Таълим жараёнида саломатликни муҳофаза қилувчи муҳитни яратишнинг педагогик хусусиятлари


ekologik-gigienik omil (atrof-muhit)



Yüklə 459 Kb.
səhifə3/23
tarix10.11.2022
ölçüsü459 Kb.
#68367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari

ekologik-gigienik omil (atrof-muhit);

  • tashkiliy-pedagogik omil;

  • pedagogik-psixologik omil.


    Salomatlikni muhofaza qiluvchi texnologiyalarni amalda qo`llashni esa vazifa-optimum deb qarash mumkin bo`ladi. Bu texnologiya salomatlikni muhofaza qilish bilan birga o`quvchilarda sog`lom turmush tarzi odatlarini tarkib toptiradi va salomatligini mustahkamlaydi, ularda salomatlik madaniyatini shakllantiradi, shu bilan bir qatorda o`qituvchilarning ham salomatligini asrab, ularda ongli ravishda o`zi va atrofidagilarning salomatligiga g`amho`rlik qilish madaniyatini shakllantiradi.
    Salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasining prinsiplari quyidagilardan iborat:

    1. Zarar etkazmaslik prinsipi.

    2. O`qituvchi va o`quvchilarning salomatligini asorashning ustivorligi prinsipi. Bu ta’lim muassasasida ro`y beradigan barcha voqea-hodisalar – ishchi o`quv reja, ish rejalarining ishlab chiqilishidan tortib to ularni bajarilishini tekshirish, darslarning tashkil etilishi, tanaffuslarning vaqtida bo`lishi, o`quvchitlarning darsdan tashqari ishlarini tashkil etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash, ota-onalar bilan ishlash va boshqalar o`qituvchi va o`quvchilar psixofiziologik holati va salomatligiga ta’siri nuqtai nazaridan o`rganilishini nazarda tutadi.

    3. Salomatlik to`g`risida uchyoqlama yagona tasavvur xosil qilish prinsipi (jismoniy, ruhiy va ma’naviy-axloqiy salomatlikning yagonaligi).

    4. Uzluksizlik va vorisiylik prinsipi (salomatlikni muhofaza qilish ishi ta’lim muassasasida har kuni, har bir darsda muntazam ravishda amalga oshirilishi nazarda tutiladi).

    5. O`quvchilar bilan subyekt-subyekt munosabatlarini yo`lga qo`yish prinsipi (bunda ta’lim jarayonining salomatlikni muhofaza qilish xususiyati o`quv dasturlari mazmuniga singdirilgan bo`lishi nazarda tutiladi). Pedagoglar ta’lim jarayonining salomatlikni muhofaza qiluvchi shart-sharoitlarini ta’minlaydi, o`quvchilarning o`zi ham ularga bu umumiy vazifani bajarishga yordam beradi. O`quvchilarda o`z sog`ligiga nisbatan mas’uliyat tarbiyalanadi. Har bir o`quvchiga individual yondoshiladi.

    6. Ta’limning o`quvchilar yosh xususiyatlarini anglagan va himobga olgan holda tashkil etilishi prinrtsipi. O`quv yuklamasi hajmi va mazmunining o`quvchi shaxsiy imkoniyatlariga mos bo`lishi. Bunda predmetlararo o`zaro aloqaga kompleks yondashuv inson salomatligini asrash samaradorligining asosi sifatida qaraladi. Pedagoglar, psixologlar hamda tibbiyot hodimlari o`rtasida o`zaro kelishuv va hamkorlik asosida ish olib boriladi. Bunda ijobiy ta’sirlarning salbiy omillardan ustivorligiga amal qilinadi.

    7. Muhofaza qiluvchi va mashq qildiruvchi strategiyaning uyg`unligi prinsipi. Bunda maktab o`quvchilarning salomatligi bilan bog`liq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

    • o`quvchilarning charchab qolishiga olib keladigan o`quv yuklamalarini olib tashlash

    • o`quvchilarning jismoniy faolligini ta’minlash, profilaktika ishlari

    • maktabda bo`lgan vaqtlarida o`quvchilarning to`g`ri ovqatlanishlarini ta’minlash

    • o`quvchilarning salomatligiga zarar etkazdigan ta’lim jarayoni bilan bog`liq omillarning oldini olish

    • o`quvchilarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash (maktab stresslari, bolalar orasida tarqalgan zararli odatlarning oldini olish)

    • o`quvchilarda salomatlik madaniyatini, o`qituvchilarda esa salomatlik va sog`likni asrash borasidagi kompetentlikni shakllantirish

    • o`quvchilarning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash borasida ularning ota-onalari bilan hamkorlik qilish.

    Ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning salomatligin muhofaza qilish borasida o`qituvchi nimalarni bilishi va bajara olishi lozim? Bunga quyidagicha javob beramiz:
    1. Pedagogik vaziyatni salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi shart-sharoitlari nuqtai nazaridan tahlil qilish.
    2. Sog`lom turmush tarzi asoslarini egallagan bo`lish.
    3. O`quvchilar jamoasi bilan aloqa o`rnata olish.
    4. Verbal va noverbal hatti-harakatlarni kuzatish va izohlash.
    5. O`z o`quvchilari rivojlanishini prognoz qila olish.
    6. O`zaro munosabatlarni salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi shart-sharoitlariga moslab modellashtirish.
    7. Shaxsiy namunasi asosida o`quvchilarni o`zi va atrofidagilar salomatligiga g`amho`rlik qilishga o`rgatish.
    Yuqorida sanab o`tilgan ko`nikmalarning barchasi o`zaro chambarchas bog`langan bo`lib, ular ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi metod, usul va vositalarini samarali qo`llashga yordam beradi.
    Pedagog-o`qituvchi salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishi va bolalar salomatligini mutahkamlab borishi uchun yil boshida tibbiyot hodimlari tomonidan berilgan o`quvchining sog`ligi to`g`risida ma’lumotnoma va shu asosda darslarning tabaqalashtirilishi, ota-onalar bilan hamkorlikda shifokor ko`rsatmalariga amal qilinishini ta’minlab borishning o`zi etarli emas. Eng avvalo pedagog salomatlikni muhofaza qilish masalalarida o`z tarbiyalanuvchilari uchun namuna bo`lishi kerak. Agar sog`lom turmush tarzi o`qituvchi uchun odatiy me’yorga aylansa va faqat shundagina o`quvchilar o`z o`qituvchisiga ishonadilar, unga ergashadilar va salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasini kerakli darajada qabul qiladilar.
    Aholi sog`ligi har qanday davlatda milliy boylikning muhim elementi hisoblanadi. O`quvchilar sog`ligini saqlash va mustahkamlash mavzusining dolzarbligi esa ular shaxsida ijtimoiy faollik, ijodiylik va samarali mehnat motivlarini tushunish, kullab kuvatlash bilan bog`liq muammolarni hal etish bilan belgilanadi.



    Yüklə 459 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin