Таълим жараёнида саломатликни муҳофаза қилувчи муҳитни яратишнинг педагогик хусусиятлари


Buvi o’zi bilan ovvora bo’lib, nevaralari tarbiyasida ishtirok etmaydi



Yüklə 459 Kb.
səhifə13/23
tarix10.11.2022
ölçüsü459 Kb.
#68367
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari

Buvi o’zi bilan ovvora bo’lib, nevaralari tarbiyasida ishtirok etmaydi. Qachon farzandlari nevarasiga bir soatgina qarab turishni iltimos qilishsa, buvining zarur ishi chiqib qoladi. Balki bunday buviga ham bir vaqtlar bobo-buvilar bola tarbiyasida ko’maklashmagandirlar. Shu sababli ham u o’z farzandlariga aynan shunday javob qaytarayotgandir. Ammo unutmaslik kerakki, oila shajarasida bunday holat doimiy va barcha avlodlar uchun qonun bo’lmasligi kerak. Ota-onalar bobo yoki buviga u kishi ular uchun kerak ekanligini va ular oilaning ajralmas qismi ekanliklarini qanchalik etkaza olishsa, buvilarda ham ularga ko’maklashish istagi paydo bo’lishi shunchalik oson kechadi. Ular nevalar navbatdagi janjal uchun bahona emas, balki cheksiz quvonch manbai ekanliklarini tushunib etadilar.

  • Bobo va buvi – zulmkor. Ba’zi oilalarda bolalar bobo-buvilardan “himoyalab” qo’yiladi, chunki ular bir paytlar o’z ota-otalaridan ko’p zulm ko’rganlar. Ular qattiqqo’l buvi yoki zulmkor bobodan nevaralar hech qanday ro’shnolik ko’rmaydilar, deb o’ylashadi. Xo’sh, bunday hollarda qanday yo’l tutish kerak? Bunday bobo yoki buvi bilan munosabatlarda nevaralarni chegaralash mumkin, ammo bolalarga ularni nuqsoniyu fazilatlari bilan birga, borligicha qabul qilishni va ularga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishni o’rgatish kerak. O’z-o’ziga shunday deyish kerak: “Ha, ona sifatida menga bu ma’qul emas, ammo onam (yoki qaynonam) hayot tariximning bir bo’lagi, buni rad etish – bu o’z-o’zini rad etish degani”. Bolani qaynonasi yoki qaynotasidan yashirish ajralgan ayollarga ham xos xususiyat bo’lib hisoblanadi. Bu metod bilan ular o’z bolalarida qiyin vaziyatlarda boshini yashiradigan tuyaqush kompleksini paydo qiladilar. Bunday ziddiyatli vaziyatdan chiqish yo’li har xil bo’lishi mumkin: chekinish va murosa qilish, hamkorlik qilish, janjaldan qochish.

  • Bobo va buvilar (tirik) ota-onaning o’rnini egalamoqchi bo’lishadi. Qizining eri, ya’ni nevarasining otasi bilan hayoti yaxshi bo’lmadi, birdan qizi uchun yaxshi kishi chiqib qoldi. Buvi taklif qiladi: “Kel, yaxshisi, bolangni menga ber, sen esa o’z hayotingni qur, bola uchun xavotir olma”. Shu orqali buvi bola tarbiyasidagi mas’uliyatni to’liq o’z zimmasiga oladi. Bu noto’g’ri yondashuv. Har kimning o’z mas’uliyati borligini unutmaslik kerak.

    Tarbiya bu sinov, xato va tuzatish metodi, ammo eng avvalo – bu bilim, shuningdek, shu bilimlarni amalda qo’llay olish ko’nikmasidir. Maxsus tarbiyalash emas, balki bolalarimizga o’sib ulg’ayishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratib berishimiz kerak. Agar keksa va yosh avlod o’rtasida o’zaro hurmat, ishonch, tushunish hukmron bo’lsa, yuksak ma’naviyatli barkamol avlod tarbiyasida juda katta muvaffaqiyatlarga erishamiz.


          1. Yüklə 459 Kb.

            Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin