, S.V.Popov) kabi ilmiy tadqiqotlarda o`z aksini topgan.
Butun dunyo Sog`likni saqlash tashkiloti Nizomida barcha davlatlar uchun tavsiya etiladigan muhim ko`rsatmalar mavjud:
- sog`lik bu nafaqat kasallik yoki biror bir nuqson bo`lmasligi, balki insonda jismoniy, ruhiy va ijtimoiy kamchilik bo`lmasligi hamdir;
- insonning irqi, dini, siyosiy e’tiqodi, ijtimoiy, iqtisodiy holatidan qat’iy nazar - sog`likning oliy darajadagi holatiga erishish har bir insonning haq-huquqi hisoblanadi;
- har qanday davlat hukumati o`z halqlari salomatligi uchun javobgar bo`lib, sog`likni saqlash sohasida tegishli ijtimoiy va tibbiy, sanitar choralarni ko`rishga mas’uldir;
Inson sog`lig`i jamiyat taraqqiyoti ustivor tomonini aks ettiradi va uning uzoq umr ko`rishi davomida jismoniy, ruhiy, ijtimoiy farovonligiga bog`liq bo`ladi.
O`rta umumta’lim maktablarida o`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirishning kontseptual asoslari sog`likning quyidagi jihatlari bilan bog`liqdir:
- salomatlik yahlit kompleks, lekin ko`pqirrali tabiiy holat;
- salomatlikning genetik asoslari aniq bir ijtimoiy-iqtisodiy muhitda rivojlanadi;
- salomatlik inson tomonidan ma’lum bir ijtimoiy vazifalarni bajarishi uchun zarur bo`lgan tabiiy asos ekanligi.
Inson salomatligi uning tabiiy-ijtimoiy kuchi sifatida, individual-yosh xususiyatlariga ko`ra somatik (fiziologik), psixologik, siyosiy-ijtimoiy, axloqiy va ta’lim-tarbiya tarkibiy qismlarini o`zida mujassamlashtiradi. Aynan shu qismlarga sog`liqni shakllantiruvchi va uni rivojlantiruvchi asos kabi qarash o`ziga xos kontseptual yondoshish bo`ladi. Unda axloqiy, ruhiy, pedagogik komponentlar tashqi himoyaning ustivor vositasi bo`lib, insonda sog`lom turmush tarzi ko`nikmalarini shakllantiradi. Ular sog`liqni saqlash va organizm psixofiziologik imkoniyatlarini rivojlantirishga safarbar etuvchi kuch sifatida maydonga chiqadi. Shu sababli ham maktablarda o`quvchilar salomatligini muhofaza qilish va uni rivojlantirishda ularga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirish kontseptual asoslarining amaliyligi birlamchi talablardan hisoblanadi.
Maktablarda salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirish kotseptsiyasini ishlab chiqishda yuqoridagi asoslar bilan birgalikda oldin tilga olingan umumjahon miqyosidagi asoslar hamda halqimizning uzoq yillar davomida sog`liqni saqlash sohasidagi boy tajribasi ham jalb etilgandir. Kontseptsiyada bular bilan bir qatorda ijtimoiy ildizlarga ega, halqimizga yot bo`lgan kasalliklar (OITS, narkomaniya, alkogolizm v.h.k.z.) va davosi qiyin bo`lgan kasalliklarning (sil, saraton, serroz v.h.k.z.) erta diagnostikasi, profilaktikasi hamda davolanish jihatlariga ham ma’lum bir e’tibor qaratilgandir.
Umumta’lim maktablarida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirish kotseptsiyasining o`ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon bo`ladi:
- salomatlikni muhofaza qilish ishlarining aniq bir ob’ektga, ya’ni o`quvchilar jamoasiga yo`naltirilganligi;
- bu ishlarning bevosita o`quvchilar ishtirokida, ularning faol ijrochiligida amalga oshirish yo`llari belgilanganligi;
- salomatlikni muhofaza qilish ishlarining o`quvchilarga havf soladigan tahdidlarga qarshi aniq yo`naltirilganligi;
- salomatlikni muhofaza qilish ishlari rejalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo`yicha o`quvchilar bilan bo`ladigan yaqin hamkorlik o`rnatilishida va.h.k.z.
O`rta umumta’lim maktablarida o`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirish bevosita harakatdagi jarayon sifatida o`z kontsepsiyasining ko`rsatkich va mezonlariga ega bo`ladi:
-o`quvchilar yoshi xususiyatiga qarab ular bilan tegishli talablar asosida ish olib borish;
- salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirishning izchil, uzluksiz tarzda aniq me’yorlar orqali aniq maqsadga qarab borishi;
- salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirishda amaliy kuchga ega bo`lgan muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirib, uni o`quvchilar bilan hal qilishga ko`proq e’tiborni qaratish;
- salomatlikni muhofaza qilish jarayonida o`quvchilarda sog`lom turmush tarzini shakllantirish;
- salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirishda bevosita samarali ta’sirga ega bo`lgan o`quvchilar o`zaro ichki hamkorligini shakllantirish;
- salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yuzaga keltirishda jamoatchilik orasida qabul qilingan umumiy axloq-odob me’yorlarini samarali joriy etish;
- o`quvchilarda salomatlikni muhofaza qilish bilan bog`liq bilim-ko`nikmalarni shakllantirish;
- salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirishning doimiy tarzdagi aniq va holisona monitoringini olib borish.
O`rta umumta’lim maktablarida o`quvchilar salomatligini muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirishning kontseptual asoslari ilmiylik, tabiiylik, anglanganlik, faol harakat, aniq samaradorlik va yuqoriga qarab o`suvchanlik kabi yondashuv orqali amaliyotga joriy etilsa, u o`z maqsadiga erishadi. Aynan shu jihatlardan kelib chiqqan holda unga xos bo`lgan xarakteristik jihatlarni quyidagicha ifodalash mumkin bo`ladi:
- salomatlikni muhofaza qilishning sog`lik qadr-qimmati, sog`lom turmush tarzi va shaxs madaniyatini anglashga yo`naltirilganligi;
- salomatlikni muhofaza qilish asoslarining dogma (qotib qolgan g`oya) bo`lmay, doim ijodiy yangilanib borishi va unda o`qituvchi va o`quvchilar uchun birgalikda faoliyat olib borishlarida tanlash imkoniyatining keng mavjudligi;
- salomatlikni muhofaza qilish kontseptsiyasi ishni yangi texnologiyalar asosida tashkil etilishining qulaylik imkoniga ega ekanligi;
- salomatlikni muhofaza qilish kontsepsiyasini amalga oshirishda pedagoglarning o`z bilim-tajribalarini va o`quvchilarning o`z istak-intilishlarini to`liq namoyish etishlariga imkoniyatning kattaligi;
- maktablarda o`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirish kontsepsiyasi asoslaridan kelib chiqqan holda ushbu jarayonning o`qituvchi va hatto o`quvchilarning o`zlari uchun ham juda qiziqarli bo`lishi, unda “bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun” sinf, maktab o`quvchilari yahlit monolit jamosining shakllanishi istiqbolining mavjudligi.
O`rta umumta’lim maktablarida o`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirishning kontseptual asoslari boshqa barcha ilmiy nazariy va amaliy kontsepsiyalar singari bir necha yo`nalishdagi g`oyalarni o`zida mujassamlashtirgan bo`lib, hajmi jihatdan juda keng ko`lamli, mazmun-mohiyati jihatdan juda mukammal bir tizimdir. Shu sababdan uning yo`nalishlari o`z ichki xususiyatlaridan kelib chiqqani holda alohida sohaga o`hshaydi. Shunday bulsada, kontsepsiya sifatida ularni yahlit monolit qilib birlashtirib turgan asos bu hozirgi davrda juda dolzarb bo`lgan “yoshlar va ularning himoyasi” ijtimoiy yo`nalgan jamiyatimizda davlat siyosatining ustivor yo`nalishi hisoblanadi. Bu esa ushbu yo`nalishdagi maxsus ilmiy izlanishlarning keng ko`lamda olib borilishini taqozo etadi.


Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin