Таълим психологияси



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/90
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197270
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90
portal.guldu.uz-OSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA (1)

Qiziqishlar xaritasi
– ye.A.Klimov tomonidan ishni aniqlashga qaratilgan 
psixologik metodika.
 
 
 
 
O`spirinlarning jismoniy taraqqiyoti 
Ilk o‟spirinlik yoshi davrida 14-15 yoshdan 18 yoshgacha bo‟lgan o‟quvchilar mansubdir. 
Ularda bo‟yning o‟sishi o‟smirlik davriga qaraganda sekinlashadi. Qizlarda 16-17 yoshda, 
o‟g‟il bolalarda 17-18 yoshda bo‟yning o‟sishi to‟xtaydi.
O‟spirnilarda muskul kuchining o‟sishi katta odamnikiga yaqinlashadi.
Sportning ko‟pgina turlarida o‟spirinik davri yuksak natijalarga erishish davridir.
O`spirinlarning ijtimoiy holati. 
O‟spirin 16 yoshda pasport oladi. 18 yoshdan saylash, saylanish, oila qurish huquqiga ega 
bo‟ladi. O‟spirinlik davrining yana bir muhim vazifasi – kasb tanlashdir. Bu yoshdagilar maktab 
o‟quvchisi bo‟lishdan tashqari kollejda o‟qishi, ishlashlari mumkin. Ularning ba‟zilari bir 
vaqtning o‟zida ham o‟qib, ham ishlaydilar.
O`spirinlarning psixologik xususiyatlari 
Eng muhim psixologik xusuisyati – o‟z ichki dunyosini kashf etadilar.
Ular o‟zlarining kuchli va zaif tomonlarini anglaydilar, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini qiyosiy 
baholay oladilar. 
Ularning yana bir xususiyati murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch vijdon 
hissi, o‟z qadr-qimmatini sezish kabi xislatlardir. 
Umuman, o‟z-o‟zini anglash - quvonchli, hayajonli hodisadir. 
Ayni vaqtda bu his dramatik xavotirli kechinmalarga ham sabab bo‟lishi mumkin. 
O‟spirin kechinmalarida asosiy o‟rinni kelajak haqidagi o‟ylar egallaydi.
O‟spirnilar uchun yana bir muhim kechinma o‟zining tashqi ko‟rinishi haqidagi o‟ylardir. 
Juda ko‟pchilik o‟spirinlar o‟z tashqi ko‟rinishini o‟zgartirishni xohlagan bo‟ladilar. 
Tashqi ko‟rinishlaridagi ozgina kamchilik ular uchun “fojia” darajasiga ko‟tariladi. 
Umuman, refleksiyaning o‟sishi, o‟z “men”iga qiziqishning ortishi barcha o‟spirinlarga 
xos xususiyat. Lekin bu kechinmalar shaxs rivojlanishining qiyinchiliklari bo‟lib, o‟tkinchi 
xarakterga ega, umuman olganda o‟spirinlik juda baxtli davr sifatida esda qoladi. 
O‟spirinlarda refleksiyaning kechishi ko‟pgina ijtimoiy, individual-tipologik,biografik omillarga 
bog‟liqdir
.


48 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin