15
Test. Test-inglizcha so`z bo`lib, sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy
o`sishini,
qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda
qo`llanadigan
qisqa
standart
masala-topshiriq,
misol,
masala,
jumboqlar,
boshqotirmalar ham test deb atalishi mumkin. Test ayniqsa odamning qanday kasbni
egallashi
mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste‟dodli yoki
iste‟dodli emasligini - aqli zaifligini aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo`llaniladi.
Hozirgi vaqtda bolalarni maktabga olishda, kasb-hunarga
yaroqliligini aniqlashda,
ishga qabul qilinganda va boshqalarda test sinovlari keng qo`llanilmoqda.
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlar Rorshax, Rozensveyg, Kettel.
Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Agastazi, Raven
va boshqalar ijodining
namunalarini kiritish mumkin.
Eng ko`p tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish harakatlari, intellekt testlari,
shaxs testlari (psixodiagnostika), shaxs «loyihasi» (proyektiv) testlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: