Таълим жараёнида саломатликни муҳофаза қилувчи муҳитни яратишнинг педагогик хусусиятлари


II BOB. TA’LIM JARAYONIDA SALOMATLIKNI MUHOFAZA QILUVCHI MUHITNI YARATISHNING AMALIY SHART-SHAROITLARI



Yüklə 459 Kb.
səhifə5/23
tarix10.11.2022
ölçüsü459 Kb.
#68367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari

II BOB. TA’LIM JARAYONIDA SALOMATLIKNI MUHOFAZA QILUVCHI MUHITNI YARATISHNING AMALIY SHART-SHAROITLARI


2.1. Umumiy o’rta maktab ta’limi jarayonida o`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirish modeli

Maktab o`quvchilari salomatligini muhofaza qilish va uni rivojlantirish yoshlar umumiy salomatligi diagnostikasi, profilaktikasi hamda bevosita davolanishi sohalarida amaliy ta’sirga ega muhim bir bo`g`in hisoblanadi.


O`rta umumta’lim maktablarida o`quvchilarga individual yondashish o`ziga xos psixo-pedagogik jarayon bo`lib, u quyidagi asoslarda o`z aksini topadi:
- o`quvchi uchun unga xos bo`lgan barcha jihatlar, albatta, shaxsiy mazmunda bo`lib, unga qo`pol aralashib bo`lmaydi;
- axloqiy va huquqiy jihatdan barcha o`quvchilar, albatta, teng huquqlidir;
- o`quvchilarning har biriga ularni ajratmasdan ishonch, hurmat va samimiylik bilan muomalada bo`lish;
- hech kim hech qachon o`quvchidan o`z maqsadi yo`lida g`arazli foydalanishga haqqi yo`q;
- har bir o`quvchi har qanday masalada erkin tanlash imkoniga ega bo`lishi kerak;
- maktab o`quvchisi shaxsining yuksalishiga to`siq bo`lmay uni rivojlantirishi kerak.
O`quvchi salomatligini muhofaza qilish muhitini yaratishning bosh maqsadi uni tashqi salbiy ta’sirlardan (yomon axloqiy muhitdan, avtoritar munosabatlardan, ma’lum bir bezori guruh bosimidan, jinoiy xarakterdagi zo`ravonlikdan, qiziqarli, lekin salbiy axborot ta’sirlaridan, bolalarni o`ziga tortuvchi zararli odatlardan) himoya qilish zarur bo`ladi. Shu bilan birga o`quvchilarni ko`zga ko`rinmasada, lekin ular tarbiyasini va albatta sog`ligiga zarar etkazuvchi ma’naviy-ruhiy qusurlardan (hudbinlik, kibru-havo, nafs balosi, hudbinlik, jaholatparastlik, ma’naviy noqislik, axloqiy buzuqlik, laganbardorlik v.h.k.z ) himoya qilish ham, albatta, muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
O`quvchilar sog`ligi shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tabiiy, ijtimoiy, psixofiziologik, tashkiliy pedagogik va ma’muriy-boshqaruv yo`nalishlarda bo`ladi. Undagi tashkiliy pedagogik ishlar asosan o`quvchilarda sog`lom rivojlanish, sog`lom turmush tarzi ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo`ladi. Pedagogik faoliyatda esa u quyidagi vazifalar ijrosida amaliy namoyon bo`ladi:
- tozalik, tartib-intizom va o`ziga ishonch tuyg`ularini shakllantirish;
- o`quvchilarda salomatlik motivatsiyasi, o`z sog`ligining qadriga etish, salomatlikka oid bilimlarga qiziqish, sog`likka foydali ma’lumotlarni to`plab o`z hayotida unga rioya etishni o`rgatish;
- o`quvchilarda tabiiy mavjud bo`lgan sog`lik imkoniyatlarini anglab, uni ko`paytirib borishlariga ularni yo`naltirish.
O`quvchilar salomatligini muhofaza qiluvchi va uni mustahkamlashga qaratilgan shart-sharoit maktablarda kuyidagilardan iborat bo`lishi mumkin:
- maktabda mo`’tadil insonparvar muhit yaratilishi;
- o`quvchilar individual xususiyatlarini hisobga olib borish;
- maktabda erkin ijod muhitini yaratish;
- profilaktika ishlarini tegishli talablar asosida to`g`ri yo`lga qo`yish;
- o`quvchilar imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun etarli sharoitlar yaratish;
- sanitariya-gigiena me’yorlarini doim saqlash;
- jismoniy tarbiyani samarali tashkil etish;
- o`quvchilar sog`ligidagi o`zgarishlarni doimiy kuzatib borish, aniqlash va tegishli choralarni ko`rish;
- o`quvchilar salomatligini muhofaza qilish bo`yicha qiziqarli musobaqalar, sayohatlar va badiiy kechalar dasturlarini ishlab chiqish.
Bularning barchasi juda keng ko`lamdagi ishlarni taqozo etgani sababli unga tashkiliy echimi jihatidan diferrentsial yondoshish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Unda birlamchi tashkiliy yo`nalishlar ta’lim jarayonida va tarbiya jarayonidagi individual yondashishlardan iborat bo`ladi.
Ta’lim jarayonida o`quvchilar salomatligini muhofaza qilish muayyan vazifalar ijrosi orqali ta’minlanadi.

Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin