13
Eksperi
ment
Laboratoriya
tajribasi
Tabiiy
tajriba
Maxsus
asboblarda
Maxsus xonada
Maxsus sharoitda
Tekshiruvchi
tekshiriluvchi
o`rtasidagi
maqsadga
qaratilgan muloqot
Makarenko
jamoaning
shakllani
Shini
O`rgangan
qilinganda qo`llaniladi. (Sinfda sun‟iy, odatdagidan boshqacha vaziyat va muhit
yaratib kuzatish). Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda Aleksey Fedorovich
Lazurskiy (1874-1917) ishlab chiqqan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o`rganishda
sinaluvchilarning o`zlari bexabar bo`lishi, kundalik mehnat tarzi doirasida amalga
oshirilishi, mumkin.
Laboratoriya (klinika)
metodi ko`pincha individual (goxo guruhiy)
shaklda
sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asbob-uskunalar, yo`l-yo`riqlar,
tavsiyalar, ko`rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Inson psixikasidagi
o`zgarishlarni aniqlaydigan detektorlar, elektron va radio o`lchagichlar,
sekundomer,
refleksometr, anomaloskop, taxistaskop, audometr, esteziometr, elektrotiogramma,
elektroense-falogramma kabilardan ham foydalaniladi. Laboratoriya
eksperimentining
xarakterli belgisi faqat uning laboratoriya sharoitida maxsus psixologik asboblar
yordamida o`tkazishlarida va sinaluvchining hatti - harakatlari yo`l-yo`riqqa binoan
sodir bo`lishi bilangina emas, balki sinalayotganligini biladigan sinaluvchi (garchi
odatda, sinalayotgan kishi eksperimentning mohiyati nimadan iboratligini,
konkret
nimani va nima maqsadda tadqiq qilinganayotganligini bilmasa ham) kishining
munosabati bilan ham belgilanadi. Laboratoriya eksperimenti yordamida diqqatning
xossalarini, idrok, xotira va boshqalarning o`ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilingan
mumkin.
Biografiya (tarjimai hol) metodi inson psixikasidagi ayrim o`zgarishlarni to`liqroq
o`rganish maqsadida qo`llaniladi. Bunda avtobiografik ma‟lumotlar, xarakteristikalar,
xatlar (boshqa shaxs bilan yozishmalar), esdaliklar, kundaliklar,
badiiy asardagi
tavsiflar, baholar, magnitofon yozuvlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar
o`rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Biografik ma‟lumotlar
odamlarning o`zini o`zi
tarbiyalash, nazorat qilingan, idora etish, o`zining uslubini
yaratish, kamolot cho`qqisiga erishish jarayonida namuna vazifasini o`taydi.