Ta’lim metodlarini tanlashda
quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
• Ta’limning umumiy maqsadlari.
• Fanning va’ o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari.
• Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari.
• Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt.
• o‘quv mashg‘ulotinmg maqsadi, vazifalari va mazmuni.
• o‘quvchilaming yoshi va bilish imkoniyatlari.
• О‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi.
• Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi.
• o‘qituvchining nazariy, amaliy
va metodik tayyorgarligi
, pedagogik
mahoratni egallaganlik darajasi.
Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi
.
Ta’lim vositalari
- bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o'qituvchi va
o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga
ega.
Didaktik vositalar
deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo'llanmalar,
namoyishli
qurilmalar
, texnik vositalar tushuniladi. Ta’lim vositalarini tasniflashda turli
asoslarga ko‘ra yondashish mumkin:
- faoliyat subyektiga ko’ra;
- faoliyat obyektiga ko‘ra;
- o‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra;
- o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra.
Ta’limning
texnik vositalarini
quyidagi turlarga ajratishmumkin: axborot;
aralash (kombinatsion); trenajyor; bilimlaminazorat
qilish vositalari;
audiovizual
vositalar
.
Interaktiv metodlar va ularning tavsifi
Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan
biri-bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchining
birgalikdagi faoliyati bo’lib, asosan o’quvchilarni fikrlaga undaydi. Kerakli
xulosalarga kelishni, ular o’zini tahlil qilishni va amaliyotda qo’llashni o’rgatadi.
O’qituvchining asosiy vazifasi bu erda o’quvchilarga yo’l ko’rsatish, yo’nalish
berish, eng to’g’ri xulosani aytishdan iborat. Interaktiv usullar yana
shunisi bilan
ham ahamiyatliki
, o’qituvchi o’quvchining fikrini xech qachon keskin rad etmaydi,
faqatgina vaqti bilan to’g’ri xulosani aytib o’tib ketadi, natijada o’quvchi xatosini
o’zi tushunib oladi. Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi
xolatlarning oldini oladi.
Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro hurmatga
asoslanadi. O’qituvchi qanday bo’lmasin o’quvchining
fikrini tinglaydi va
hurmat
bilan qarashini bildiradi
, shu bilan birga o’quvchilarni bir-birlarini
tinglashga o’rgatadi. e`tirozlar, qo’shimchalar ham “hurmatli”, “sizning fikringizga
qo’shilgan holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so’zlar orqali
bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda o’quvchi o’zini hurmat
qilinayotganligini sezadi va bunday sharoitda xech qanday tayziqsiz erkin fikrlay
boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Ushbular bilan birgalikda u boshqalarni ham
hurmat qilishga o’rganadi Interaktiv metodlar o’quvchilarda doimiy faollikni
ta`minlaydi. O’quvchilar dars davomida bo’sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror
bir muammo bilan band bo’ladilar. Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi.
Interaktiv meiodlardan foydalanishda o’qituvchi, eng avvalo, darsning texnologik
loyihasini tuzib olishi lozim.
Darsni texnologik loyixalash uchun esa o’qituvchi
interaktiv metod
strategiyalari va usullari bilan tanish bo’lishi lozim. Bugungi kunda bir qator
rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi
hamda ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik
texnologiyalarni qo’llash borasida boy tajriba to’plagan bo’lib, ushbu tajriba
asoslarini tashkil etuvchi metodlar o’ziga xos ahamiyatga egadir
Zamonaviy dars
berish metodlaridan asosiysi “interaktiv” metod bo’lib, hozirda uning chala tarjimasi
ko’p hollarda “interfaol”
deb yuritiladi
, “interaktiv” atamasi aslida inglizcha
“interaktiv” so’zidan olingan bo’lib, “o’zaro ta`sirlashish” ma`nosini bildiradi va
biror faoliyat yoki metodda o’zaro
baxs munozara, fikrlash asosida faoliyat yoki
hamjixatlik bilan hal etish tushuniladi. Ammo biz ayrim o’quv qo’llanmalarini
varaqlaganimizda “o’qitishning interaktiv metodlari” termini qo’llanishini ham
guvoxi bo’ldik. Ta`lim berish jarayoni bevosita o’qitish metodi bilan uzviy
bog’liqdir.
Metodika sizning qanday texnik vosita yoki kitoblardan foydalanayotganingiz
emas, balki sizning ta`limingiz qanday tashkil etilishidadir. Boshqacha
qilib
aytganda
, o’qitish metodi ta`lim oluvchi va o’qituvchining o’qitish
jarayonidagi
o’zaro aloqa shaklidir. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi jarayon aslida o’quvchini u
yoki bu bilim ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish maqsadida bog’lab turganligini
ko’rsatib turadi. Agar keng ko’lamda oladigan bo’lsak, o’qitishning birinchi
kunlaridan to shu kungacha o’qituvchi va o’quvchiorasidagi keng ma`noda uch hil
bog’lanish shakllangan bo’lib, u o’z tasdig’ini topgan.