Maktab ishini rejalashtirish Maktabda tuzilgan ish reja mazkur maktab pedagoglar jamoasi har bir a’zosining faoliyatini tartibga soluvchi qonun, ko‘rsatkichlar tizimida ifodalangan davlat topshirig’idir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har qanday vazifani muvaffaqiyatli ravishda bajarish, tashkiliy tadbirlarni, Shu jumladan, xalq ta’lim va maktab ishiga oid bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish - to‘g‘ri rejalashtirish mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Xalq maorifi bo‘limining ishini, jumladan, maktab ishini rejalashtirish-avvalo uning vazifalarini, faoliyat mazmuni va metodlarini aniqlashdan iboratdir.
To‘g‘ri tuzilgan ish rejasi - xatoga yo‘l qo‘yishdan asrash bilan birga, ilgari yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tugatishni ham ta’minlaydi. To‘g‘ri tuzilgan reja rahbarlari uchungina emas, ayni vaqtda muallimlar jamoasining har bir a’zosi uchun ham yo‘l ko‘rsatuvchidir. Shuning uchun ham maktab ishini rejalashtirish maktab ichki boshqaruv tizimida muhim o‘rinni egallaydi va muhim pedagogik ahamiyatga molik bo‘lgan masaladir.
Maktab ish rejasining turlari
Umumtiy ta’lim maktablari uchun shartli ravishda qabul qilingan ish rejalari mavjud.
Ular quyidagi rejalardir:
1. Maktabning ma’lum istiqboli davrga mo‘ljallab (bir besh yillik uchun) tuzilgan ish rejasi. Bu maktabning istiqbol ish rejasideb ataladi. Bu ish rejasi umummaktab xalq xo‘jalik reja (ko‘rsatkichlari asosida tuziladi. Bunda maktabning ma’lum davrga rivoji o‘quv moddiy va texnika bazasi,maktab qurilishi, o‘quvchi va o‘qituvchilar soni, sinflar soni, o‘quv kabinetlarining soni kabilar) turli raqamlar asosida ko‘rsatiladi.
2. Maktabning bir o‘quv yiliga mo‘ljallab tuziladigan ish rejasi. Mazkur reja maktabning istiqbol ish rejasining shu o‘quv yiliga tegishli bo‘lgan qismi hamda maktab oldida turgan vazifalarni hisobga olgan holda tuziladi. Maktabning bir o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejasi maktab ish turlari asosida ishlanadi. Maktabning mazkur ish rejasining mazmuni va mundarijasi xususida biz keyinrok to‘xtaymiz.
3.Maktabning joriy ish rejasi. Mazkur reja maktabning bir o‘quv yiliga mo‘ljallab tuzilgan ish rejasi asosida ishlanadi. Bu reja turkumiga:
-maktab direktori va uning o‘rinbosarining bir o‘quv yiliga mo‘ljallab tuzadigan ish rejalari:
-maktabda fanlar bo‘yicha tashkil etilgan metodik birlashmalarning ish rejalari:
-sinf rahbarining ish rejalari:
-fan to‘garaklari yakuni uzaytirilgan guruppa rahbarlarining ish rejalari:
-maktab kutubxonasining ish rejalari;
-maktab ustaxonasining ish rejasi;
-maktabning ota-onalar komitetining ish rejasi;
-maktab vrachi va hamshirasining ish rejasi;
-har bir boshlang‘ich va fan o‘qituvchisining kalendar’ va kundalik darsni o‘tkazish rejasi kabi rejalar maktabning joriy rejalar tizimidan o‘rin oladi.
Shuni alohida o‘qitish lozimki, rejani to‘g‘ri tuzish bilan ish bitmaydi. Ishning muvaffaqiyati Shu rejani qanday amalga oshirishga, unda belgilangan tadbirlarni hayotga tadbiq etish mahoratiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Maktab rejasini amalga oshirishda quyidagilar muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi:
1. Maktabning yuqori tashkilotlar, xalq ta’limi bo‘limlari va maktabga yaqin bo‘lgan turli muassasalar bilan mustahkam aloqa o‘rnatilganligiga:
2. Boshqarish va rahbarlik ishiga bilimdon, o‘ta xalol, ishbilarmon va yaxshi ma’muriy qobiliyatga ega bo‘lgan pedagogik xodimlar jalb etilganligiga:
3. Kadrlar o‘rtasida ish taqsimotining to‘g‘ri tashkil etilganligiga:
4. Rahbar xodimlardan tortib eng quyi ijrochiga umumiy rejadan kelib chiqadigan Shaxsiy (joriy) ish rejasini tuzib, Shu asosda ish yuritishiga:
5. Rahbarning maktab ish rejalarining bajarilish yuzasidan samarali hamda uzluksiz nazoratni urnatganligiga.
Maktab rejasi ustida ishlash jarayonida o‘sib kelayotgan yosh avlod taqdiri haqida, ularning ma’naviy va jismoniy kamol toptirish haqida o‘ylash kerak. Maktab ishini rejalashtirishda o‘qituvchilar jamoasining ijodiy taqdiri haqida, ziyokorlarni ma’naviy jihatdan o‘stirish va ularning ilmiy, metodik va umum pedagogik mahoratini oshirish haqida o‘ylash lozim, maktabda o‘quv dasturlarining bajarilishi, o‘quvchilar bilimining sifati, ularning tarbiyalanganlik darajasi, umuman olganda o‘quv-tarbiya ishining hamma jihatlari o‘qituvchiga uning xalol mehnatiga bog‘liq.
O‘qituvchi - maktabdagi bosh siymo. Bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham maktabning ish rejasida o‘qituvchilar jamoasidagi kuchlarni Shunday taqsimlash kerakki, ularning har biri topshiriqlarni bajarishga butun kuch va g‘ayratlarini safarbar etish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Shunday ekan, maktabning o‘quv-tarbiya ishlarini rejalashtirishda quyidagi uchta shartga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
1. Ishning boshlang‘ich ahvolini chuqur pedagogik tahlil qilish yo‘li bilan, ya’ni ish rejalashtirilayotgan paytda pedagogik jarayon tavsifini aniq bilish.
2. Ishning rejalashtirilishi oxirida maktab jamoasi tomonidan o‘quvchilarga berilgan ta’lim va tarbiyaning darajasini aniq tasavvur qilish.
3. Maktab ishini hozirgi kun talablari darajasiga ko‘tarmoq uchun, Shunga imkon beradigan pedagogik vositalarni eng maqbul tarzda tanlash.
Maktab ish rejasining mazmuni va mundarijasi Rejalashtirish o‘z shakliga ko‘ra matnli, grafik va aralash (matnli va grafik) bo‘lishi mumkin. Reja qisqa, aniq va tushunarli, pedagogik maqsadlarga muvofiq tuzilib, yagona yo‘nalishlarni, qo‘yilgan masalalarni bajarish tadbirlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Rejaning sifati rejalashtirish qanchalik oqilona va to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liqdir. Odatda, maktab ishi rejalashtirilayotganda uning tuzilishini ikki qismdan iborat tuzish tavsiya etiladi: 1-qism analitik bo‘lib, unda maktab ishining o‘quv yilidagi yakunlari tahlili va yangi o‘quv yilidagi vazifalari o‘z aksini topadi; 2-qism esa amaliy xarakterda bo‘lib; unda bu vazifalarni bajarish tadbirlari rejalashtiriladi. Maktab ma’orifni boshqarish Shakllari va metodlari Respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining har bir bosqichida jamiyat xal qilishi lozim bo‘lgan vazifalarga muvofiq o‘zgarib va takomillashib boradi.Maktab ichki boshqaruvini boshqarish qoidalari asosida tashkil qilish hozirgi davrining muhim talablaridan biridir. Biz quyida mana shu boshqarish qoidalariga alohida to‘xtalib o‘tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 1. Demokratizm qoidasi.Bu qoida hozirgi davrda jamiyatimiz yanada demokratlashtirish, xalqning o‘z-o‘zini boshqarishni chuqurlashtirish bobida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Demokratizmni asossiz ravishda mustaqillishtirish oddiy xodimlar tashabbusining cheklanishiga, sub’ektivizmga olib borishi mumkin. Demokratizm uchun ilmiy asoslangan pishiq-puxta tashkiliy tuzilish yaratib qo‘yilgan bo‘lmasa, mehnatkashlarni jamoat ishlarini boshqarish ko‘nikmalari ruhida tarbiyalash sohasidagi ish zaif bo‘lsa, demokratizmga zid bo‘lgan anarxiya tomonga "og‘ish" sodir bo‘lishi mumkin. Mana shu sabablarga ko‘ra demokratizm bobida jamiyat erishgan rivojlanish darajasiga mos keluvchi to‘g‘ri nisbatni belgilash va davom ettirish hozirgi bozor iqtisodiyoti davridagi muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.Demokratik qoida vazifalarni xal etishdagi andozachilikka ham, shuningdek, ko‘pchilikning xohish-irodasini mensimaslikka ham, mahalliy organlarni, mehnat jamoalarini manfaatlariga qarama-qarshi qo‘yishga ham toqat qila olmaydi. Demokratik qoidani amalga oshirilishi tashabbus va izlanishning jamiyat qonunlari va normalariga bekami-ko‘st rioya etishga asoslangan juda ham mustahkam intizomlilik, namunali uyushqoqlik bilan uzviy birligini taqozo etadi. Intizomsiz demokratiya, ayrim xodimlarning hisobot bermaydigan "cheksiz qollegialchiligi" muqarrar ravishda tartibsizlik va boshboshdoqlikni keltirib chiqaradi. Shablonlashtirish kam, yuqoridan turib bir xil andoza bichib berish ham, demokratiyaga butunlay yot narsadir. Bizningcha demokratik qoidaning muhimligini uqtirish bilan birga, uning harakteri yakka boshchililikni qollegiallik bilan qo‘shib olib borishda namoyon bo‘lishini alohida ta’kidlash lozim. Gap shundaki, maktab amaliyotda pedagogik mehnatni ilmiy tashkil qilish muammosi ko‘pincha darsda vaqtdan unumli foydalanishdan, sinfdan tashqari tadbirlardan va o‘qituvchi-tarbiyachilarning ijtimoiy topshiriqlarini tartibga solishdan iborat deb qaraladi. Bular, shubxasiz, muhim, albatta. Lekin pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etish mazmuni ancha keng bo‘lib, unga, avvalo, xodimlarning malakasi, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qo‘llanilayotgan metodlar tizimini uzluksiz takomillashtirish va ta’lim-tarbiya jarayoniga texnika vositalarini joriy etish masalalari kiradi.Unda pedagogik ish rejimini, maktabning kunlar, haftalar, oylar va choraklar bo‘yicha ish tartibini takomillashtirish, pedagoglar kengashi majlislari, ilmiy-uslubiy pedagogik harakterdagi konferensiyalar, yig‘ilishlar, kengashlar kabi tadbirlarni o‘tkazish va bu ishni mohirona rejalashtirish hamda boshqarishni takomillashtirish ko‘zda tutilgan.2. Boshqarishning jamoatchilik va shaxsan mas’ullik qoidasi.Jamoa va jamoa maslahati to‘g‘ri rahbarlikning garovidir. Jamoa yo‘li bilan xo‘jalikni boshqarish va unga rahbarlik qilish, eng muhim qarorlarni birgalikda, maslahatlashib ishlab chiqish to‘g‘ri boshqaruvni tashkil qilishning muhim shartidir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, umumiy ta’lim maktablarida barcha boshqarish masalalarini o‘zaro muhokama qilish va xal etish, maktabdagi har bir shaxsning muayyahi, aniq va qat’iy belgilangan topshiriq hamda amaliy ishlarni bajarish uchun javobgar ekanligini qat’iy belgilash ishi bilan qo‘Shib olib borish, bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, bu qoidani yakkaboshchilik bilan qo‘shib olib borish, nihoyatda muhim vazifalarni jamoa bo‘lib xal qilishni ta’minlaydi. Yakkaboshchilikni mustahkamlash xodimlarni topshirilgan ish uchun javobgarlik hissini oshiradi, rahbarlik qilishda qat’iy tartib bo‘lishini va mustahkam mehnat intizomini ta’minlaydi. Maktabning tajribasi Shu narsani yaqqol ko‘rsatmoqdaki: yakka boshchilik jamoa bo‘lib rahbarlik bilan birga qo‘shib olib borilgandagina o‘quvchilarimizga fan asoslaridan chuqur bilim berish va ularni o‘zbek milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdek qiyin hamda sharafli ishda yaxshi natijalarga erisha olamiz.3.Boshqarishda ijroni tekshirish qoidasi.Ijroni tekshirishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad (tekshirishning asosiy vazifasi)- belgilangan ish rejasi va tadbirlarni amalga oshirishni barbot etish extimolining oldini olishdan, kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishdan, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlashdan, ishni amaliy tashkil qilishdan iboratdir. Ijroni tekshirish yuqori tashkilotlar ko‘rsatmalarining va o‘z hujjatlarining qat’iy va so‘zsiz bajarilishini ta’minlaydi. Bu esa, u yoki bu qarorga zarur tuzatishlar kiritish, bundan buyongi vazifalarni aniqlash, maqsadga erishishning Shakli va yangi metodlarini belgilash imkonini beradi.To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ijroni tekshirish-xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida, xususan, xalq ta’limi tizimini maktab sohasidagi barcha vazifalarni muvaffaqiyatli xal qilishning zarur shartidir. Qaror bilan ijroning birligi, to‘g‘ri rahbarlik uslubining negizini tashkil etadi. Ishning ko‘zini bilib tashkil etilgan ijroni tekshirish ana Shunday birlikni Shubxasiz ta’minlaydi. U xodimlarda, o‘qituvchi va tarbiyachilarda o‘ziga hamda boshqalarga nisbatan yuksak talabchanlik va prinsipiollikni tarbiyalaydi, topshirilgan ish uchun ma’suliyat hissini kuchaytiradi, intizomni mustahkamlaydi. Kishilarda qiyinchiliklarni engishda, sabot matonat, tashabbuskorlikni, muvaffaqiyatga erishish uchun uzluksiz sobit qadamlik bilan ishlashga intilish hislarini tarbiyalaydi.4.Boshqarishning rejalik qoidasi
Maktab ichidagi boshqaruv apparati faoliyatida muayyahi tizimning bo‘lishi muhimdir. Buning ma’nosi avvalo shundan iboratki, bu ish tasodifiy bir-biriga aloqasi bo‘lmagan tadbirlar yig‘indisidan iborat bo‘lmay, balki konkret sharoitni, vaziyatning hususiyatlarini hamda butun pedagoglar jamoasi oldidida, shuningdek, uning ayrim zvenolari oldida turgan vazifalarning hususiyatini qat’iy sur’atda tartibga solingan, bir-biri bilan bog‘langan va chuqur o‘ylab ko‘rilgan tadbirlar yig‘indisidan iborat bo‘lishi kerak. Boshqarishning rejalilik qoidasi, xalq ta’limiga, jumladan, maktabga rahbarlik qilish va uni boshqarish sohasidagi rejalarni xukumatimizning maorif sohasidagi siyosatini va hisobga olgan holda tuzilishi lozim. Rivojlantirishda ishning mohiyatini bilish, maqsadni maxorat bilan hal etishning asosiy bo‘g‘ini bo‘lishi lozim. Shuningdek, xalq ta’limi organlarining, jumladan, maktabning ham rejasini aniq tadbirlar mavzusi asosida maqsadga qaratilganlik, aniq, muntazam va izchil ish olib borish kabi hususiyatlarga ega bo‘lishi, shuningdek, unda u yoki bu tadbirni bajarish uchun javobgar shaxslarni aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.5.Boshqarishning samaradorlik va tejamkorlik qoidasi.
Mazkur qoida asosida boshqarish va rahbarlikning asosiy maqsadi hamda vazifasi xom-ashyo materiallari, mashina va stanoklar, qattiq va yumshoq inventarlar, o‘qituvchilar, texnik xodim va ishchilar, moliya resurslari hamda vaqt byudjetidan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni ta’min etishdan iboratdir. Vaqtni tejash qonunining mohiyati jamiyatdagi o‘sib borayotgan ijtimoiy talablarni qondirish uchun ketadigan sarfni kamayib borishida va butun jamiyat va butun uning har bir a’zosining har tomonlama taraqqiy etishi uchun zarur bo‘lgan bush vaqtni ortib borishida ko‘rinadi. Vaqtni tejash va mehnat unumdorligini oshirish bobidagi mazkur qoida to‘liq ma’noda maktabning ichki boshqaruv sistemasiga ham taalluqlidir. Maktab rahbarlari o‘zlarining boshqarish ish sistemalarida o‘qituvchi, tarbiyachi va o‘quvchilarning vaqtini tejash masalasiga alohida e’tibor bilan qarashlari lozim. Shuning uchun ham maktab ichki boshqaruvini tashkil qilish va uni amalga oshirishda mazkur masalaga e’tiborni kuchaytirishning pedagogik ahamiyati juda ham kattadir.