Таълим жараёнида саломатликни муҳофаза қилувчи муҳитни яратишнинг педагогик хусусиятлари



Yüklə 459 Kb.
səhifə12/23
tarix10.11.2022
ölçüsü459 Kb.
#68367
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari

FUNKSIYALAR

O`z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish

Psixofiziologik

Estetik biluv

Psixoterapevtik

ASPEKTLAR

Shaxsiy

Jamoaviy

Ta’limiy

Faoliyatli

SHAKLLARI

Maslahat, suhbat, yo`riqnoma, treniglar, amaliy seminarlar, ochiq eshiklar kuni, konferentsiyalar

NATIJALAR
(o`quvchilarning o`z salomatligiga nisbatan uch daraja doirasidagi munosabati)

Kognitiv

Hissiy

Xulq-atvor

Faoliyat va o`zaro munosabatlar natijasida o`zi haqidagi tabaqalashgan umumiy bilimlarning shakllanganligi.

O`quvchining o`ziga nisbatan ijobiy munosabati, o`z-o`zini hurmat qilishi

Madaniy-sog`lomlashtirish faoliyatiga kirishganlik



2.4. Sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashda keksalarning o’rni

Inson kamolotida oilaning o’rni g’oyat katta. Chunki biz ana shu mo’’jaz makon, Vatanimiz ichra kichik Vatan - oilada tug’ilib, voyaga etamiz. Jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishga qodir shaxs sifatida shakllanamiz. Shu aziz makon sari har lahzada talpinib turamiz.Chunki bu makonning bag’ri issiq, mehrigiyosi, odamni o’ziga tortib turuvchi ohanrabosi, qalblarimizni ravshan qilguvchi nurafshon ziyosi bor. Bundan ham muhimrog’i esa, bizning har bir qadamimizni jiddiy nazorat qilib, xulq-atvorimizni odamiylik tarozisi ila o’lchab, yaxshiliklarga yo’llab turguvchi ota-onamiz, bobo va buvilarimizning mehr-muhabbati hokim unda. Asrlar davomida shakllangan oila qadriyati millatimiz uchun tom ma’nodagi intellektual ma’naviy meroski, bu ma’naviy merosni hech qanday moddiyat bilan qiyoslab bo’lmaydi. Oilamiz farishtasi, xonadonimiz ko’rki bo’lgan bobo va momolarimiz, aziz buvijonlarimiz qanotlari ostida bizning farzandlarimiz, hatto nevaralarimizning ulg’ayib, kamol topishida, bitta oila negizida shakllangan ibratga loyiq shajaraning yaralishida juda katta hikmatlar mujassam. Bu hikmatlar ana shu ma’naviy-axloqiy tarbiya makoni – oiladagi to’kislikni bir xil mezonda ushlab turuvchi ulug’ yoshdagi keksalarimizning o’ziga xos o’zbekona tutumlarida, oila a’zolarining xulq-atvoridagi go’zal sifat va fazilatlarda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham keksalar bor joyda fayz bor, baraka bor. Va muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlariday: "Qarisi bor uyning parisi bor,” "Qariyalar – xonadonlarimizning fayzi va farishtasi”dir.


Darvoqe, qaysiki xonadonda keksa bobo va momolarimiz bo’lsa, o’sha xonadonning havosi boshqacha. O’g’il-qiz, nevara-chevara, hatto evaralar jamligidagi bu katta xonadonda birdamlik, jipslik, o’zaro mehr-oqibat o’zgacha, go’zal. Topish-tutishining barakasidan nainki xonadonga, balki el-yurtga fayz yog’iladi. Chunki ikki-uch, hatto to’rt avlod jipsligidagi ahillik, o’zaro mehr-oqibat mezonlaridan kuch olgan, qalblari ziynatlangan xonadon a’zolari keksalar duosini olib, yumushga, tijorat, tadbirkorlik ishlariga qo’l uradilar, el-yurt manfaati uchun fidoyilik qiladilar. Xonadonlari ostonasidan tashlagan ezgu qadamlari el-yurt farovonligi yo’lidagi niyatlari ulug’. Bu bobo va momolardan farzandlarga o’tgan bebaho qadriyat.
Shuning uchun ham bizning mamlakatimizda yoshi ulug’ keksalarga e’tibor, g’amxo’rlik davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Chunki turli sohalarda erishilayotgan yutuqlar, olib borilayotgan izchil islohotlar zamirida keksa avlod vakillarining betimsol fidoyiliklari mujassam. Sobiq tuzum davridagi qoliplashtirilgan siyosat tufayli xalqimiz hayotida yuz bergan katta yo’qotishlar, qatag’on va surgunlar, ikkinchi jahon urushi janggohlari hamda front orqasidagi mashaqqatli va azobli mehnat, etar-etmaslik, ocharchilik azoblariga sabr - toqat bilan chidab yashagan, har qanday murakkab vaziyatlarda ham o’zligini yo’qotmagan nuroniy yoshdagi otaxon va onaxonlarimizga e’zoz va e’tibor ko’rsatish bugun har birimizning zimmamizdagi farzandlik burchimizdir.
Mamlakatimizda yoshi ulug’ insonlar hamisha e’tiborda, e’zozda. Keksalarimizning yaxshi dam olishlari, nuroniylik davrlarini huzur-halovatda o’tkazishlari uchun davlatimiz tomonidan beqiyos g’amxo’rliklar qilinmoqda. Xususan, 2014 yil 13 oktyabrda qabul qilingan "1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq endilikda ular yiliga bir marta o’zlari uchun eng ma’qul bo’lgan muddatlarda sanatoriy-sog’lomlashtirish muassasalarida davlat xisobidan davolanib, sog’liklarini mustahkamlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
"Keksalarni e’zolash yili” munosabati bilan o’tgan yillarga berilgan nomlarga monand ishlab chiqiladigan Dasturda nuroniy keksalarimizga ko’rsatiladigan e’tibor, e’zoz, beqiyos g’amxo’rlik tadarruklari ila hayotimizga yanada fayz va baraka olib kiradi. Zero, ulug’lari e’zoz topgan yurt ahlining ko’ngillari xotirjam, hayoti tinch, osoyishta, turmushi esa obod va farovon bo’ladi.
Zero, aholi farovonligi va turmush darajasini muttasil oshirish bilan bog’liq masalalar doimo xukumatimiz dikkat markazida bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Ta’lim-tarbiya va tibbiyot muassasalarini yanada rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va bugungi kun talablari asosida jihozlash darajasini oshirish, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini jadal rivojlantirish, aholini sifatli ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya tozalash tizimlari bilan ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo’nalish hisoblanadi. Ushbu maqsadlar uchun davlat byudjeti jami xarajatlarining qariyb 60 foizi yo’naltiriladi. Bu o’tgan yilga nisbatan 4 trillion 100 million so’m yoki 22,5 foiz ko’p demakdir. Jumladan, ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirishga 34,3 foiz, sog’liqni saqlash tizimiga 14,2 foiz mablag’ sarflanadi. Joriy yilda keksa avlod vakillariga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirishga, muhtaram faxriylarimiz hayotiga daxldor muammolarni hal etishga alohida ahamiyat qaratilishi davlat dasturida belgilab berilgan. 2015 yilga mamlakatimizda Keksalarni e’zozlash yili, deb nom berilishi zamirida ham mohiyat e’tibori bilan ana shunday ezgu maqsadlar mujassam ekani barchamizga yaxshi ma’lum. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi PQ-2302-son karori bilan tasdiklangan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida keksa avlod vakillari, avvalo, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga ko’rsatiladigan tibbiy va ijtimoiy xizmat darajasi va sifatini oshirish, muhtojlarni yordamchi va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash, tumanlar va mahallalarda qariyalarimiz uchun muloqot markazlari, ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, turli klublar tashkil etish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari uchun sharoitlar yaratish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ko’zda tutilgan. Muxtasar aytganda, bugungi tinch va obod hayotimizni barpo etishga beqiyos xizmatlari singgan, xonadonlarimizning fayzi bo’lgan mo’tabar keksalarimizning farovon va munosib umr kechirishlari uchun keng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki insoniy burchimiz, deb qabul qilishimiz darkor. Shu borada mahallalar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining keksalar va nogironlarga doimiy e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatadigan tuzilmalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda turli muassasa va xizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy ta’minot va tibbiy xizmat ko’rsatish muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va zarur darajada nazorat qilish masalalari nazarda tutilishi kerak. Aziz vatandoshlar! Biz mamlakatimizni isloh etish va yangilash borasidagi ishlarimizni davom ettirish va yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini izchil yuksaltirib borish bo’yicha 2015 yilda va undan keyingi yillarda o’z oldimizga yuksak, ayni vaqtda aniq maqsad va vazifalarni qo’ymoqdamiz. Ishonchimiz komilki, ularning barchasi muqaddas va saxovatli zaminimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har qaysi insonning manfaatlariga to’la javob beradigan, chuqur hayotiy asosga, amalga oshirishning real imkoniyatlariga ega bo’lgan vazifalardir. “Ana shunday maqsad-muddaolarimizning ro’yobga chiqishi, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik va totuvlik muhitining barqaror bo’lishi barchamizga, har birimizning o’z joyimizda bizga ishonib topshirilgan vazifani qay darajada mas’uliyat bilan ado etishimizga bog’liq ekanini unutmasligimizni istardim. Mana shu ezgu maqsad yo’lida barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad yor bo’lishini ta’minlaydi”.2
Odam bolasi dunyoga shunchaki emas, balki hazrat Navoiy aytganlaridek, komillikka etishish, o’z atrofidagi odamlar ta’si­rida kamolot pilla­poyalarini zabt etish uchun keladi. Ma’nan boy, jismonan sog’lom va axloqan pok bo’lib borgani sari uning oilasi, manzil-makoni go’zallashib, hayoti fayzli bo’ladi. Vatan mehri esa hamisha unga kuch-quvvat bag’ishlaydi.
Yoshlar – yurtimiz kelajagining poy­devori. Shunday ekan, ularni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga muhabbat, ota-onaga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.
Ma’lumki, bolalar tarbiyasi haqida gap ketganda, tabiiy ravishda asosiy mas’uliyatni ota-onalar zimmasiga yuklaymiz. Ammo bola shaxsining barkamol va yuksak ma’naviyatli bo’lib shakllanishida bobo va buvilarning o’rni ham juda muhim ekanligini ba’zan unutib qo’yamiz. Bobo va buvilarimiz, biz bilan birga yashash yoki yashamasliklaridan qat’iy nazar, ularning bolalar tarbiyasiga ta’siri nihoyatda beqiyosdir. Eng avvalo ota-ona ishda bo’lgan paytda oilada yosh bolalarga bosh bo’lib turish, ular kasal bo’lib qolganda g’amxo’rlik qilishdan birorta ham buvi yoki bobo bosh tortmaydi, ayniqsa, bolajon bo’lgan o’zbek oilalarida bobo va buvilarning mavqei juda baland. Ular o’zlarining beminnat ko’maklari bilan ota-onalarni ortiqcha asabiylashish va tashvishlardan asrashadi.
Hozirgi paytda ota-onalari uzoq shaharlarga ishga ketgan yoki ertadan kechgacha ishlaydigan bolalarga g’amxo’rlik qilish, ularga tarbiya berish asosan, bobo va buvilarning zimmasiga tushadi. Bizning ota-onalarimiz bolalarimizga qanday ta’sir ko’rsatishadi?
Ko’pgina yosh ota-onalar bobo-buvilar bolarni to’g’ri tarbiyalay olmaydilar, ular bolalarga haddan ziyod erkinlik yaratib beradigan, bu esa bola tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblashadi. Fikrimizcha, bu steriotip qarash haqiqiy voqelikdan ancha farq qiladi. Axir xalq orasida qachon nevaralik bo’lsangiz, o’shanda haqiqiy ota-ona bo’lasiz, degan gap bekorga aytilmagan. Qariyalarga xos donishmandlik, yillar davomida to’plangan katta hayotiy tajriba bobo-buvilarga bolani tabiatan qanday bo’lsa, shunday qabul qilish imkonini beradi, yosh ota-onalar singari o’g’il yoki qiz qanday bo’lishi lozimligi to’g’risidagi qarashlarini o’z bolalari orqali amalga oshirishga harakat qilmaydilar. Ko’pincha, aynan bobo va buvilar bolalarda o’ziga ishonch, hayotni qanday bo’lsa, shunday qabul qila olish ko’nikmalarini shakllantiradilar.
Ammo bola tarbiyasida o’z farzandlariga ko’maklashish bilan nevaralarni mustaqil ravishda tarbiyalash mas’uliyatini o’z bo’yniga olish o’rtasida katta farq bor. Xo’sh, ota-ona qarovisiz qolgan bola va uning tarbiyasi mas’uliyatini o’z bo’yniga olgan bobo va buvi psixologiyasida qanday o’zgarishlar ro’y beradi?
Bunda bola tomonidan bobo va buvi ota-onadek qabul qilinadi. Uning uchun ota-ona o’rnini egallaganlarning yoshini aniqlash qiyin bo’ladi va bobo-buvilar bolaning o’z ota-onasiga nisbatan g’amxo’rroq bo’lishadi. Bolaning munosabati va xarakteri bobo va buvilarning ota-ona o’rnini bosishga qanchalik tayyor ekanliklariga qarab shakllanadi. Hammasi bobo-buvilarga bog’liq bo’ladi. Agar bolani katta mas’uliyat deb qabul qilishsa, bu bola tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Mas’uliyat oddiy ota-onalarnikidek bo’lishi lozim. Har birimiz o’z bolalarimiz taqdiri uchun javobgarmiz, ammo shu bilan birga o’z shaxsiy hayotimiz va qiziqishlarimizni ham unutmasligimiz kerak. Ikkinchi ota-onalar (ya’ni bobo-buvilar) ham o’zlarini xuddi shunday tutishlari lozim: qat’iy nazorat ostiga olib, bolani odam qilishga intilish emas, balki, mehr, g’amxo’rlik hamda bolaga shunchaki yashash uchun imkoniyat yaratish lozim.
O’qituvchilar o’z faoliyatlari davomida faqat ota-onalar bilan emas, balki bobo va buvilar bilan ham ishlashlariga to’g’ri keladi. Albatta, bola tarbiyasiga munosabat ularning har qaysisida har xil.
Shartli ravishda bobo va buvilarni besh tipga ajratish mumkin:
Hukmdor” – bu shunday obro’li kishiki, muhokama qilmasdan bajarishni talab qiladi: men aytganimday bajar, chunki men yaxshiroq bilaman qabilida. Ko’pgina ota-onalar bunday bobo va buvilar bilan munosabatda bo’lishni xohlashmaydi, chunki bunday “amr-farmonlar”ga chidash biroz qiyin bo’ladi. Hukmronlik bolalarda haddan tashqari bo’ynsunuvchanlik va tobelikni shakllantiradi.
Kompyuter” – bu muntazam ravishda nasihat qiladigan va bolaning har bir ishiga baho berib boradigan bobo va buvi. Bunday kishi bilan, ayniqsa, bola uchun munosabat qilish juda qiyin bo’ladi. Bunday tipdagi buvi yoki bobo o’zining asosiy vazifasi – murosali bo’lishga o’rgatish o’rniga bolaga psixik bosim o’tkazadi, uni zo’riqtirib qo’yadi.
Jabrdiyda” – bu altruist bo’lib, uning uchun o’z yaqinlariga xizmat qilish hamma narsadan muhim sanaladi. 3 “Menga e’tibor bermanglar, asosiysi, sizlar tinch bo’lsalaringiz bas”, - deyishadi ko’pincha, bunday bobo va buvilar. Bunday bobo va buvilarning o’z nevalari bilan munosabatlari ham shunga mos bo’ladi. Ular o’z nevaralariga hamma nrarsani mumkin qilib qo’yishadi, natijada taltayib ketgan bolalar shakllanadi.
O’rtoq” – bunday bobo va buvilar nevaralarining o’yin va sho’xliklariga indamay turadilar, hech qanday mas’uliyat his etmaydilar. Agar ota-onalar ularni “uyni boshiga ko’targan bolalar”ga qaramaganlikda ayblashsa, ular: “Men hech narsa qila olmadim, asli bolalaringiz shunaqa quloqsiz”, - deb javob qaytarishadi. Tez orada bolalarning sho’xliklari “o’rtoq”larning joniga tegadi, ammo ular bolalar uchun boshqa ermak topib bera olmaydilar.
Rahbar va yo’lboshchi” – aqlli va donishmand kishi sifatida suv ostida qanday toshlar borligini yaxshi biladi, shuning uchun ham bolani xotirjamlik bilan hayot yo’li sari etaklaydi. Ammo agar bola nimanidir mustaqil bajarishga intilayotganligini sezsa, o’zini chetga oladi va bolaga o’zini namoyon etish uchun imkon beradi. Bunday bobo va buvilar tarbiya metodlarini o’zaro mos tanlaydilar va qo’llay oladilar hamda bola bilan o’zaro munosabatlarini muvofiqlashtira oladilar. Boshqacha qilib aytganda, bunday bobo-buvilar juda egiluvchan va moslashuvchan bo’lishadi. Bu esa nevalar uchun ham turli hayotiy vaziyatlarda yo’l topa olishga o’rganish imkonini beradi.
Ehtimol, ko’pgina ota-onalarda shunday savol tug’ilgan bo’lishi mumkin: “Keksa ota-onalarga bolar tarbiyasini ishonib topshirish mumkinmi, ular bola tarbiyasini buzib qo’ymaydilarmi?”
Fikrimizcha, otalar va bolalar muammosi yo’q, balki oilada o’zaro muomala madaniyati, bir-birini tushunishni istamaslik muammosi mavjud. Gap bobo va buvilar bola tarbiyasini buzishi mumkin degan fikrning mavjudligida emas, balki bir-birini eshita olish, qabul qila olishga hafsala qilishda. Bobo va buvilar uchun – bu farzandlari va nevaralari orqali o’z niyatlarini amalga oshirish emas, balki ularni qabul qila olish. Ota-onalar uchun esa – bu o’z ota-onalariga, qarilikka nisbatan muruvvatli, bag’rikeng bo’lish. Shuning uchun ham bobo-buvilarning bola tarbiyasida ishtiroki masalasi eng avvalo keksalik psixologiyasi – uning qanaqa qarishi va ichki olamining qay darajada o’zgarishi bilan bog’liq.
Bu borada eng ko’p uchraydigan quyidagi uch holatni ko’rib chiqamiz:


  1. Yüklə 459 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin