Таълим жараёнида саломатликни муҳофаза қилувчи муҳитни яратишнинг педагогик хусусиятлари



Yüklə 459 Kb.
səhifə1/23
tarix10.11.2022
ölçüsü459 Kb.
#68367
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


Pedagogika fakulteti


Pedagogika va psixologiya ta’lim yo`nalishi


RAXIMOVA NILUFAR ATAMURATOVNANING
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Mavzu: Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari
Ilmiy rahbar G.N.Najmiddinova -
ped.fan.nomzodi, dotsent
Rasmiy opponent B.J.Umarov
ped.fan.nomzodi, dotsent


Buxoro - 2015
Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari
Reja:
Kirish
I bob. Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning nazariy asoslari
1.1. Ta’lim jarayonida sog`likni muhofaza qiluvchi muhitni yaratish dolzarb pedagogik muammo sifatida.
1.2. Umumiy o’rta maktab ta’limi jarayonida o`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirishning kontseptual asoslari.


II bob. Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning amaliy shart-sharoitlari
2.1. Umumiy o’rta maktab ta’limi jarayonida o`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirish modeli.
2.2. Modelning metodologik asosini belgilovchi prinsiplar.
2.3. Turli bosqichdagi ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash jarayonini modellashtirish.
2.4. Sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashda keksalarning o’rni.
Xulosa


Adabiyotlar ro`yxati


Ilovalar


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Salomatlikni muhofaza qilish – bu XXI asr, yangi ming yillik timsoli sanalgan insonparvar pedagogikaning tarkibiy qismi bo`lib, bunda pedagogik jarayon insonga, uning bilish ehtiyojlari va qiziqishlarini qondirish, unga sog`lom, omadli, baхtli bo`lish imkonini beradigan shaxsiy va ijtimoiy qimmatli sifatlarni shakllantirishga qaratiladi.
Ta’lim muassasalariga bir qarashda unchalik pedagogik sohaga tegishli bo`lmagan, ya’ni o`quvchilar salomatligini muhofaza qilishga g`amxo`rlik qilish vazifasining qo`yilishi quyidagi holatlar bilan belgilanadi.
Birinchidan, kattalar hamisha o`z qaramog`ida bo`lgan bolalar uchun mas’uliyatlidirlar. Bunga bolalar salomatligi ham kiradi. Aynan ta’lim muassasalarida o`quvchilar anchagina vaqtlarini o`qituvchi-pedagoglar rahbarligida o`tkazadilar. Shunday ekan, bu vaqt mobaynida ularning salomatligiga nisbatan e’tiborsiz bo`lish zolimlik va noprofessionallik bo`lib hisoblanadi.
Ikkinchidan, o`quvchilarning ta’lim muassasasida o`tkazgan vaqti mobaynida uning salomatligiga ta’sir etuvchi omillar ichida o`qituvchi-pedagoglarning hissasi salomog`i kattaroq bo`lib, ular istalgan va istalmagan holatda amalga oshiriladi. Agar salomatlik bilan bog`liq barcha muammolarni tibbiyot hal etishi kerak degan nuqtai nazarni qo`llaydigan bo`lsak, hech bo`lmaganda har bir sinf uchun bitta shifokorni birkitib qo`yishga to`g`ri keladi.
Uchinchidan, zamonaviy tibbiyot sog`lik bilan emas, balki kasalliklar bilan, ularning oldini olish va davolash bilan shug`ullanadi. Ta’lim muassasalarining vazifasi esa boshqa – u o`z tarbiyalanuvchilarining salomatligini himoya qilishi va mustahkamlashi, ya’ni profilaktika ishini olib borishi kerak bo`ladi. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarida o`quvchi-yoshlarning salomatligi to`g`risida qayg`uradigan asosiy kishi – bu pedagog.
Ta’lim muassasalarining salomatlikni muhofaza qilish g`oyasiga rioya qilish darajalarini quyidagicha belgilash mumkin:
1. Sinf xonalaridagi yorug`likning yetarli darajada bo`lmasligini, maktab mebel va boshqa jihozlarining bola qomatiga to`g`ri kelmasligini neytrallovchi alohida metodlarni qo`llash, ularni issiq ovqat bilan ta’minlashga e’tiborni qaratish.
2. Salomatlikni muhofaza qiluvchi muhit yaratishning aniq vazifalarini hal etishga qaratilgan maxsus texnologiyalarni qo`llash.
3. Yagona metodologik asosga ega bo`lgan mazmunan o`zaro aloqador texnologiyalarni kompleks qo`llash.
Aynan kompleks yondashuv o`quvchilar va pedagoglar salomatligini xavf soluvchi yoki patogen omillardan asraydi, shuningdek, ularda salomatlik madaniyatini shakllantiradi. Bu esa o`z navbatida salomatlikni muhofaza qiluvchi pedagogika deb ataladi.
Salomatlikni muhofaza qiluvchi pedagogikaning maqsadi – bitiruvchi uchun yuqori darajadagi salomatlikni ta’minlab berish, shu bilan birga uni zarur bilim, ko`nikma va malaka zahirasi bilan qurollantirishdan iboratdir. Shundagina yetuklik guvohnomasi haqiqatdan ham baxtli mustaqil hayotga yo`llanma bo`lib xizmat qiladi.
Yuqorida bildiriligan fikr-mulohazalarga tayangan holda biz bitiruv malakaviy ish mavzusini “Ta’lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik asoslari” deb nomladik. Ushbu mavzuni yoritishda biz quyidagi vazifalarni belgiladik:

  1. Ta’lim muassasalarida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhit yaratishning huquqiy-me’yoriy asoslarini belgilab berish.

  2. Ta’lim jarayonida sog`likni muhofaza qiluvchi muhit yaratish dolzarb pedagogik muammo ekanligini asoslab berish.

  3. Umumiy o’rta maktab ta’limi jarayonida o`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirish modelini ishlab chiqish.

  4. Umumiy o’rta maktab ta’limi jarayonida o`quvchilarga individual yondashuv orqali salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni shakllantirishning kontseptual asoslarini belgilash.

  5. Modelning metodologik asosini belgilovchi prinsiplarni yoritib berish.

  6. Turli bosqichdagi ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash jarayonini modellashtirish


Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin